1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi


Ózbekstan Respublikası Ádillik ministrligi tiykarǵı wazıypaları hám funkciyaları


Download 38.93 Kb.
bet6/7
Sana23.06.2023
Hajmi38.93 Kb.
#1652077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi

9 Ózbekstan Respublikası Ádillik ministrligi tiykarǵı wazıypaları hám funkciyaları.
Adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini 102 tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5415-son Farmonida quyidagilar adliya organlari va muassasalari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi: birinchi, adliya organlarini “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruxini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir” degan kontseptual gʻoyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yagona davlat huquqiy siyosati amalga oshirilishini taʻminlaydigan professional xizmatga aylantirish; ikkinchi, adliya organlari faoliyatiga, ustuvor ravishda, tanqidiy tahlil va huquqiy muammolarni, avvalo, bevosita joylarda ishlarni samarali tashkil etish yoʻli bilan hal etishga asoslangan, sifat jihatidan yangi mexanizmlarni joriy etish; uchinchi, davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini taʻminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; toʻrtinchi, huquqiy targʻibot va fuqarolarning huquqiy ongini oshirishning zamonaviy va taʻsirchan uslublarini joriy qilish, ularga qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligiga barham berish boʻyicha choratadbirlarni amalga oshirish; beshinchi, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini, maʻmuriy tartibtaomillar va davlat xizmatlarining sifatini kompleks va tanqidiy tahlil qilishda adliya organlarining rolini oshirish, bu sohalarda qonunchilikni yanada takomillashtirish va huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha takliflar ishlab chiqish; oltinchi, oʻz faoliyatlari yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda maʻlumotlar taqdim etish yoʻli bilan adliya organlari mansabdor shaxslarining hisobot berish tartibini joriy etish, ularning aholini tashvishga soluvchi muammolarga yuzaki munosabatda boʻlishi holatlariga chek qoʻyish, shuningdek, ularning faoliyatini baholashning aniq mezonlarini belgilash; 103 yettinchi, yuridik kadrlarni, ayniqsa, talab qilinayotgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish, yurisprudentsiya sohasidagi mutaxassislarni oʻqitishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, yuridik kadrlarni yetakchi xorijiy taʻlim muassasalariga tizimli ravishda yuborish; sakkizinchi, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilishning samarali tizimini, xalqaro jamoatchilik va xorijiy investorlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida xabardor qilish mexanizmlarini tashkil etish; toʻqqizinchi, adliya organlari va muassasalari faoliyatining moddiy-texnika taʻminotini yanada yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy va moddiy ragʻbatlantirishning yangi mexanizmlarini, shu jumladan ularni xizmat uylari bilan taʻminlashni joriy etish; oʻninchi, adliya organlari va muassasalarining barcha tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisoblansin.

Download 38.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling