1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi
Tergewge shekem tekseriu uyımları
Download 38.93 Kb.
|
1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi
3 Tergewge shekem tekseriu uyımları
Tergovga qadar tekshiruv – jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʻlumotlarni tekshirish, ularni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir tadbirlarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni oʻz ichiga oladi. Tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkinligi belgilangan. Jinoyat-protsessual kodeksining 391-moddasida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar roʻyxati koʻrsatilgan va shu organlar tergovga qadar tekshiruvni olib boradilar. 1) Ichki ishlar organlari; 2) Harbiy qismlar, qoʻshilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy oʻquv yurtlarining boshliqlari — ularga boʻysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek oʻquv mashqlari oʻtkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq jinoyatlari yoki qism, qoʻshilma, muassasa yoxud oʻquv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha; 3) Davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga koʻra ularning yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha; 4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; 5) Davlat yongʻindan nazorat qilish organlari — yongʻinlarga doir va yongʻinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 6) Chegarani qoʻriqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 7) Olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari; 8) Davlat bojxona xizmati organlari — bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari — soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 10) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʻlinmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʻminlashdan boʻyin tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar boʻyicha, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha; 11) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha; 12) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha. 13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha. Download 38.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling