Adabiyotshunoslikka oid nazariy asarlar. Fing – 1927. Aliqulova Lobar. Reja: - Adabiyotshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
- Fanning asosiy va yordamchi sohalari.
- A.Fitrat va uning “Adabiyot qoidalari” qo’llanmasi.
- Cho’lponning “Adabiyot nadur?” maqolasida badiiy adabiyot masalasi.
- Arastuning “Poetika” asari.
“Adabiyotshunoslik” fani dunyo oliy ta’lim maskanlarining deyarli barcha gumanitar fakultetlarida o‘qitiladi. Fanning asosiy maqsadi adabiyotshunoslikning ilmiy-nazariy xususiyatlari va eng muhim qirralari bilan tanishtirish, badiiy ijodni, ijod psixologiyasini tushunishga o‘rgatish, badiiy asarni tahlil va talqin qila olish malakasini shakllantirishdan iborat. - “Adabiyotshunoslik” fani dunyo oliy ta’lim maskanlarining deyarli barcha gumanitar fakultetlarida o‘qitiladi. Fanning asosiy maqsadi adabiyotshunoslikning ilmiy-nazariy xususiyatlari va eng muhim qirralari bilan tanishtirish, badiiy ijodni, ijod psixologiyasini tushunishga o‘rgatish, badiiy asarni tahlil va talqin qila olish malakasini shakllantirishdan iborat.
- “Adabiyotshunoslik” fani adabiyot nazariy asi, jahon adabiyoti, o‘zbek adabiyoti tarixi, adabiy jarayon kabi fanlar bilan bevosita aloqador bo‘lib, ularni o‘zlashtirish uchun talaba nazariy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Mazkur fan filologiya fakulteti birinchi bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyotning boshqa kurslaridan ma’ruzalar tinglashga tayyorlaydi, badiiy asarni nafaqat o‘qish, balki uqish sirlaridan voqif qiladi.
- Badiiy adabiyot durdonalarini mukammal o‘rganish talabalarning adabiy-estetik tafakkurini yuksaltiradi, ularning evristik va kreativ qobiliyatini rivojlantiradi, ilmiy mushohada qilishga yordam beradi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish davlat siyosati darajasidagi masal alar dan biri bo‘lib, respublikamizda bu borada bir qancha muhim davlat hujjatlari qabul qilingan va qilinmoqda. Endi ta’lim sistemasi o‘qitishga mutlaqo yangicha yondashishni, mediasavodxonlikni oshirishni va AKTdan unumli foydalanishni, horij tajribasi asosida eng yaxshi an’analarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilishni taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |