Abu abdulloh al-xorazmiy “Mafotih al-ulum”


Download 18.81 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi18.81 Kb.
#1151176
  1   2
Bog'liq
Mafotix


Reja:
1.Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Mafotih al-ulum” (ilmlar kaliti)
2.An’anaviy “Arab” ilmlari.
3. An’anaviy bo’lmagan- “Arab bo’lmagan” ilmlar.
ABU ABDULLOH al-XORAZMIY
Mafotih al-ulum” (ilmlar kaliti)
Milodning IX – XI asrlari Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. Oʻsha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy boʻlgan.
Bu olim haqida saqlanib qolgan maʼlumotlar juda kam. Olimning toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida oʻtgan. Bu shaharlarda u tugʻilgan, voyaga yetgan, yashagan, taʼlim olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan al-Utbiy huzurida kotib boʻlib xizmat qilgan davrida choʻqqisiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u “al-kitob al-Xorazmiy” nomi bilan ham tanilgan. Oʻz xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va koʻpgina allomalar bilan hamsuhbat boʻlgan. Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qoʻlga kiritgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997 yilda vafot etgan.
Olimning dunyoqarashi oʻsha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Isʼhoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy taʼsiri ostida shakllandi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, koʻpchilik asarlari singari oʻsha davrning ilm tili – arab tilida bitilgan, yagona maʼlum asari – “Mafotih al-ulum” (“Ilmlar kalitlari”)dir. “Mafotih al-ulum”ning qoʻlyozma nusxalari juda qoʻp emas. Yaqin-yaqingacha uning toʻrt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu toʻrt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari hamda Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Amriqolik olim K. Bosvort asrimizning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida bor-ligini aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi kutubxonalardadir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari oʻrta asrlardagi fanlar rivojlanishi tarixiga oid kamyob manba sifatida koʻpgina olimlarning diqqat-eʼtiborini oʻziga jalb etdi. Birinchi boʻlib bu manbani oʻrgangan va 1895 yilda nashr qilgan olim – gollandiyalik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold, K. Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M. M. Xay-rullayev, U. I. Karimov, G. P. Matviyevskaya, H. Hasanov, A. Shari-povlar ham asarning turli tomonlarini tadqiq qilganlar.
“Mafotih al-ulum” oʻziga xos qomusiy asar boʻlib, oʻsha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini oʻz ichiga qamrab olgan. Muallif oʻrta asrlardagi har bir ilm mazmunini sharhlash yoʻli orqali tushuntirib beradi.
Olim ilmlarni ikkiga boʻlib, ularga “arab – sharʼiy” va “arab boʻlmagan”larga ajratadi. Bu hol olim oʻz davrining namoyandalari singari ilmlar tasnifida ularni ikki qismga boʻlish anʼanasiga sodiq qolganligini koʻrsatadi.
Uning birinchi anʼnaviy “arab” ilmlari qismi oʻn bir bobdan iborat fiqh, yetti bobdan iborat kalom, oʻn ikki bobdan iborat grammatika (sarf va nahv), sakkiz bobdan iborat ish yurgizish, besh bobdan iborat sheʼr va aruz hamda toʻqqiz bobdan iborat tarihdan tashkil topgandir. Ikkinchi qismiga esa “arab boʻlmagan” quyidagi ilmlar kiritilgan: ular – uch bobdan iborat falsafa, toʻqqiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan iborat tib, besh bobdan ibo-rat arifmetika, toʻrt bobdan iborat handasa, shuningdek, toʻrt bobdan iborat ilm an-nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat mexanika va uch bobdan iborat kimyodir.
Shunday kilib, asar ikki qismdan iborat boʻlib, unda oʻn besh ilm toʻqson uch bobda bayon etilgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyida-gicha:
I. Shariat va u bilan bogʻliq “arab” ilmlari.
1. Fiqh, yaʼni musulmon huquqshunosligi.
2. Kalom, yaʼni din asoslari.
3. Grammatika.
4. Ish yurgizish.
5. Sheʼriyat va aruz.
6. Tarix.

II. “Arab boʻlmagan” ilmlar (yunon va boshqa xalqlar).


1. Nazariy falsafa:
a) tabiiy ilmlar – tibbiyot (tib, samoviy hodisalar – meteorologiya, mineralotaya, alkimiyo, mexanika) – quyi;
b) riyoziyot ilmlari (arifmetika, handasa, ilm an-nujum, musiqa) – oʻrtanchi;
v) ilohiy, yaʼni metafizika – oliy ilm;
g) mantiq.
2. Amaliy falsafa:
a) axloq – etika (odamni boshqarish);
b) uyshunoslik (uyni boshqarish);
v) siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish).
“Mafotih al-ulum”da ilmlar tasnifi har bir fanning predmetini aniqlash hamda ularning asosiy atamalarini qisqa va aniq bayon etish bilan birgalikda olib boriladi. Bu yerda, biz zikr etganimizdek, Abu Abdulloh al-Xorazmiy oʻz tasnifida oʻsha davr anʼanasi, yaʼni ilmlarni ikkiga boʻlishni qoʻllab-quvvatlab, sharʼiy va falsafiy ilmlarga ajratadi.
Abu Abdulloh Xorazmiy o‘z tasnifida o‘sha davr an’anasi, ya’ni ilmlarni ikkiga bo‘lishni qo‘llab-quvvatlab, an’anaviy (shar’iy) va an’anaviy bo‘lmagan (falsafiy)larga ajratadi. Asardagi an’anaviy ilmlardan biri, fiqhda muallif islom qonunshunosligining asosi bo‘lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi Qur’on, payg‘ambar so‘zlari, hikmatli gaplari va hayotlarini aks ettiruvchi sunnat, hadis va uning xillari; ijmo – islom jamoasining yakdillik bilan tan olgan qarori; shariat qonun-qoidalariga amal qilishni, ya’ni tahorat qilish, namoz o‘qish, azon aytish, ro‘za tutish, zakot to‘lash ustida to‘xtalib o‘tadi.

Download 18.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling