Abstract: This article discusses concepts such as culture and spirituality, the culture of behavior, and their role in human development. Keywords


Download 20.65 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1634974
  1   2
Bog'liq
muomala-madaniyati-va-inson-ma-naviyati



"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X


MUOMALA MADANIYATI VA INSON MA’NAVIYATI


X.Sapoxonov O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali




Annotatsiya: Mazkur maqolada madaniyat va ma’naviyat, muomala madaniyati kabi tushunchalar, ularning inson kamolitida tutgan o’rni haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar: ma’naviyat, madaniyat, nutq, madaniyati, axloq-odob me’yorlari, ma’naviy yetuklik, inson kamoloti.


COMMUNICATION CULTURE AND HUMAN SPIRITUALITY


X.Sapoxonov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture




Abstract: This article discusses concepts such as culture and spirituality, the culture of behavior, and their role in human development.
Keywords: spirituality, culture, speech, culture, morality, spiritual maturity, human maturity.

Madaniyat va ma’naviyat tushunchalari zohiriylik bilan botiniylikning real ko’rinishidir. Madaniyat biz fikr yuritmoqchi bo’lgan muammoning tashqi tomoni bo’lsa, ma’naviyat esa ichki tomonidir. Madaniyat inson ichki dunyosining, xususan, yetuk tafakkur taraqqiyotining mahsulidir. Ma’naviyat madaniyatning ta’siri ostida shakllanib boradigan, insonni ruhan poklanish , qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining me’zonidir. Xullas, o’zida chuqur, keng qamrovli ma’no-mazmunni mujassam etgan bu tushunchalar o’rtasida o’zao aloqadorlik mavjud. Chunki madaniyat tushunchasi, keng ma’noda, insoniyat aqli-zakovati va tafakkurining yutuqlarini, tor ma’noda esa, uning hayot tajribasi asosida vujudga kelgan, yuksak insoniy malaka va ko’nikmalarni, xatti-harakat va faoliyat turlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat esa insonni inson qiladigan , uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog’liq bo’lgan, insonning hayotidagi g’oyaviy, diniy va axloqiy qarashlarini o’zaro to’liq mujassam etadigan tushunchadir. Madaniyatning ham, ma’naviyatning ham umumiy tomonlari bor. Ularning umumiy tomoni ijtimoiy mazmun kasb etishi bo’lsa, xususiy tomoni, muayyan shaxs dunyosida, xulq-atvori va faoliyat natijalarida namoyon bo’lishidir.


Biz fikr yuritmoqchi bo’lgan masala mazkur tushunchalarning xususiy tomonlari dialektikasini yoritishga qaratilgandir. Mavjud tushunchalarning xususiy tomoni

inson muomala madaniyatida, uning ichki ma’naviyati dialektikasida namoyon bo’ladi. Inson ma’naviy dunyosining boyib borishida insoniyat tafakkurining mevasi bo’lmish madaniy meros va ma’naviy yutuqlar muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun insonning ma’naviy tarbiyasini uning madaniyatidan ajratib bo’lmaydi[1]. Insonning ma’naviy yetuklik darajasi , aslida, madaniyatning ko’rsatkichidir. Shuning uchun shaxs madaniy taraqqiyotida o’zaro chambarchas bog’langan ratsional va emotsional tomonlar mavjuddir-ki, ularning mutanosibligi shaxs individual axloqiy ongini belgilaydi.
K.D.Ushinskiy: “Inson madaniy taraqqiyotida haddini bilmaslik xavflidir[2]”,- deb ta’kidlagan edi. Chunki inson qanday o’ylayotganidan ko’ra, nimani his qilayotganiga binoan odamiyroqdir. Madaniyatning ham, ma’naviyatning ham eng muhim tomonlaridan biri bilimdir. Lekin faqat aqlni taraqqiy ettirishning o’zi bilangina ma’naviyatli bo’lib ketish mumkin emasligi to’g’risida ogohlantiradi. va buni u katta xato deb biladi. Bilim tufayli insonda tafakkur qirralari namoyon bo’ladi, ong deb atalmish aql-zakovat sarchashmasi mavj uradi. Natijada insonning madaniyat darajasi yuksaladi. Xuddi shuningdek, bilim tufayli kishida insoniylikning tamal toshiga aylangan yetuk axloqiy tuyg’ular kamolot kasb etadi. Axir insonni mehr- oqibatsiz, sabr-qanoatsiz, iymon –e’tiqodsiz, do’stu-yorsiz, xususan, muhabbatsiz tasavvur etib bo’ladimi?
Muhabbatsiz odam ,odam emasdur, Gar odamsan , muhabbat ixtiyor et-
Misralarida shoira Nodirabegimning ichki ma’naviy dunyosi o’z ifodasini topgan. Buyuk rus shoiri M.Yu.Lermontov esa insoniyatning butun maqsadlari, butun mehnatlari muhabbatsiz nimaga ham arzirdi, deb bashariyat oldiga haqli savol qo’ygan desak, haqiqatga zid gapirmagan bo’lamiz. Insoniyat o’zining moddiy taraqqiyoti jarayonida o’zaro tushunishni yengillashtirish, o’zaro munosabatlarni keskinlashtiruvchi vaziyatlarni kamaytirish va ayni vaqtda, inson ichki dunyosini unga da’fatan bo’ladigan hujumlardan saqlash uchun ma’lum xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqqan. Mazkur qoidalarga amal qilish natijasida insonda muomala madaniyati shakllanadiki, u kishining ichki dunyosi bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. Odatda, muomala madaniyati odamiylikning asliy ko’rinishi bo’lib, u hurmat va odamlarga nisbatan e’tiborli munosabatlarga asoslanadi. Bunday munosabatlarda odob va odoblilik muhim ahamiyat kasb etadi. Odoblilik jamiyatda qabul qilingan me’yor va qoidalarni ixtiyoriy ravishda bajarishni o’z ichiga oladi. Odoblilik madaniyati kishi hayotining barcha sifatidir. Odoblilikning tamal toshi- ma’naviyatdir. Bu degani shuki, insonning ma’naviy dunyosi qanchalik boy bo’lsa, uning madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi.[3] Ma’naviy qashshoqlik esa madaniyatsizlikning asosiy omilidir. Odoblilik bilan odobsizlik bir-biriga qarama- qarshi bo’lgan xulq-atvordir. Odob - me’yorni his eta bilishdir.
Odobsizlik esa odob chegarasini buzishdir. Odobning me’yoriy negizi ham, odobsizlikning me’yoriy chegarasi ham bitta, u ham bo’lsa ma’naviyatdir. Ma’naviyat ham yetuk hamda qashshoq yoki qoloq jihatlarga egadir. Shuning uchun ma’naviy barkamollikning ko’rinishlari: odoblilik, kamtarlik, xushmuomalalik kabi fazilatlar bo’lsa, ma’naviy qashshoqlikning ko’rinishlari esa meshchanlik, xudbinlik, manfaatparastlikdir. Madaniyatli kishiga xos jihatlarni boshqalar xulq-atvorida ham oynadek namoyon qilishga erishish behad og’ir vazifadir. Bu vazifani amalga oshirishning oddiy yo’li bor, u ham bo’lsa, kishining ma’naviy dunyosini boyitish va takomillashtirishdir. Bu degani shuki, kishilar insoniyat madaniy me’rosining sarchashmalaridan chuqur bahra olib, o’zlarining g’oyaviy ma’rifiy, diniy-axloqiy qarashlarini takomillashtirsalar, shuning o’zi kifoyadir. Ma’naviy hayotda ham amaliy hayotdagidek, bilimga tayangan insonlar har doim kamol topadi va yetuklika erishadi.
Odob qoidalariga amal qilish xulq-atvor madaniyatining muhim elementidir. Shini alohida qayd etish lozimki, bu holatni hamma kishilar bir xil qabul qila bilmaydilar. Ba’zilar uni inson ma’naviy boyligidan yuqoriroq o’ringa qo’yib “mustahkam va mutlaq” bo’lishini talab qiladilar. Ba’zi bir odob himoyachilari esa, turli xil qoidalar to’plamlaridan hayotning har xil holatlari uchun xulq-atvor to’g’risidagi tayyor yo’l-yo’riqlarni qidiradilar. Boshqa birovlari esa odob qoidalariga nopisand ko’z bilan qarab, ularni muomalani erkin bo’lishiga xalaqit beruvchi ortiqcha shart va takalluf deb hisoblaydilar. Ko’rininb turibdiki, har ikki nuqtai nazar ham noo’rin. Odob qoidalariga insonlar qanday munosabatda bo’lmasinlar , ular har qaysi madaniyatda ham mavjuddir va uning mazmuni kishilar o’rtasidagi muomalaga ko’mak berishdan iboratdir. Odob qoidalarida kishilarga e’tibor va hurmat belgilarining jami ifoda etilgan. Ular asrlar davomida kishilarning muomala jarayonini osonlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan xulq-atvorning ko’pgina normalarini o’zida mujassam etgan. Psixologlarning aytishicha, har jihatdan bir xil bo’lgan ikki kishini topish qiyindir. Bu gap madaniyat darajasini aniqlashga taalluqlidir. Hatto asosiy madaniy boyliklarga ham kishilar turlicha nazar bilan qaraydi, turlicha fikrlaydi, his etadi, bir-biriga murojaat qiladi. Bu tabiiydir, chunki madaniyatning o’zi beqiyos darajada turli-tuman, uning boyliklari esa g’oyat katta, kishilar hayyoti va tarbiyasining sharoitlari esa xilma-xil.
Muomala madaniyatining mutlaq ko’rsatkichi nutq madaniyatidir. U kishining o’z fikrini ravshan, aniq-oydin, grammatik jihatdan to’g’ri, keraksiz so’zlarni ishatmasdan, samimiy gaplasha olishni nazarda tutadi. G’aliz va qo’pol iboralarga mutlaqo o’rin bermaslikni talab etadi. Ko’rinib turibdiki, xulq-atvor qoidalari turli- tuman va xilma-xildir. Lekin shu narsa aniqki, muomala madaniyatining barcha tamoyillarini sanab o’tish va bunga intilish zarur emas, chunki odamlar o’rtasdagi munosabatlar shu qadar ko’p qirraliki, hayotning har qanday vaziyatiga, kishilarga
to’g’ri keladigan qoidalarning barchasini jamlash mumkin bo’lmaydi. Ammo shaxs madaniyatining umumiy asoslari mavjud: ichki ma’naviy dunyoning va u bilan mahkam bog’liq bo’lgan muomala madaniyatining shakllanganligi, kishilarga nisbatan o’zaro hurmat, odoblilik, xushmuomalalik, atrofidagilarga nisbatan e’tiborli bo’lishda namoyon bo’ladigan chuqur va faol ehtirom ana shunday madaniy asoslardandir.
Shunday qilib, shaxsning madaniy taraqqiyoti darajasi jamiyatning intellektual va axloqiy boyliklarini o’zlashtirishni , ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni, shaxsiy qobiliyat va iste’dodni rivojlantirishni, mehnat ko’nikmalarini , axloqiy tuyg’ularini va estetik ideallarni tarkib toptirishni, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini yetarlicha bilishni va ularga amal qilishni nazarda tutadi. Zero, sanab o’tilgan talablar inson ma’naviy olamini boyituvchi omillar hamdir.



Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling