Агрессия холати диагностикаси


Download 50 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi50 Kb.
#1499465
  1   2
Bog'liq
2 5470028880276360000


Agressiya xolati diagnostikasi
(Bassa-Darki so’rovnomasi)


Shkalalar: jismoniy agressiya, bilvosita agressiya, tez g’azablanishlik, negativizm, ta’bi noziklik, gumonli, verbal agressiya, ayb hissi.
A.Bass va A.Darki o’zlarini agressiya va dushmanchilikni tabaqalanish so’rovnomasini yaratayotib, quyidagi reaktsiya turlarini ajratib berishgan:
Jismoniy agressiya – boshqa bir shaxsga nisbatan jismoniy kuchni ishlatish.
Bilvosita agressiya –hech kimga yoki ma’lum bir shaxsga yo’naltirilgan.
G’azablanish – bilinar bilinmas darajadagi tashqi tasirlarning oqibatida negativ his tuyg’ularni ko’rsatish (serjahllik, qo’pollik).
Negativizm – Qonun va qoidalarga nisbatan passiv qarshilikdan aktiv kurashgacha bo’lgan oppozitsion harakat.
Xafalik – atrofdagilarning xaqiqiy yoki uydirma xarakatlariga nisbatan xasad va nafratlanish.
Gumonlilik – boshqa insonga ishonchsizlik va ehtiyotkorlikdan, ular ziyon yetkazishni rejalashtirayotganligi va olib kelayotganligi diapazonida.
Verbal agressiya – negativ his tuyg’ularni baqiriq yoki chiyillashlar va so’zlar (qarg’ish, tahdidlar) orqali namoyish etish.
Ayb hissi – sub’ektni yomon insonligiga ishontirgan xolda, uning vijdon azoblarini his qildiradi.

So’rovnomani tuzishda quyidagi printsiplar ishlatilgan:



  • Savol agressiyani faqat bir shakliga ta’luqli bo’lishi mumkin.

  • Savollarga javobni jamiyat ma’qullash ta’sirini

  • Savollar tuzilish bo’yicha, jamiyatning ijobiy bahosini yuqori darajadaga kuchsizlantirishga qaratilgan.

So’rovnoma 59 savoldan iborat bo’lib, sinaluvchi "ha" yoki "yo’q" javobini beradi.


1. Vaqti bilan men birovga zarar yetkazish his tuyg’uimni jilovlab olaman.
2. Bazida menga yoqmagan insonlar xaqida g’iybat qilaman.
3. Men oson g’azablanaman, lekin tez o’zimga kelaman.
4. Agar mendan yaxshilikcha so’rashmasalar, bajarmayman.
5. Menga tegishli narsalarni har doim xam olmayman.
6. Odamlar mening ortimdan gapirib yurishganlarini bilaman.
7. Agar do’stlarimning xarakatlarini maqullamasam, ularga buni bildiraman.
8. Kimnidir aldaginimda vijdonim qattiq qiynalar edi.
9. O’ylaymanki men odamni urib yuborishin mumkin.
10. Predmetlarni uloqtiradigan darajada g’azablanmayman.
11. Birovlarni kamchiliklariga befarq emasman.
12. Agar belgilangan qoida menga yokmasa, men uni buzishga xarakat qilaman.
13. Boshkalar xar doim qulay paytdan foydalanib olishni bilishadi.
14. Kutganimdan ko’ra menga do’stona munosabatda bo’lgan insonlarga men ehtiyotkor bo’laman.
15. Men ko’p xollarda insonlar bilan rozi bo’lmayman.
16. Bir hil paytlari menda uyg’ongan fikrlardan uyalib ketaman.
17. Kimdir meni birinchi ursa, men unga javob qaytarmayman.
18. G’azablanganimda eshik qarsillat yopaman.
19. Men ko’ringanimdan ko’ra g’azabdorman.
20. Agar kimdir o’zidan boshliq tasavvur qilsa, men unga qarshi xarakatlanaman.
21. Mening hayotim meni ko’p ranjitadi.
22. Ko’p insonlar meni yoktirmaydi deb o’ylayman.
23. Agar odamlar mendan norozi bo’lishsa, men o’zimni baxsdan ushlab tura olmayman.
24. Ishyokmas insonlar ayblarini xis etishlari kerak.
25. Meni yoki meni oilamni xaqorat qilgan inson bilan yoqalashib qolishim mumkin.
26. Men qo’pol xazillarni ko’tara olmayman.
27. Ustimdan kulishganlarida qahrim keladi.
28. Odamlar o’zidan boshliq yasashganlarida, mag’rurlanmaslik va kekkaymasliklari uchun bor xarakatimni ishga solaman.
29. Deyarli xar hafta men o’zimga yokmagan insonlarni ko’raman.
30. Menga ko’p odam xasad qiladi.
31. Odamlar meni hurmat qilishlarini talab qilaman.
32. Ota-onamga kam etibor berayotganim meni qiynaydi.
33. Doim asabga o’ynaydigan insonlarni yaxshilab adabini berish kerak.
34. Hech qachon jaxldorligimdan qorayib ketmayman.
35. Agar menga arziganimdan nisbatan yomon munosabarda bo’lishsa, men qayg’ urmayman.
36. Kimdir meni asabimni buzsa, men bunga ahamiyat bermayman.
37. Ko’rsatmasam ham, bir hil paytlar meni xasad qiynaydi.
38. Bir xil payt odamlar meni ustimdan kulayotganga o’xshaydi.
39. Jahlim chiqsa ham, kuch ishlatmayman.
40. Mening gunoxlarim avf etilishini xoxlayman.
41. Meni urushsa ham, xar doim javob qaytarmayman.
42. Men o’ylaganimdek bo’lmasa, xech qachon xafa bo’lmayman.
43. Gohida bir xil insonlarni borligi meni asabimga o’ynaydi.
44. Xaqiqatdan ham yomon ko’rgan insonlarim yo’q.
45. Mening printsipim: "Begonalarga" xech qachon ishonma"
46. Agar kimdir meni jig’imga tegsa, men o’z etirozimni aytishga tayyorman.
47. Men ko’p afsus chekadigan ishlarni qilaman.
48. Agar meni jaxlim chiqsa, kimnidir urib yuborishim mumkin.
49. Yoshligimdan men g’azabim chiqqanini ko’rsatmaganman.
50. Men o’zimni doim portlashga tayyor portlovchi bochkadek his qilaman.
51. Agar men nimani his qilayotganimni bilishganda, men bilan ishlash oson bo’lmagan inson deb hisoblashar edilar.
52. Odamlar menga qilayotgan yaxshiliklarini sirli sabablarini o’ylayman.
53. Menga baqirishganlarida, javoban baqiraman.
54. Omadsizliklar meni qayg’o’ga soladi.
55. Men boshqalardan kam xam, ko’p xam urushmayman.
56. Jaxlim chiqganidan qo’limga tushgan narsani sindirgan paytlarim esimda.
57. Bir hilda birinchi bo’lib urushni boshlamoqchi bo’lganligimni sezaman.
58. Bir hilda, menga nisbatan hayot noxaqligini sezaman.
59. Ko’pchilik odamlar xaqiqatni gapiradi deb o’ylar edim, lekin xozir men bularga ishonmayman.



Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling