1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi


Ózbekstan Respublikası Konstituciyalıq sudı


Download 38.93 Kb.
bet4/7
Sana23.06.2023
Hajmi38.93 Kb.
#1652077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi

7 Ózbekstan Respublikası Konstituciyalıq sudı
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi. O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 maydagi “Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida”gi O'RQ–431-sonli qonuniga1 asosan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senata tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sud’yalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va xuquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpogʻiston Res-publikasining vakilini qoʻshgan holda saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi oʻz tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning oʻrinbosarini saylashi, sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat kursatish tartibi konun bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 2) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi xalqari shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konsti¬tutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi; 4) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi¬ning muayyan ishda qullanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini koʻrib chiqadi; 5) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi; 75 6) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni koʻrib chiqadi. Konstitutsiyaviy sudning hujjati rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran kuchga kiradi; 7) Konstitutsiyaviy sudning qujjati qatʻiy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas. Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.

Download 38.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling