Abulfayzxon” tragediyasida davr va shaxs fojiasi talqini reja


Download 45.02 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi45.02 Kb.
#1146025
  1   2   3
Bog'liq
KURS ISHI GULXUMOR eng oxirgi


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
ONA TILI VA ADABIYOT TA’LIMI FAKULTETI
“Ro’yxatga olindi”
O’quv ishlari bo’yicha dekan
Muovini________________
2022-yil “__”-___________

5111200-“O’zbek tili va adabiyoti” bakalavr yo’nalishi


III kurs 303-guruh talabasi Bozorova Gulxumorning
“Abulfayzxon tragediyasida davr va shaxs fojiyasi talqini”
mavzusida yozilgan
Kurs ishi
Ilmiy rahbar:
A.Sabriyev________
“O’zbek tili va adabiyotini o’qitish
metodikasi” kafedrasi

“Himoyaga tavsiya etilsin”


“O’zbek tili va adabiyotini o’qitish metodikasi
Kafedrasi mudiri f.f n., dotsent G.Jo’rayeva________
2022-yil “___”-____________

TOSHKENT–2022


ABULFAYZXON” TRAGEDIYASIDA DAVR VA SHAXS FOJIASI TALQINI


REJA:
I. Kirish. Fitrat hayot va ijodiga bir nazar.
II.Asosiy qism:
1. Fitra – dramaturg.
2. “Abulfayzxon” – tarixiy fojia.
3. “Abulfayzxon”da obrazlar talqini.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


Kirish
Fitrat hayot va ijodiga bir nazar
Abdurauf Fitrat o‘zbek xalqi hayotida XX asr tongida boshlangan Yangi Milliy Uyg‘onish davri va uyg‘onish adabiyotining buyuk vakilidir.Ozod Sharafiddinov Abdurauf Fitrat haqida “A.Fitrat o‘zbek va tojik xalqlarining madaniy rivojida salmoqli o‘rin tutuvchi yorqin siymolardan biridir” deb bejiz aytmagan. Abdurauf Fitrat qadim ilm-fan markazi bo‘lmish Buxoro shahrida 1886-yili tug‘ildi. Ma’lumotlarga qaraganda uning otasi Abdurahimboy degan kishi ekanligi va sarroflik bilan shug‘ullanganligi ma’lum bo‘ladi.«Sarrof» so‘zi lug‘atlarda «pul maydalovchi», «pul almashtiruvchi» deb izohlanadi. Har holda uning o‘ziga to‘q, ayni paytda, o‘qimishli, dunyoning baland-pastidan xabardor kishi bo‘lganligiga shubha yo‘q. Tabiiyki, savdo bilan shug‘ullangan. Ma’lumotlarga qaraganda, Turkiya, Eron, Qashqarga tez-tez borib turgan. Onasining oti Bibijon (to‘la nomi Nastarbibi, ayrim manbalarda Mustafbibi) bo‘lgan.Oilada Abduraufdan tashqari yana ikki farzand-ukasi Abdurahmon va singlisi Mahbuba ham bor edi. 20-yillarning faollaridan bo‘lgan, goho she’r ham mashq qiladigan Mahbuba Rahim qizining nomi o‘quvchilarga bir qadar tanish.
Abdurauf dastlab o‘z davrining eski maktablaridan birida o‘qidi, tarix, falsafa va adabiyotdan chuqur bilim oldi, arab, fors, turk tillarini mukammal o‘rgandi. Ayni choqda, eski maktab tahsilini ko‘rgan Fitrat o‘zining ta’biri bilan aytganda, “mutaassib ruhoniy” bo‘lib yetishgan edi.So‘ng mashhur ”Mir Arab madrasasida o‘qidi. Zamondoshlarining ma’lumot berishlaricha, u Buxoroda 18 yoshlariga qadar o‘qidi. So‘ng, chamasi, bir oz otasi yonida xizmat qilgan, birga hajga borishgan, Turkiya, Eron, Hindiston, Arabistonda bo‘lishgan. «Tazki-ratush-shuaro» muallifi Ne’matulla Muhtaramning uni ham otasi kabi «sarrof» deb atashi, «Hoji mulla Abdulrauf» deb tanishtirishi bejiz emas. Shuningdek, uning Markaziy Rusiyaning Moskva, Peterburg kabi shaharlariga ham sayohat qilgani ma’lum. Bu safar—sayohatlar, mutaxassislarning aniqlashlaricha, 1904-1907-yillarga to‘g‘ri keladi.
XX asr boshida butun Sharqda bo‘lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikrda jiddiy uyg‘onish boshlanib, jadidchilik harakati kuchaydi. Fitrat ham, “yosh buxoroliklar” deb nom olgan jadidlarning so‘l qanotiga qo‘shiladi va oradan ko‘p o‘tmay — 25 yoshida 1909-yilda hamshaharlari aka-uka Usmonxo‘ja va Atoxo‘ja Po‘latxo‘jayevlar hamda Mazhar maxzum Burhon maxzum o‘g‘li va Muqimbek bilan Istanbulga o‘qishga ketadi. Istambulda o‘tkazilgan to‘rt yillik hayot, turk ma’rifatparvarlari, adib va shoirlarining ijodi bilan tanishish, yevropacha falsafa va ijtimoiy ta’limotlardan o‘rganish Fitratning qarashlarida keskin burilish yasaydi — endi u Buxoro hayotidagi, Turkiston hayotidagi qoloqliklarni, bid’at va xurofatni aniqroq ko‘radi, jamiyat rivojiga to‘siq bo‘lib yotgan kuchlar haqida teranroq o‘ylay boshlaydi. Bu izlanishlar Fitratni islohotchilik yo‘liga olib keladi.U din bilan ilmni birga qo‘shishga intiladi va ijtimoiy tuzumni yangilash g‘oyalarini o‘rtaga tashlaydi. Bunda u, ayniqsa, feodal psixologiyaning ko‘rinishlariga, dindagi, yashash tarzidagi mahdudlikka qarshi chiqadi. Fitratning jamiyatni isloh etish haqidagi g‘oyalari “Munozara» va «Bayonati sayyohi hindi” degan publitsistik risolalarida ifodalangan. Bu kitobning ikkovi ham birinchi marta fors tilida Istambulda nashr qilingan edi.Bu ikki risola Buxoroda ham,Turkistonda ham ijtimoiy fikrning o‘sishiga kuchli ta’sir qildi. 1913-yilda Fitrat Buxoroga maorif va madaniy-ijtimoiy qurilish haqidagi yangi g‘oyalar bilan qaytib keldi. Biroq bularni mutaassiblik avj olgan Buxoroda amalga oshirishga yo‘l yo‘q edi. Shu sababli Shahrisabz va Karkida yangi maktablar ochish bilan shug‘ullandi. Qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining yetakchi vakillaridan biriga aylandi. Ayni choqda, u ham shoir, ham adib, ham adabiyotshunos, ham muarrix, ham tilshunos, ham publitsist sifatida qalam tebrata boshlaydi va tez orada jamoatchilik o‘rtasida katta obro‘ qozonadi. 1920 yilda Buxoro xalq respublikasi tuzilgach, Fitrat yangi hokimiyat tarkibida bir necha yil maorif ishlari bo‘yicha vazirlik vazifasini bajaradi.
Fitrat 1919-1920-yillarda Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimonlik qiladi.
Fitratning Toshkentdagi eng yirik xizmatlaridan biri «Chig‘atoy gurungi» jamiyatini tashkil etishi bo‘ldi. Jamiyat 3 yil (1918-20) yashadi, lekin o‘zbek tili va adabiyotigina emas, umuman o‘zbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida o‘rganishni boshlab berdi. Qayum Ramazon, Shorasul Zunnun, Elbek, Shokirjon Rahimiy, G‘ulom Zafariy, Mirmulla Shermuhamedov, G‘ozi Yunus, Cho‘lpon, Botu, Sanjar Siddiq, Mannon Ramz, Mannon Uyg‘ur jamiyatning faol a’zolari edilar. Fitratning Sh.Rahimiy va Q.Ramazon bilan hammualliflikda yozgan «Ona tili» (1918) darsligi, «Cho‘zg‘ilar» («Unlilar») imlosi haqidagi Q.Ramazon bilan hamkorlikda yozgan «Bitim yo‘llari» (1919) o‘quv qo‘llanmasi, «Insoniyat haqida Navoiyning fikri» (1919) risolasi shu davrda maydonga kelgandir. Qiyosan olganda, jamiyat til masalalariga alohida e’tibor bergani ko‘zga tashlanadi. Jamiyat qoshida «Imlo to‘dasi»ning tashkil topishi bejiz emas edi.Fitrat, Botu, Elbek hamkorliqda 1920-yilning 9-aprelida «Tong» jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardilar. Jurnalda «Chig‘atoy gurungi» a’zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, to‘xtab qoladi.
Fitrat o‘z hayotining Toshkent davrida «O‘g‘uzxon», «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari» kabi asarlarini yaratdi. Chamasi, Turkiston muxtoriyatining fojiali tugatilishi munosabati bilan yozilgan va adibning so‘ngsiz iztiroblarini ifoda etgan bir pardalik «Temur sag‘anasi» asari ham shu davrda maydonga kelgan. Afsuski, uning to‘la nusxasi yo‘q. Turli munosabat bilan ko‘chirib olingan parchalarigina saqlanib qolgan. «O‘g‘uzxon», mutaxassislar fikricha, bosilgan emas. Uning ustiga, taqdiri noma’lum. «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1923) Hindiston xalqlarining ozodlik, mustaqillik uchun olib borgan kurashlari haqida. Aslida, bu Turkiston voqealarining xorijga ko‘chirib tasvir etilishi edi. Shunga ko‘ra, bu asarlar o‘z davri uchun benihoya dolzarb edi.
1923-24-yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Lazarev Sharq tillari instituga (1921-yildan Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti)da ishladi, ilmiy ish bilan shug‘ullandi. Leningrad davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar o‘qidi, professorlikka saylandi.
Abdurauf Fitratdan boy va rang-barang meros qolgan. Kichkina bir muqaddimada uning ijodiy merosining hamma qirralarini batafsil yoritish bir yoqda tursin, hatto shunchaki sanab chiqish ham amri mahol.
Abdurauf Fitrat o‘ziga xos, yuksak mahoratli dramaturg edi. 20-yillarda u o‘nga yaqin dramatik asarlar yaratdi va ularning hammasi o‘sha paytda sahnalashtirildi.Fitratning ko‘p asarlari tarixiy voqealarga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda tojik va o‘zbek xalqlarining qahramonlik an’analari, chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, erksevarligi, adolat va haqiqatga tashnaligi tasvirlangan. Masalan, Fitratning Firdavsiy “Shohnomasi” asosida yozilgan “Zohhoki moron” fojeasi 1919-yildayoq sahnaga qo‘yilgandi. Shundan keyin 1920-yilda uning “Begijon”, “Chin sevish” kabi pyesalari qo‘yiladi. “Chin sevish” hind hayotidan olingan bo‘lib, unda taraqqiyparvar hind yoshlarining o‘z vatanlarining mustaqilligi uchun kurashi, ingliz mustamlakachilariga qarshi faoliyati hikoya qilingan. Keyinroq esa bu mavzuda Fitrat yana “Hind ixtilolchilari” dramasini ham yozdi. Uning tarixiy dramalari haqida gapirganda “Temur sog‘anasi”, “Abulfayzxon”, “Arslon” kabi asarlarini ham sanash kerak. 20-yillarda va ayniqsa, 30-yillarda bu asarlarni g‘oyaviy jihatdan ayblagan maqolalar ko‘p yozildi. Ularda muallif o‘tmishni ideallashtirishda, millatchilik g‘oyalarini targ‘ib qilishda ayblandi. Hatto “Hind ixtilolchilari”dan ayrim parchalar keltirib ingliz mustamlakachilari haqidagi gapni “bu ruslar haqida aytilgan” deyishdan ham toymagan odamlar bo‘ldi. Keyin esa bu mulohazalarning hammasi Fitratni xalq dushmani deb atashga, uning qatl qilinishini oqlashga xizmat qildi. Men bu mulohazalarni aytar ekanman, albatta, bu bilan Fitratning dramalari har qanday kamchiliklardan xoli edi demoqchi emasman. Ularning mazmunida ham bahsli o‘rinlar bo‘lganidek, badiiy shaklida ham muayyan nuqsonlar bor. Ular haqida istagancha gapirish, tanqidiy mulohaza yuritish mumkin, ammo ularning hech qaysisi Fitratga qo‘rqinchli siyosiy ayblar taqashga, unga do‘q qilishga, uni repressiya qilishga asos bermaydi. Fitrat san’atkor sifatida o‘zi tasvirlayotgan voqelik parchalariga mustaqil qarashga ham, hatto adashishga, xato qilishga ham haqqi bor.
Umuman, 20-yillar, xususan 2-yarmi, Fitrat ilmiy faoliyatida muhim yillar bo‘ldi. U o‘z ahamiyatini bugungi kungacha yo‘qotmay kelayotgan «Eng eski turkiy adabiyot namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, Samarqand — Toshkent, 1927), «O‘zbek adabiyoti namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, Samarqand-Toshkent, 1929), «Sharq shaxmati» (Samarqand — Toshkent, 1928), «O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi» (Samarqand — Toshkent, 1927), «Fors shoiri Umar Xayyom» (Samarqand — Toshkent, 1929) kabi ko‘plab tadqiqotlar e’lon qildi. Matbuotda qanchadan-qancha maqolalar bosdirdi. Bu asarlari bilan yangi o‘zbek fani-madaniyatining bir qator yo‘nalishlariga yo‘l soldi. Xususan, Turkiston xalqlarining boy va qadim madaniy merosini har tomonlama, izchil va muntazam, ayni paytda, chuqur ilmiy o‘rganishni boshlab berdi.
Ming yillar osha yonma-yon yashab kelgan o‘zbek-tojikning adabiy-madaniy merosidagi mushtarak jihatlarga diqqatni qaratdi. O‘zbek adabiyotining manba-masha’larini aniqlab berdi, tarixiy taraqqiyotini yoritdi. Adabiy oqimlar, maktablar, ularning vakillarini o‘rgandi. Davrida shuhrati olamga yoyilib, za-monlar o‘tishi bilan tarix qatlarida unutilib qolgan o‘nlab shoirlarning merosini izlab topdi, qayta kashf etdi. Afrosiyob — Alp Er To‘nga marsiyasidan Yassaviygacha, Yusuf Xos Hojibdan Turdi, Mashrab, Umarxongacha, zamondoshlari Elbeku Cho‘lpongacha yozdi. Yangi o‘zbek adabiyotshunosligi ilmining tamal toshini qo‘ydi. Fitrat o‘zbek adabiyotshunosligining otasi bo‘lgan. U klassik adabiyotimizdagi ko‘pgina siymolar haqida qo‘lyozma manbalar asosida birinchi maqolalarni yozgan edi. Masalan, u Bedil, Yassaviy, Turdi, Mashrab haqida birinchi maqolalarni e’lon qilgan, birinchi bo‘lib, “O‘zbek adabiyotidan namunalar” degan kitobni yozgan. Bu kitob 1927-yilda Moskvada nashr etilgan bo‘lib, o‘zbek adabiyoti haqida ozmi-ko‘pmi sistemali tasavvur beradigan xrestomatiya edi. Bu kitob 20-yillarda O‘zbekistondadam juda mashhur bo‘lgan, hozir ham o‘zining ilmiy qimmatini mutlaqo yo‘qotmagan atoqli turk olimi Ismoil Hikmatning to‘rt jildlik “Turk adabiyoti tarixi” kitobidan andoza olib yaratilgan. Fitrat maqolalari uchun ham juda ko‘p dakki yegan, boshi malomatdan chiqmagan edi.
«Adabiyot qoidalari» (1926) va so‘ngroq yozgan «Aruz haqida» (1936) kitoblari bilan buyuk Navoiylar yuksak bosqichga olib chiqqan o‘zbek adabiy estetik tafakkurini yangi davr tushunchalari bilan boyitdi, davom ettirdi va adabiyot nazari-yasi bo‘yicha ham zamonasining yetakchi mutaxassisi sifatida e’ti-bor va e’tirof qozondi.
Fitrat ilgʻor demokratik gʻoya va fikrlari uchun koʻpchilik jadidlar qatorida shakkoklik va isyonkorlikda ayblandi. Chor maʼmurlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura humron boʻlgan shoʻrolar davrida esa, millatchilikda, panturkizm gʻoyasi tarafdori, „xalq dushmani“ degan tuhmatlar bilan aybladilar. Professor H.Yoqubovning hikoya qilishicha, Fitratni 1937-yilgacha uning doʻsti Fayzulla Xoʻjayev oʻz himoyasiga olib kelgan. 1937-yilda koʻpchilik qatori Fitrat ham NKVD tomonidan qamoqqa olingan.Tergov va so‘roqlar boshlandi. Bir yarim yillik qiynoqlardan so‘ng «millatchi», «aksilinqilobchi», «aksilsho‘roviy» degan ayblari yetmay, «xalq dushmani», «vatan xoini» kabi tavqi la’natlar yopishtirildi. Eng keyin «topgan»lari «nemis», «ingliz» razvedkasi «ayg‘oqchi»si ekanligi bo‘ldi. Va shular asosida SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan sud qilinib, 1938-yilning 4 oktyabrida otib o‘ldirildi.
Fitratning ijodiy merosi
Fitrat qomusiy ilmga ega, o‘z qalamini badiiy va ilmiy ijodning juda ko‘p sohalarida sinab ko‘rgan va muvaffaqiyat qozongan kamyob iste’dodlardan edi. H. Boltaboyev «Noma’lum Fitrat» maqolasida adib asarlarining 87 ta ko‘rsatkichini ilova qilgan edi. Ilhom G‘aniyev va B. Ergashev 1994-yilda bu ko‘rsatkichni 134 taga yetkazadilar. Ularning salmoqli bir qismi she’r, hikoya, ijtimoiy nasr, drama singari badiiy janrlarda yozilgan asarlardir. Ikkinchi bir qismi — publitsistika, kundalik maqolalar. Yana bir qismini turli-tuman o‘quv darsliklari tashkil qiladi. Nihoyat, yana muhim bir qismi ilmiy-adabiy tadqiqotlardan iborat. Darvoqe, uning ilmiy tadqiqotlari birgina adabiyotshunoslik doirasida cheklanmaydi. U zabardast tilshunos, tarixchi, faylasuf, huquqshunos, musiqashunos. U o‘rta asrlardagi qomusiy ziyolilarimiz singari musiqaning ham nazariyasi, ham amaliyoti bilan shug‘ullangan, u haqda maxsus risola yarattan. U shaxmat tarixi haqida tad-qiqiy maqolalar yozgan, hatto yer qurilishining ilmiy jihatlari bilan qiziqqan va yaqindan shug‘ullangan keng qamrovli iste’dod ekanligi ma’lum bo‘ladi.1

Download 45.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling