Abdurauf fitrat “ oila “asari haqida


Download 0.75 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1550870
Bog'liq
oila ped. asar tahlili

ABDURAUF FITRAT

“ OILA “asari haqida

ABDURAUF FITRAT (1885 – 1938 )

Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat 1886-yil Buxoroda ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasi savdogarlik bilan shug‘ullangan, onasi Mustafo Bibi Abdurauf tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Buxoro, Istanbul madrasalarida va dorilfununlarida o‘qigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o‘zlashtirgan. 1908-1913- yillarda Turkiya dorilfununida o‘qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor o‘qituvchilarni hayratga soladi. Unga donishmand taxallusini beradilar

Uning ilk she’riy to‘plami 1911-yilda “ Sayha” ( “ Chorlov” ) nomi bilan chop etilgan. Fitrat yirik adabiyotshunos olim sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Masalan, “ Adabiyot qoidalari” , “ Aruz haqida” kabilar. Shular qatorida Fitrat 1916-yilda “ Oila “ nomli falsafiy asarini yozgan.

“ OILA “ ASARI

  • Fitratning oilaga nisbatan qarashlari zaminini Qur'onda shu masala bo‘yicha olg‘a surilgan fikr va g‘oyalar tashkil etadi. Oila asosini to‘g‘ri qurmasdan va yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas deb hisoblaydi Fitrat. 

Oila Fitratning talqinida 3 muhim komponentdan iborat :
ER
XOTIN
FARZANDLAR

Ana shu uch komponentning har biri nozik jihatlarga ega. Chunki, er va xotin uchun oila qurish asosiy muammo bo‘lishi bilan birga, bu masala o‘zining muhim qirralariga xam ega. Hayotning farzandlar shaklida davom etishi, Fitrat nazarida, faqat oila emas, balki millatning ham kuch-qudratini, sha'n-shavkatini bildiruvchi omildir. Ko‘ramizki, oila va farzand masalasi erkak yo ayolning xususiy masalasi emas.

Oila masalasi :

1) Millat; 2) Mamlakat; 3) Kishilik jamiyati degan uchlikni ta'minlab turuvchi muhim bir xalqadir.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling