Adalotlilik-yuksak manaviy ahloqiy qadriyat
Download 79.06 Kb.
|
ADALOTLILIK-YUKSAK MANAVIY AHLOQIY QADRIYAT. “KUCH-ADALOTDA G’OYASINING” TAHLILI. TINCHLIK VA ADOLATNING BASHARIYAT HAYOTIDAGI O’RNI.
ADALOTLILIK-YUKSAK MANAVIY AHLOQIY QADRIYAT. “KUCH-ADALOTDA G’OYASINING” TAHLILI. TINCHLIK VA ADOLATNING BASHARIYAT HAYOTIDAGI O’RNI. Reja: Adalotlilik-yuksak manaviy ahloqiy qadriyat. Kuch-adalotda g’oyasining tahlili. Tinchlik va adolatning bashariyat hayotidagi o’rni. Axloq va ma’naviyat chuqur ichki o‘zaro aloqadorlikka ega. Zero, ma’naviyat individ mansub bo‘lgan guruhlar axloqi ta’sirida yuzaga keladi, axloq esa, o‘z navbatida, guruh a’zolari bo‘gan individlar ma’naviyatining o‘zaro tutash ommaviy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Ma’naviyat sohasida ijobiy echimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz — milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi — iymon — e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. YA’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs — komil insonni tarbiyalashdan iborat». Demak, ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb —hunar sohibi, o’z Vatanining sodiq fuqarosidir. O’z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g’ururlana oladigan inson. O’z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go’zalliklaridan bahramand bo’ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir. Axloq esa shaxsning xatgi —harakatlari, yurish — turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. «Ahlok» (lotincha—xulq—atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti—harakatini tartibga soladigan qonun—qoidalar majmuidir. Ma’naviy — axlokiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat: 1.O’quvchilarda ma’naviy — axloqiy ongni shakllantirish. 2.Ularda ma’naviy—axloqiy his—tuyg’ularni tarbiyalash va rivojlantirish. 3.O’quvchilarda ma’naviy—axloqiy xulq—atvor ko’nikma va odatlarini tarkib toptirish. Ma’naviy — axloqiy tarbiya mohiyatiga ko’ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o’z xulq — atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog’liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi, ma’naviy — axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma’naviy — axloqiy his—tuyg’u va xislatlarni shakllantirish, o’quvchilar tomonidan ma’naviy—axloqiy xulq—atvor jamiyat a’zolariga bo’lgan hurmat—e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab etilishi, ma’naviy — axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat. Ma’naviy — axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta’limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Axloq (arabcha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonunqoidalar majmuidir. Axloq - shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlami boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlami tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni uyg‘unlashtirish uchun ham zarur. Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi. Tarixga nazar solsak, asrlar davomida shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya shakliga kelganini ko‘ramiz. Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega bo‘lish, ta’lim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, so‘z hamda e’tiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tardi. Mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyamiz shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berdi. Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini e’tirof etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi. Aynan shu sababli Konstitutsiyamizni ehtirom bilan ulug‘lashimiz, har tomonlama o‘rganishimiz, unga izchil amal qilishimiz, Asosiy qonunimizda mujassam bo‘lgan ajdodlarimizning buyuk merosi va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz qalbiga singdirishimiz zarur. Hurmatli yurtdoshlar! Sohibqiron Amir Temur bobomiz «Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi», deb ta’kidlagan edilar. Shu nuqtai nazardan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash biz bunyod etayotgan demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanadi. Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq. Qonun ustuvorligi – bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bo‘lishi shart, deganidir. Shu boisdan ham barcha bo‘g‘indagi kadrlar, u xoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro bo‘lsin, Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini to‘g‘ri tashkil etishi hamda birinchi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat a’zolari qat’iy amal qilishi shart bo‘lgan muhit yaratishimiz zarur. «Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – farovon hayot garovi» degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur o‘rin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblayman. Birinchidan, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizimli muammolarni oldindan ko‘ra bilish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir. Afsuski, ushbu talablar bizda hali to‘liq bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz. Shu yilning o‘zida 70 dan ortiq qonun, 350 dan ziyod Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlari kim uchun va nima maqsadda qabul qilinmoqda? Albatta, xalqimiz farovonligi uchun. Masalan, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan «Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilganimizga 7 oy bo‘ldi. Ko‘pdan buyon kutilgan, hayotning o‘zi talab etayotgan bu qonun loyihasi ustida biz uzoq vaqt ishladik. Ushbu hujjat fuqarolarning davlat va jamiyat vazifalarini bajarishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmidir. Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-atvorni rag‘batlantirish va jazolash. Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo'ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlami o'zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi. Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o’zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi. Axloqning asosiy qirralari (tamoyillari) - birdamlik (shaxsiy manfaatlarning umumiylikning yuqori ko‘rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo‘ysundirilishi) va insonparvarlik (shaxsga o‘zo‘ziga qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo'lish). Axloqiy ongning o‘ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o'tish mumkin. Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, axloqning, jamiyat a’zolarming faoliyatiga yo'nalganligi va uni boshqarilishi ma’nosida, faoliyatli tavsifini ko‘rsatib o‘tish to‘gri bo‘ladi. Axloqiy me’yorlar har bir inson va jamiyat uyg‘unlikda mavjud bo‘la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko‘p asrlik tajribasi natijasidir. Axloq me’yorlari insonning yaxshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan. Axloq me’yor va qadriyatlardan iborat. Axloqning uchinchi elementi esa, shaxs o‘zida tarkib toptirishni xohlagan me’yor va sifatlar tarzida ajratib ko‘rsatish mumkin. Me’yor - bir turdagi xulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, standart, taqlid uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me’yorlar ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o‘zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu xulq-atvorining ko‘plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga muvofiqligi aks etadi. Ma’naviyat va axloq o‘z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqozo etadi. Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo‘lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi. Ma’naviyaxloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir. Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Tinchlik (maʼnolari). Tinchlik, xalqaro tinchlik — xalqlar va davlatlar oʻrtasida zoʻrlik ishlatmasdan tashki siyosat olib borishga, oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va odatda, xalqaro shartnomalarda mustahkamlab qoʻyilgan majburiyatlarga rioya etishga asoslanadigan munosabatlar: davlatlar oʼrtasida uyushtirilgan qurolli kurash (yaʼni urush)ning yoʼqligi. Dunyo, jamiyat rivojlanib borgan sari xalqaro munosabatlarning subʼyektlari Urtasida vujudga keladi gan mojarolar, nizolar, kelishmovchiliklarni hal qilishning zamonaviy yullari, usullari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagi holatlar hisobga olinmoqda: 21-asr boshlarida mojarolarning sabablari va manbalari; mojarolarning ishtirokchilari; mojarolarning xarakteri va mazmuni; bu mojarolarni hal etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati oʻzgarayotganligi. T.ni saklash uchun mojarolarning oldini olish, ularni tugatishda diplomatik metodlarning roli maʼlum darajada kamayib, iqtisodiy va moliyaviy vositalarning kuchayib borishi kuzatilmoqda. Shuningdek, nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishda gumanitar operatsiyalar sezilarli rol oʻynamoqda. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan buyon jahonda va Markaziy Osiyo mintaqasida barkarorlik zarurligidan kelib chiqib oʻz tashqi siyosatini amalga oshirmoqsa. Mamlakatimiz dunyoda T.ni saklashning barcha xalqaro huquqiy meʼyorlariga amal qiladi va ularga sodiq qoladi. Tinchlik deb zoʻravonlik, ziddiyat yoki shu ziddiyatdan qoʻrquv yoʻq osoyishta holatga aytiladi. Tinchlik individual shaxslar yoki butunboshli mamlakat va xalqlar orasida boʻlishi mumkin. Xalqaro munosabatlarda tinchlik atamasi ostida urush yoʻqligi tushuniladi. Tinchlik davlatlar orasidagi noharbiy tashqi siyosatga asoslanadi, tinchlik zamirida xalqaro bitim, kelishuv va boshqa hujjatlar yotadi. Tinchlik ijtimoiy xavfsizlikni taʼminlaydi. Dunyo tinchligini saqlash uchun Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilgan. Nobel mukofoti tinchlik keltirish yoʻlidagi saʼy-harakatlar uchun ham beriladi. Tinchliksevarlik oqimlari mavjud, ulardan eng keng tarqalgani patsifizm deb ataladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma’naviy-axloqiy tarbiya - yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o'zaro bog‘liq vazifani shart qilib qo‘yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar. ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko‘rmishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablami ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o‘z xatti-harakatlarini yo‘naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya’ni boshqa kishilarga talab qo‘ya bilishi va ulaming xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog‘liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e’tiqod, ma’naviy moyilliklar, histuyg‘ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlami shakllantirishdan iborat bo‘lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jamiyatda ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. O'quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish ulaming ma’naviy dunyosini, ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. O‘quvchilami axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) o‘quvchilarda axloqiy his-tuyg‘ular va xatti-harakatlami tarbiyalash; 2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg‘ulami tarbiyalash; 3) axloqiy xulq-atvor.ko‘mkmalarini shakllantirish. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: ma’naviy axloqiy tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; ta’lim-tarbiya ishiga o'quvchi shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; ma’navy-axloqiy tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog'lab olib borish; o'quvchilaming faolligi; jamoada tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi; oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; o‘quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish; o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutish. Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida subyekt-subyekt munosabatlarinmg o‘rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday xulosaga kelindiki, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixik jarayonlarga (inotivasiya, anglash, interiorizasiya va boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlami yaratish zarur. Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ma’naviyaxloqiy tarbiya metodlari deganda, o'quvchilarning axloqiy tasavvur va bilimlami egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlami, shaxsning axloqiy histuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usullari yig'indisidir. Ma’naviyaxloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin: Ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o‘git, ko‘rsatma, namuna va boshqalar. Ma’naviy-axloqiy xulq-atvomi shakllantirish metodlari: mashq, o‘rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hakozolar. Ma’naviy-axloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: rag‘batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar. Adolat (arabcha odillik, toʻgʻrilik hamma uchun barobar boʻlgan haqiqatning talab va tamoyillariga amal qilinishi) – insoniyatning azaliy orzusi, ezgu gʻoyasi, maʼnaviyat, axloq va huquqning meʼyoriy kategoriyalaridan biri. Jamiyat hayotidagi hodisalar, tartib-qoidalarning asl insoniy ideallarga, haqiqat mezonlariga qanchalik mos ekanini aniqlashda hamma zamonlarda ham asosiy maʼnaviy mezon boʻlib xizmat qiladi. Jamiyatning shaxsga, shaxsning jamiyatga va bir shaxsning ikkinchi shaxsga munosabatida namoyon boʻladigan adolat tamoyili ana shu munosabatlarni baholashning oʻzgarmas mezonidir. Adolat yuksak maʼnaviy qadriyat boʻlib, baxt, ozodlik, tenglik, doʻstlik, tinchlik tushunchalari kabi insonning azaliy ezgu intilishlarining timsolidir. Adolat haqidagi ilk tasavvurlar juda olis zamonlarga borib bogʻlanadi. Qadimgi davr mutafakkirlari uni universal qonun sifatida talqin etgan. Masalan, Zardusht adolatni “arta” tushunchasi yordamida ifoda etar ekan, uni olamdagi ikki qutbdan biri deb hisoblaydi. Yunon faylasufi Aflotun adolat muammosini tizimli tarzida oʻrganib chiqishga harakat qilgan. Uning ijtimoiy-siyosiy konsepsiyasida adolat hukmronlik va imtiyoz tushunchalariga yaqin kategoriya sifatida sharhlangan. Faylasufning fikricha, har bir tabaqa ichida tenglik boʻlmogʻi, tabaqalar oʻrtasida tenglik hukm surmogʻi adolatdandir. Arastu bu gʻoyalarni rivojlantirib, “tenglashtirish” va “taqsimlash adolati” degan tushunchalarni qoʻllagan. Forobiy adolatni ijtimoiy iyerarxiya va tartibning mavjud boʻlishi uchun poydevor yaratuvchi huquqiy kategoriya deb taʼriflagan. XVIII asrga kelib adolat ijtimoiy tenglik bilan bogʻliq holda kun tartibiga qoʻyila boshlandi. Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida adolat jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni ifoda etuvchi kategoriya sifatida taʼriflanmoqda. Adolat jamiyatda oltita asosiy vazifani bajaradi. Birinchidan, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni maqsadga muvofiq tashkil etadi. Ikkinchidan, turli ijtimoiy guruh va sinflar manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlaydi, ular orasidagi muvozanatni saqlab turadi. Uchinchidan, jamiyatdagi mulkchilik munosabatlarini, ishlab chiqarish faolligini oshiradi. Toʻrtinchidan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Beshinchidan, voqelikda keng ildiz otgan, lekin ijtimoiy taraqqiyotga toʻsiq boʻlayotgan munosabatlarni bartaraf etishga daʼvat qiladi. Oltinchidan, odamlarda kelajakka ishonch tuygʻusini uygʻotadi va kuchaytiradi. Adolat insonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning asosiy mezoni boʻlgani uchun doimo ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. U jamiyat (sotsium) hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan sotsial qadriyatdir, shu sabab “ijtimoiy adolat” tushunchasidan foydalaniladi. Ijtimoiy adolat jamiyatda demokratiyaning mavjudligi, insonning ijtimoiy himoyalangani, barchaning qonun oldidagi tengligi, shuningdek, fuqarolarning ish bilan taʼminlangani, tibbiy xizmat, uy-joy, taʼlim, madaniy neʼmatlarga daxldorligini anglatuvchi ijtimoiy tizimdir. Ijtimoiy adolat real qadriyat boʻlib, bugungi kunda u fuqarolik jamiyatining uzviy bir qismi hisoblanadi. Demokratiya jamiyatda koʻpchilik uchun oʻz qobiliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish sharoitini yaratadi. Bu esa ijtimoiy adolat tamoyillari uchun katta imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi. Shuningdek, insonning ijtimoiy himoyalangani ham fuqarolik jamiyatining barqaror rivojini taʼminlaydigan adolat omilidir. Barchaning qonun oldidagi tengligi ham fuqarolik jamiyati hayotida muhim omil sifatida amal qiladi. Zamonaviy fuqarolik jamiyatida insonni inson qiladigan ijtimoiy adolat asosi – taʼlim, tibbiy xizmat, uyjoy, mehnat kabi neʼmatlardan hamma uchun erkin foydalanish imkoniyatining mavjudligidir. Inson doimo jamiyat hayotida muhim oʻringa ega boʻlishga intilib yashaydi, bu – uning asosiy ehtiyojlaridan biri. Fuqaroning huquq va burchlarining mosligi ham fuqarolik jamiyatidagi adolatli munosabatlarni aniq izga soluvchi omildir. Bundan nafaqat jamiyat, balki shaxsning oʻzi ham katta manfaat koʻradi. Ana shu moslik tufayligina inson boshqalardan hurmat va eʼtirof kutishga haqli. Jinoyatga yarasha jazo tizimi boʻlmagan sharoitda har qanday jamiyat taraqqiyot borasida qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Agar jinoyatni jazosiz qoldirmaydigan tizim ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish kuchiga ega boʻlsa, mehnat va uning baholanishi oʻrtasidagi moslik – iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladi. Bugungi zamonaviy jamiyatni ana shunday moslik qoidasisiz tasavvur etish mushkul. Bu moslik butun iqtisodiy tizimning poydevorini tashkil etadi. Adolatning oʻzi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar oʻrtasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash xususiyatiga ega. Shu bois adolat hodisasida jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor. Adolatda ikki maʼnaviy jihat – ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni maʼlum maʼnoda axloq sohasidagi miqdor oʻlchovchi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni oʻlchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy zulm, beboshlikka yoʻl yoʻq. Arastu adolat xususida bunday deydi: “Ikki xil adolatlilik bor. Biri – qonunga muvofiqlilik. Qonun buyurganini qilish adolatli ish hisoblanadi. Qonun odamlardan mard, oqil va fozil boʻlishni talab qiladi. Shuning uchun ham odillik – eng mukammal fazilat sanaladi. Modomiki, adolatlilik qonunga muvofiq yashash ekan, qonun esa barchadan adlu insof bilan yashashni talab qilar ekan, qonun asosida ish tutadigan odam – eng fozil odamdir. Adolatlilik eng yaxshi fazilatdir”. 1991-yil 31-avgustdan buyon mustaqil taraqqiyot yoʻlidan qatʼiyat bilan borayotgan jamiyatimiz tobora demokratlashib, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarida adolat va gumanizm gʻoyalariga asoslanmoqda. Xalqimizning oʻz yeri, mulki, shaʼnu sharafiga, oʻz yurti, oʻz qadriyatlariga oʻzi ega boʻlib, oʻz kelajagini oʻz qoʻli bilan barpo etayotgani, bu yoʻlda qoʻlga kiritilayotgan buyuk marralar yurtimizda adolat tamoyillari barcha sohalarda amaliy tasdigʻini topayotganining yaqqol ifodasidir. Sohibqiron Amir Temur bobomizning bir umr “Kuch – adolatdadir” degan hikmatga amal qilib yashagani xalqimizning bu borada yetarli bilim va tajriba, anʼana hamda qadriyatlarga ega ekanini koʻrsatadi. Ana shunday boy merosga suyangan holda yurtimizda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish xalqimizning asosiy maqsadidir. Bu maqsadni amalga oshirishda: a) demokratiyaning umuminsoniy tamoyillariga rioya qilinadi; b) inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi; v) demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya hamda qonunlar bilan himoya qilinadi; g) barchaning qonun oldida tengligi taʼminlanadi. Bugungi kunda adolat barchaning qonun oldida tengligi va qonunning barchaga teng tegishliligi ekanini anglatadi. Yaʼni, “Adolat – qonun ustuvorligida” degan tamoyil asosida yurtimizda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy negizda rivojlantirish mamlakatimizda adolatli jamiyat barpo etishga qaratilgan barcha oʻzgarish va islohotlarning maʼno-mazmunini tashkil etadi. Adl – adolat, odillik, haqqoniylikni ifodalaydigan tushuncha. Bu tushunchani quyidagicha ham izohlash mumkin: 1) sudda insof va adolat yuzasidan hukm chiqarish; 2) toʻgʻrini notoʻgʻridan, rostni yolgʻondan ajrata bilish, biron tomonga yon bosmaslik; 3) zulmni bartaraf etish, insof yuzasidan ish koʻrish, mazlumni himoya qilish. Hazrat Alisher Navoiyning “Kimki haqiqatni yolgʻondan, toʻgʻrini notoʻgʻridan ajrata bilsa, u oʻz adli bilan Gʻarbu Sharqni yoritgan boʻladi” degan satrlarida mazkur iboraning maʼnaviy-maʼrifiy mohiyati mujassamlashgan. Tilimizda adl bilan bogʻliq bir talay soʻz birikmalari hosil qilingan. Masalan, adl mezoni deganda adolat tarozusi, yaʼni qonun asosida haqiqatni tiklagan kishi, adl qonuni, adl tariqi deganda, shariat nizomlari, adlu dod posboni deganda, adolat himoyachisi, odil podsho, haqgoʻy qozi, Adlu insof deganda, oʻrtada turib, haqiqatni aniqlash, toʻgʻrilik, toʻgʻri qaror qabul qilish nazarda tutiladi. REFERENCES B.X.XODJAYEV Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - Т.: «Sanostandart» nashriyoti, 2017-yil, 154-157 Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6). Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6). Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAGʻDODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6). Ro’Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O’RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6). Download 79.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling