A 1992-yildagi


Download 54 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi54 Kb.
#1088678
Bog'liq
ТЕСТ Ўзб энг янги тар 51та


1 . O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining nechanchi yildagi farmoni bilan sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi?


A) 1992-yildagi.
B) 1999-yildagi.
C) 1997-yildagi.
D) 1995-yildagi.
2. O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha birinchi xalqaro musobaqa qachon o‘tkazilgan?
A) 1992-yilda.
B) 1989-yilda.
C) 1997-yilda.
D) 1995-yilda.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimi qachon ta’sis etilgan?
A) 1992-yilda.
B) 1995-yilda.
C) 1990-yilda.
D) 1994-yilda.
4. O‘zbekiston Respublikasida 2007-yil ... deb e’lon qilingan?
A) «Ijtimoiy himoya yili».
B) «Sihat-salomatlik yili».
C) «Barkamol avlod yili».
D) «Yoshlar yili».
5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan?
A) 31-modda.
B) 18-modda.
C) 76-modda.
D) 24-modda.
6. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun nechta moddadan iborat?
A) 17 moddadan.
B) 25 moddadan.
C) 27 moddadan.
D) 23 moddadan.
7. 1994-yilda qaysi vatandoshimiz tavalludining 600-yilligi nishonlangan?
A) Mirzo Ulug‘bek.
B) Imom al-Moturidiy.
C) Mahmud az-Zamaxshariy.
D) Zahiriddin Muhammad Bobur.
8. «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etilgan yilni toping.
A) 1996-yil.
B) 1999-yil.
C) 1998-yil.
D) 1997-yil.
9. «O‘zbekmuzey» Respublika jamg‘armasi tuzilgan yilni belgilang.
A) 1998-yil.
B) 1996-yil.
C) 1994-yil.
D) 1997-yil.
10. O‘zbekiston Respublikasida hokimlarning vakolat muddati necha yil hisoblanadi?
A) 5 yil.
B) 3 yil.
C) 4 yil.
D) 7 yil.
11. O‘zbekiston Respublikasida «Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000-yilligi qachon nishonlangan?
A) 2001-yilda.
B) 2006-yilda.
C) 1997-yilda.
D) 1 996-yilda.
12. Nechanchi yilda Kamoliddin Behzod tavalludining 545-yilligi keng nishonlandi?
A) 2000-yilda.
B) 1998-yilda.
C) 2007-yilda.
D) 1993-yilda.
13. O‘zbekistonda sobiq Ittifoqning rubl zonasi bo‘lib turgan yillarni aniqlang.
A) 1991-1993-yillar
B) 1993-1995-yillar.
C) 1988-1990-yillar.
D) 1992-1994-yillar.
14. O‘zbekiston Respublikasida «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik Markazi qachon tashkil etilgan?
A) 1994-yilda.
B) 1995-yilda.
C) 1996-yilda.
D) 1990-yilda.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida (1990-yil 20-iyun) Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida necha kishidan iborat komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan?
A) 64 kishidan.
B) 32 kishidan.
C) 40 kishidan.
D) 54 kishidan.
16. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ilk bor «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan?
A) 1993-yilda.
B) 1995-yilda.
C) 1998-yilda.
D) 2000-yilda.
17. O‘zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingan yilni belgilang.
A) 1997-yil.
B) 1995-yil.
C) 2000-yil.
D) 1999-yil.
18. Quyidagi qaysi shahar 1996-yilda «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlangan?
A) Shahrisabz shahri.
B) Termiz shahri.
C) Buxoro shahri.
D) Qarshi shahri.
19. 2009-yilning 26–27-may kunlari quyidagi qaysi shaharning 2200-yillik yubileyi nishonlangan?
A) Toshkent shahri.
B) Samarqand shahri.
C) Marg‘ilon shahri.
D) Termiz shahri.
20. O‘zbekistonda BMTning vakolatxonasi ish boshlagan yilni belgilang.
A) 1993-yil.
B) 1998-yil.
C) 2000-yil.
D) 1995-yil.
21. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga ko‘ra, necha yoshga to‘lgan fuqarolar Oliy Majlis deputatligiga saylanish huquqiga ega bodadilar?
A) 25 yoshga.
B) 30 yoshga.
C) 35 yoshga.
D) 21 yoshga.
22. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach Toshkentda birinchi bo‘lib qaysi davlat elchixonasi ochilgan?
A) AQSh.
B) Buyuk Britaniya.
C) Eron.
D) Rossiya.
23. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» degan qoida belgilab qo‘yilgan?
A) 8-moddasida.
B) 76-moddasida.
C) 2-moddasida.
D) 31-moddasida.
24. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rilgan qurultoy qachon bo‘lib o‘tgan?
A) 2008-yilda.
B) 1997-yilda.
C) 1996-yilda.
D) 2000-yilda.
25. Tokiodagi Soka universiteti hududida qaysi vatandoshimizning haykali o‘rnatilgan?
A) Alisher Navoiy.
B) Mirzo Ulug‘bek.
C) Ahmad al-Farg‘oniy.
D) Ibn Sino.
26. Qoraqalpoq xalqining atoqli shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining 175-yilligi nechanchi yilda keng nishonlangan?
A) 1999-yil.
B) 1998-yil.
C) 1996-yil.
D) 1997-yil.
27. O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha birinchi xalqaro musobaqa qaysi shaharlarda o‘tkazilgan?
A) Termiz va Shahrisabz.
B) Buxoro va Samarqand.
C) Buxoro va Shahrisabz.
D) Termiz va Samarqand.
28. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabridagi VIII sessiyasida qabul qilingan qonunni belgilang.
A) «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonun.
B) «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun.
C) «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun.
D) «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonun.
29. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasida dastlab qaysi siyosiy partiya tashkil topgan?
A) «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zbekiston XDP)».
B) O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi.
C) O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP).
D) «Vatan taraqqiyoti» partiyasi.
30. O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi (O‘zLiDep) qachon tashkil topgan?
A) 2003-yil 15-noyabrda.
B) 1995-yil 3-iyunda.
C) 1995-yil 18-fevralda.
D) 2003-yil 8-yanvarda.
31. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi - so‘mning muomalaga kiritilgan sanasini aniqlang.
A) 1994-yil 1-iyul.
B) 1993-yil 1-noyabr.
C) 1992-yil 18-oktabr.
D) 1996-yil 10-dekabr.
32. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan Qizil O‘rda uchrashuvi bo‘lib o‘tgan yilni aniqlang.
A) 1993-yil.
B) 1992-yil.
C) 1994-yil.
D) 1995-yil
33. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida «Abadiy do‘stlik to‘g‘risida»gi shartnoma qachon imzolangan?
A) 1998-yil 31-oktabrda.
B) 2001 -yil 5-noyabrda.
C) 2002-yil 2-sentabrda.
D) 2000-yil 25-aprelda.
34. 2001-yilda O‘zbekiston «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning («Shanxay forumi»ning) nomi qanday ataladigan bo‘ldi?
A) Shanxay Hamkorlik Tashkiloti.
B) Toshkent forumi.
C) Shanxay Beshligi.
D) Osiyo Hamkorlik Tashkiloti.
35. 1991-yil 8-dekabrda Minskda quyidagi qaysi davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilganligini e’lon qilgan?
A) Rossiya, Ukraina, Belorusiya.
B) Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina.
C) Latviya, Litva. Estoniya
D) Rossiya, Ukraina, Belorusiya, O‘zbekiston.
36. O‘zbekiston Respublikasida 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan qaysi qonunga ko‘ra hokim lavozimi joriy etilgan?
A) «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun.
B) «Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun.
C) «Fuqarolar muhofazasi to‘g‘risida»gi qonun.
D) «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonun.
37. Nechanchi yilda O‘zbek davlat akademik drama teatriga O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining farmoni bilan «Milliy teatr» maqomi berilgan?
A) 2001-yilda.
B) 2003-yilda.
C) 1999-yilda.
D) 2000-yilda.
38. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etilgan yilni belgiiang.
A) 1997-yil.
B) 2000-yil.
C) 2002-yil.
D) 1999-yil.
39. MDHning Nizomi qabul qilingan (imzolangan) yilni belgiiang.
A) 1993-yil.
B) 1995-yil.
C) 1996-yil.
D) 1998-yil.
40. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining bir palatali tizimda faoliyat olib borgan yillarni aniqlang.
A) 1995-2004-yillar.
B) 2000-2010-yillar.
C) 1990-2000-yillar.
D) 1994-2004-yillar.
41. ShHTning Kotibiyati qachon o‘z ish faoliyatini boshlagan?
A) 2004-yil yanvar.
B) 2003-yil may.
C) 2002-yil iyun.
D) 2003-yil sentabr.
42. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining «O‘zbekistonda teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni nechanchi yilda e’lon qilingan?
A) 1 998-yil.
B) 1995-yil.
C) 1996-yil.
D) 1997-yil.
43. Yurtimizdagi qaysi shaharda Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘ barpo etilgan?
A) Toshkent shaharda.
B) Buxoro shaharda.
C) Andijon shaharda
D) Samarqand shaharda.
44. O‘zbekiston Respublikasida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar necha yil muddatga saylanadi?
A) 5 yil.
B) 2,5 yil.
C) 3 vil.
D) 7 yil.
45. O‘zbekiston Respublikasi Prеzidеnti Sh.M. Mirziyoеvning davlat rahbari sifatida Rossiya Fеdеratsiyasiga qilgan ilk davlat tashrifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan sanani aniqlang.
A) 2017-yil 4–5-aprеl.
B) 2018-yil 11–15-may.
C) 2017-yil 20–22-sentyabr.
D) 2018-yil 19-oktyabr.
46. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Fеdеratsiyasi o‘rtasida «O‘zbеkiston Rеspublikasi hududida atom elеktr stantsiyasini qurishda hamkorlik to‘g‘risida» bitim qachon imzolandi?
A) 2018-yil 7-sentyabr.
B) 2020-yil 15-may.
C) 2021-yil 22-mart.
D) 2019-yil 1-oktyabr.
47. Sh.M. Mirziyoеvning O‘zbekiston Respublikasi Prеzidеnti sifatida Qozog‘iston Rеspublikasiga qilgan ilk davlat tashrifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan sanani aniqlang.
A) 2017-yil 22–23-mart.
B) 2018-yil 10–12-sentyabr.
C) 2017-yil 1–4-may.
D) 2019-yil 9-noyabr.
48. O‘zbеkiston Prеzidеnti Shavkat Mirziyoеvning 2018-yil 9–10-mart kunlari Tojikistonga qilgan ilk davlat tashrifi yakuniga ko‘ra turli sohalar bo‘yicha hamkorlik, hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir nеchta hujjat imzolandi?
A) 27 ta.
B) 16 ta.
C) 10 dan ortiq.
D) 8 ta.
49. «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiya qachon va qaerda bo‘lib o‘tdi?
A) 2017-yil 10-noyabr, Samarqandda.
B) 2017-yil 1-oktaybr, Buxoroda.
C) 2018-yil 15-16-oktaybr, Xorazmda.
D) 2019-yil 21-mart,Toshkentda.
50. 2017-yilda o’tkazilgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiya qaysi tashkilot homiyligida o’tkazildi?
A) Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
B) YUNESKO.
C) YUNESIF.
D) Shanxay Hamkorlik Tashkiloti.
51. 2007-yilda qaysi tashkilot tomonidan Toshkent shahri «Islom madaniyatining 2007-yildagi poytaxti» deb e’lon qilindi?
A) Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muasassasi – ISESSO (AYSESKO) tomonidan.
B) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi tomonidan.
C) Birlashgan Millatlar tashkilotining Maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti – YUNESKO tomonidan.
D) Birlashgan Millatlar tashkilotining asosiy jamgʻarmalaridan biri – YUNESIF tomonidan.
.
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling