1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi


Download 38.93 Kb.
bet5/7
Sana23.06.2023
Hajmi38.93 Kb.
#1652077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı janındaǵı ilimiy másláhát Keńesi

8 Prokuror baqlaw hújjetleri
Yuridik adabiyotlarda prokuror nazorati deganda davlat nomidan maxsus vakolatga ega boʻlgan mansabdor shaxslar - prokurorlar tomonidan qonun buzilish 171 holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf qilish, aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bilan qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini taʻminlashga qaratilgan faoliyat ekanligi taʻkidlanadi.1 Huquqiy adabiyotlarda prokuror nazoratining oʻziga xos xususiyatlari oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra: ✓ mavjud boʻlgan barcha qonunlarni fuqarolar va tashkilotlar tomonidan ularning faoliyat doirasidan qatʻiy nazar aniq va toʻgʻri qoʻllanilishini taʻminlash; ✓ prokuror nazorati-prokuratura faoliyatining bir yoʻnalishi; ✓ prokuror nazorati oliy qonun chiqaruvchi va ijro organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi oliy mansabdor shaxslariga, umumiy yurisdiksiya sudlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga nisbatan tadbiq etilmasligi hisoblanadi. Qonun buzilishining darajasi (xar hujjatlari)ga qarab, prokuror tegishli prokuror nazorati hujjatini qabul qiladi. Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir. Qonunga zid boʻlgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi. Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay koʻrib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni koʻrib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʻlum qilinadi. Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek, protest qonunda belgilangan muddat ichida koʻrib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni gʻayriqonuniy deb eʻtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni koʻrib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin bir oylik muddat ichida 174 berilishi mumkin. Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda koʻrib chiqilganga qadar toʻxtatib qoʻyadi. Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, maʻmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi. Maʻmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Uni koʻrib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda maʻlum qilinadi.

Download 38.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling