Glossary 0ta Falsafa


Download 33.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi33.52 Kb.
#1828683
  1   2   3   4   5
Bog'liq
GLOSSARY 30ta Xolmatova Diloromxon



GLOSSARY 30ta 
1)Falsafa - yunoncha ―phileo‖ – ―sevaman‖, ―Sophia‖ –
―donolik‖ degan ma’noni anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng 
qadimiy ilmlardan biri. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va
taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik 
kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fan.
2)Dunyoqarash - Inson o’zini va dunyoni zaruriy ravishda
anglashi, unga baho berishi, xulosa chiqarishi bo’lib, dunyoni
inson ongidagi o’ziga xos in’ikosidir. Insonning o’ziga va uni
qurshab turgan borliqqa bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan 
ko’nikmalari, malakalari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy 
o’zlashtirish hamdir.
3)Mif - yunoncha ―mifhos‖ so’zidan olingan bo’lib, ―afsona, 
rivoyat, xikoyat‖ kabi ma’nolarini anglatadi. Ibtidoiy davrkishilari
ongi va tushunchasida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo 
bo’lishi bilan bog’liq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat 
hodisalarining aks etishidir.
4)Mifologik dunyoqarash - Ijtimoiy taraqqiyotning boshlang’ich 
bosqichlariga xos bo’lib, dunyoni tushunishning oddiy usuli, xayoliy 
in’ikosidir.
5)Din - arabcha ―ishonch, ishonmoq‖ demakdir. Borliqni
yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy 
olamga xos bo’lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy
ko’rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, yani Xudoga 
nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.
6)Diniy dunyoqarash - Olamdagi voqea va hodisalar sabablarini
ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan maqsadlar bilan bog’lab 
tushunishdir.
7)Monizm — (yunoncha ―monos‖ yani ―yakka‖ ma’nosini
anglatadi) olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga
ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.


8)Dualizm — (lotin tilida ―dua‖ yani ―ikki‖ degan ma’noni
ifodalaydi) olamning asosida ikkita asos, yani modda va materiya
bilan birga ruh va g’oya, yotadi deyuvchi qarash.
9)Plyuralizm — (lotin tilida ―plyural‖ yani ―ko’plik‖ degan
ma’noni anglatadi) olamning asosida ko’p narsa va g’oyalar yotadi 
deb e’tirof etadigan ta’limotdir. 

Download 33.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling