9-mavzu: Python dasturlash tilida chiziqli jarayonlarni dasturlash


Download 129.17 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi129.17 Kb.
#1346715
  1   2   3
Bog'liq
9-mavzu (1)


9-mavzu: Python dasturlash tilida chiziqli jarayonlarni dasturlash.
Reja:
1. Python tilida chiziqli dasturlar;
2. type() va help() funksiyalari.
Tayanch so‘zlar: type, help, operator, chiziqli dastur, o‘zgaruvchi.
Programmalash tilida tuzilgan dasturlar odatda uchta jarayonga asoslanib tuziladi. Dasturlash tili operatorlari yechilayotgan masala algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bo‘linadi. Aksariyat boshqa dasturlash tillarida operatorlar nuqtali vergul (‘;’) belgisi bilan tugallanadi python dasturlash tilida esa ; nuqtali vergulni quyish shart emas. Dastur tuzish vaqtida buyruqlar ketma-ketligi uzluksiz bajarilib boshqa shartlar talab etilmasa, dastur chiziqli hisoblanadi.
Tarif: Chiziqli algoritmlarga asoslanib python dasturlash tilida tuzilgan dasturlar chiziqli dasturlar deyiladi.
Chiziqli dasturlar tarkibiy qismi bo‘lgan operator va buyruqlarda hech qanday shart yoki takrorlanish bajarilmaydi. Chiziqli dasturlar tarkibidagi bo‘yruqlar, albatta, bir marta bajariladi.
Misol: Quyidagi funksiyani hisoblang ((a+x)>0).


Yuqoridagi masalaga e’tibor bersak a va x o‘zgaruvchilar qiymati berilganda y funksiyani natijasi hisoblandi, algoritm dastur tarkibidagi operatorlar ham bir marta bajarilyapti.
Misol: Asosining radiusi r va balandligi h bo‘lgan slindr hajmi va
to‘la sirtini toping.
Bu masala yechimini aniqlash uchun slindr to‘la sirti va hajm formulalarini aniqlash kerak. Berilgan r va h yordamida to‘la sirti va hajmini aniqlash mumkin.
Python dasturlash tilida chiziqli dasturlar tuzilganda uning tarkibida matematik funksiyalar ishtirok etsa, albatta, matematik funksiyalar paketini chaqirish kerak. Ifodalarni ketma-ket ijro etish strukturasi Python tomonidan ta'minlanadi. Normal sharoitda python ifodalari dasturdagi buyruqlar yozilishiga ko‘ra bajariladi.

Download 129.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling