Adolat haqiqati va zulmning malomati
Download 20.48 Kb.
|
Adolat haqiDABUYUKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdulloh Muqni’
- Sa’diy Sheroziy
- Lutfiy
- Maxatma Gandi
Adolat haqiqati va zulmning malomati Hokimiyat jilovi odil podshoh qo‘lida bo‘lsa, hamma adolatli bo‘lishga va yaxshi xislatlarni egallashga intiladi. Aksincha bo‘lsa, xalq yolg‘onchilik va boshqa yaramas hatti-harakatlarga moyillik ko‘rsatadi. Jaloliddin Davvoniy Mol ziqnalarning, qurol qo‘rqoqlarning, rahbarlik zaiflarning qo‘liga tushsa, ishlar buziladi. Abu Bakr Siddiq Podshohlar o‘zlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshohga ehtirom ko‘rsatishi zarur. Abdulloh Muqni’ Sultonning xizmatida bo‘lsang ham suhbatidan o‘zingni tiy. Mu’iniddin Juvayniy Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo‘lmabdi. Abu Rayhon Beruniy Obidning ibodati nafsini, odilning adolati olamni isloh etar. Arab hikmati Qozi besh bodiring yesa gar pora, Yuz poliz hukmiga topadi chora. Sa’diy Sheroziy Ko‘pincha yoki ba’zan Hasan al-Basriyga o‘xshash buyuklarni Xajjoj zolimga o‘xshashlar tug‘adilar, go‘yo sho‘r dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi. Abulqosim az-Zamaxshariy Kimki tig‘ ko‘tarar birov joniga, Zamon tashna bo‘lur uning qoniga. Abulqosim Firdavsiy Ma’mur bo‘lur adl ila har qayda viloyat. Lutfiy Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshidir. Ali ibn Abu Tolib Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa. Abu Rayhon Beruniy Ikki er hayvon olishadi, o‘rtada pashsha yanchiladi. Mahmud Qoshg‘ariy Solmagin zaiflar diliga alam, Zo‘rroqning jabriga yo‘liqma sen ham. Sa’diy Sheroziy Jazolashdan ko‘ra kechirmaklik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi. Afv etish kuchlilar fazilatidir. Maxatma Gandi Har kim gunohkor kishini kechira olsa, bu ulug‘lik va oliyhimmatlik nishonidir. Mu’iniddin Juvayniy Pora faqat nohaqligu zolimlarga yordam berguvchidir. Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling