Abduraxmonova mehrinisoning umumiy parazitologiya mustaqil ishi


Download 202.42 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi202.42 Kb.
#1009824
Bog'liq
8 vs 9





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
4-BOSQICH 15-19 GURUH TALABASI
ABDURAXMONOVA MEHRINISONING
UMUMIY PARAZITOLOGIYA

MUSTAQIL ISHI

FANIDAN TAYYORLAGAN
M
avzu: To‘garak chuvalchanglarning parazitar kasalliklarni tashishdagi ahamiyati
Topshirdi: Abduraxmonova M.
Qabul qildi: Mamarajobova M.
TERMIZ – 2022

Reja:
1.Parazitizm haqida


2. To’garak chuvalchanglari

Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan, asosan - sarkomastigoforalar, sporalilar, knidosporidiyalar, mikrospQridiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida hamda ko‘p hujayrali hayvonlardan - yassi chuvalchanglar, tikanboshlilar, to‘garak chuvalchanglar va bo‘g‘imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq xo‘jaligiga, birinchi navbatda, madaniy o‘simliklar va chorvachilikka katta zarar keltiradi. Parazitlar ta’sirida o‘simliklar hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto ulami nobud qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga ham salbiy ta’sir etib, og‘ir kasalliklami keltirib chiqaradi.


To‘garak chuvalchanglar boshqachasiga birlamchi tana bo‘shliqli chuvalchanglar ham deb aytiladi. Haqiqatan ham, tana bo‘shlig‘i (sxizotsel) bo‘lib, unda ichki organlar joylashgan. Tana bo‘shlig‘i suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi.
To'garak chuvalchanglar, ya’ni birlamchi tana bo‘shliqli chuvalchanglar yassi chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori darajali tuzilishga ega. Ulaming tanasi segmentlarga bo‘linmagan, ipsimon uzunchoq, dukka o‘xshagan, ko‘ndalang kesigi to‘garak, doira shaklida. Shuning uchun ham tipning nomi to‘garak chuvalchanglar deb ataladi. To‘garak chuvalchanglaming yassi chuvalchanglardan farqi yana shundaki, ular ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Ulaming rivojlanishi bitta, ikkita ba’zan esa uchta xo‘jayinda ketadi.
To‘garak chuvalchanglar yoki nematgelmintlar tipi vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida. tuproq biotsenozida erkin holda hayot kechiradi. Bir qancha turlari esa odam, umurtqasiz va umurtqali nayvonlar hamda o‘simliklar tanasida parazitlik qiladi.
To‘garak chuvalchanglaming 12,5 mingdan ortia turi fanga ma’lum, ulardan 2000 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchraydi.
To‘garak chuvalchanglaming tana uzunligi ham har xil, ya’ni 1 mm ga yetmaydigan turlari bilan bir qatorda 2-8 m gacha boradigan turlari ham mavjud. Masalan, kashalotlaming yo‘ldoshida (platsentasida) parazitlik qiladigan (Placentonema gigantissima) turining uzunligi 8,4 m gacha boradi.
To‘garak chuvalchanglar tipi 5 ta sinfga boiinadi: 1. Qorinkipriklilar (Gastrotricha) sinfi; 2. Nematodalar, ya’ni haqiqiy to‘garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi; 3. Kinorinxlar (Kinorhyncha) sinfi; 4. Og‘izaylangichlilar (Rotatoria) sinfi; 5. Qilchuvalchanglar (Nematomorpha) sinfi.
To‘garak chuvalchanglar tipida eng ko‘p parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan nematodalar sinfi vakillari hisoblanadi.
Umuman olganda, nematodalar uchramaydigan joy boimasa kerak. Ayniqsa, erkin hayot kechiruvchi turlari juda keng tarqalgan. Ular shimoliy okean va dengizlardan tortib, janubdagi hamma dengiz, daryo va koilarda tarqalgan. Keyinchalik tuproq biotsenozining tarkibiy qismiga ham aylangan. Shunday qilib, ko‘p nematodalar erkin hayot kechirish usulida qolgan boisalar-da, lekin bir qancha turlari o‘simlik va hayvonlaming qoldiq chirindilari hisobiga yashashga moslashib, saprofit nematodalarga aylangan va, nihoyat, ulardan keyinchalik odam, hayvon va o‘simliklar hisobiga yashaydigan haqiqiy parazit nematodalar vujudga kelgan.
Nematodalar sohasi bo‘yicha mutaxassis, amerikalik olim I.A.Kobning taxminiy hisobiga ko‘ra, dunyoda erkin yashovchi va parazit nematodalar turlarining soni 1 mln.ga yaqin. A.A.Paramonovning fikriga ko‘ra, nematodalar sinfining turlari ko‘pligi jihatidan hasharotlar sinfidan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi va nematodalar sinfiga 500 mingga yaqin tur kiradi. Lekin hozirgi kunda nematodalarning 10 mingga yaqin turi aniqlangan xolos. Nematodalaming tanasi bo‘g‘imlarga boiinmagan, shakli ipsimon, duksimon, urchiqsimon, limonsimon, ikki uchi ingichkalashgan ko‘rinishda, ba’zan spiralga o‘xshab o‘ralgan bo‘ladi. Ko‘pchilik nematodalarda jinsiy dimorfizm aniq ifodalangan. Odatda, erkaklari urg‘ochilariga nisbatan ancha kichik va ingichka bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘pchilik erkaklarining dum qismi gajakka o‘xshab qayrilgan boiadi hamda dum tomonida jinsiy qo‘shilishda faol ishtirok etadigan qo‘shimcha organlari - bursa, rulek va spikulalari joylashgan. Umuman, nematoda so‘zi yunoncha boiib, nemas - ip demakdir.
Hozirgi vaqtda parazit nematodalar K.M. Rijikov, M.D.Sonin (1981 -y.) sistematikasiga ko‘ra, 2 ta kenja sinfga va 19 ta turkumga boiinib o‘rganiladi. Nematodalar keltirib chiqaradigan kasalliklar nematodozlar deb aytiladi va ular chorvachilikka katta iqtisodiy zarar yetkazishi bilan birga inson salomatligi uchun ham eng xavfli hisoblanadi. Parazit nematodalami har tomonlama chuqur o‘rganishda rus olimlaridan K.I.Skryabin, N.P.Shixobalova, R.S.Shuls, V.M.Ivashkin, A.A.Mozgovoy, M.D.Sonin, K.M.Rijikov, A.A.Paramonov, o‘zbek olimlaridan A.T.Toiaganov, M.A.Sultonov, E.H.Ergashev, J.A.Azimov, Z.N.Norboyev, A.O.Oripov, Т. K. Qobilov, O.M.Mavlonovlaming xizmatlari kattadir.
Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlaridagi olimlar tomonidan parazit nematodalar bo‘yicha 28 jildlik “Nematodologiya asoslari” kapital asarlar to‘plami yaratilgan. Bu kitoblarga dunyo miqyosida nematodalarga oid ma’lumotlar kiritilgan. Quyida odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladigan eng muhim nematodalar to‘g‘risida maiumotlar keltiriladi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


1. Абуладзе К.И., Демидов H.B., Непоклонов А.А., Никольский C.H., Павлова H.B., Степанов А.В. “Паразитология и инвазионные болезни сельскохозяйственных животных”. Учебник для студентов ВУЗов по специальности “Ветеринария”. М., 1990.
2. Акбаев М.Ш. и др. “Паразитология и инвазионные болезни животных”. М. КОЛОС, 2000.
3. Биология. Большой энциклопедический словарь. Научное издательство “Большая Российская энциклопедия”. М., 1998.
4. Генис Д.Е. Медицинская паразитология. М., “Медицина”, 1991.
5. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Паразитические простейшие и плоские черви. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т. 1. М., 1978.
6. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Круглые черви, моллюски и членистоногие. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т.2. М., 1978.
7. Dadayev S.D., Parazitologiya. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi talabalari uchun ma’ruzalar matni. Т., 2002.
8. Dadayev S.D. Kanalar va ularga qarshi kurash choralari. 0 ‘quv metodik qoilanma. Т., 2004.
9. Dubovskiy G.K., Ummatov A.Sh. Zoologiyadan o‘quv qoMlanma, 2-qism. Umurtqasiz hayvonlar (hasharotlar). Т., 1996.
10. Кеннеди K.P. Экологическая паразитология, перевод с англ. М., 1978.
11. Крашкевич К.В., Тарасов В.В. Медицинская паразитология. М., 1969.
12. Мавлянов О.М. Клещи и насекомые - паразиты и переносчики возбудителей заболеваний. Учебное пособие для студентов биологического факультета университетов. Т., 1990.
13. Mavlonov О., Xurramov Sh., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o‘quv yurtlari biologiya mutaxassisligi talabalari uchun darslik. Т., 2002.
14. Мустафин А.Г. и другие. Биология. М., “Высшая школа”, 2001.
15. Озерецковская Н.Н., Зальнова Н.С., Тумольская Н.И. Клиника и лечение гельминтозов. Л., 1985.
16. Поляков В.А., Узаков У.Я., Веселкин Г.А. Ветеринарная энтомология и арахнология. М., 1990.
17. Holiqov Р.Х., Sharofiddinxo‘jayev N.Sh., Olimxo'jayeva P.R., Rahimov J.R., Toshxo'jayev P.I. Biologiya. Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik. Т., 1996.
18. Шарова И.Х. “Зоология беспозвоночных”. Учебник для студентов высш.учеб. заведений. М. ВЛАДОС, 2002.
19. Шевцов А.А., Смирнов В.И., Павлова Н.В. Паразитология. М., 1985..
20. Ergashev Е.Н., Shopo‘latov J.Sh. Parazitologiya. Qishloq xo'jalik texnikumlari uchun darslik. T„ 1981.
Download 202.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling