Agrobiznes va Raqamli Iqtisod fakulteti agroturizm 2-bosqich talabasi
Download 411.98 Kb.
|
Turizmda ish yuritish Shahzodbek2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnoma yozish
- [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 27-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1245]
- 1-§. Umumiy qoidalar
- 2-§. Tovar-moddiy qiymatliklarni olishga ishonchnomalar berish tartibi
Andijon Qishloq Xo`jaligi va Agrotexnologiyalar Instituti Agrobiznes va Raqamli Iqtisod fakulteti agroturizm 2-bosqich talabasi Abdukarimov Shahzodbekning Turizmda ish yuritish fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Namangan 2023 Moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnoma yozish O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING BUYRUG‘I TOVAR MODDIY BOYLIKLARINI OLISHGA ISHONCHNOMALAR BERISH VA ULARNI ISHONCHNOMALAR BO‘YICHA BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 27-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1245] O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 7-mayda 62-son bilan “TASDIQLANGAN” Tovar-moddiy qiymatliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar bo‘yicha berish tartibi to‘g‘risida NIZOM Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va tovar-moddiy qiymatliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar bo‘yicha berish tartibini belgilaydi. 1-§. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom mulkchilik shaklidan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining barcha korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga (keyin o‘rinlarda — korxonalar) tatbiq etiladi. 2. Korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchli shaxsga berilgan yozma vakolat ishonchnoma deb tan olinadi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma bo‘yicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi. 2-§. Tovar-moddiy qiymatliklarni olishga ishonchnomalar berish tartibi 3. Tovar-moddiy qiymatliklarni olishga ishonchnomalar korxona ixtiyoriga ko‘ra mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar Ishonchnomalar kitobchasi koreshogida hisobga olingan hollarda) yoki mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar Jurnalda hisobga olingan hollarda) rasmiylashtiriladi. Ishonchnomalar korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan imzolanadi. 4. Ishonchnomalar mol yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma va boshqa bitimlar bo‘yicha beriladigan tovar-moddiy qiymatliklarni olishga beriladi. Ishonchli shaxs talab etilayotgan tovar-moddiy qiymatliklarni bir joydan (bir ombordan), biroq bir necha shartnoma va boshqa bitimlar bo‘yicha olishi lozim bo‘lgan holatlarda unga shartnoma va boshqa bitimlarning raqam va sanalari ko‘rsatilgan bitta ishonchnoma yoki agar tovar-moddiy qiymatliklar bir necha ombordan olinishi kerak bo‘lsa bir nechta ishonchnomalar beriladi. Ishonchnomalarni yozishda olinishi kerak bo‘lgan moddiy qiymatliklar ro‘yxati agar ishonchnomada ko‘rsatilgan jo‘natish hujjatida (shartnoma va shu kabilarda) olinishi kerak bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklar nomi va soni keltirilmagan bo‘lsa yoki ishonchnoma bo‘yicha jo‘natish hujjatlarida keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklarning faqat bir qismigina olinsa to‘ldiriladi. Agar ishonchnoma bo‘yicha chiqarish hujjatlarida ko‘rsatilgan barcha nomdagi va miqdordagi tovar-moddiy qiymatliklar olinsa, unda ishonchnomaning orqa tomonini qiymatliklar ro‘yxati bilan to‘ldirmasa ham bo‘ladi. Bunday holda ishonchnomaning ushbu qismida chiqarish hujjatining nomi, raqami va sanasi, shuningdek olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy summasi ko‘rsatiladi. 5. Ishonchnomani berishda korxona tanlagan uning shakliga bog‘liq holda ishonchnoma Ishonchnomalar kitobchasi koreshogida yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. Ishonchnoma kitobchasi raqamlangan va tikilgan bo‘lishi shart. Kitobchaning oxirgi varag‘ida korxona rahbari yoki u tomonidan belgilagan shaxsning imzosi bilan “Mazkur kitobchada …. varaq raqamlangan” yozuvi amalga oshiriladi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi. (5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1245-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1245-4/2752-son) Oldingi tahrirga qarang. Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha, raqamlangan va ip bilan tikilgan jurnalda olib boriladi. Jurnalning oxirgi varag‘ida korxona rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosi bilan “Mazkur jurnalda ... varaq raqamlangan” yozuv amalga oshiriladi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi. (5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1245-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1245-4/2752-son) Ishonchnoma kitobchasi va Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali ishonchnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda saqlanishi kerak. To‘liq yoki qisman to‘ldirilmagan ishonchnomalarni hamda ular nomiga yozilgan shaxslarning imzo namunasi bo‘lmagan ishonchnomalarni berish taqiqlanadi. 6. Ishonchnomaning amal qilish muddati u asosida ishonchnoma berilgan shartnomalar va boshqa bitimlar bo‘yicha tegishli qiymatliklarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bog‘liq ravishda belgilanadi, biroq u qonun hujjatlarida o‘rnatilgan muddatdan oshmasligi kerak. 7. Ishonchli shaxsni unga berilgan, amal qilish muddati hali tugamagan ishonchnomalar bo‘yicha qiymatliklarni olish huquqidan mahrum qilishda tovar-moddiy qiymatliklarni oluvchi darhol tegishli ishonchnomalarning bekor qilinganligi haqida mol yetkazib beruvchini xabardor qiladi. Bunday xabarnoma olingan paytdan boshlab bekor qilingan ishonchnoma bo‘yicha qiymatliklarni berish to‘xtatiladi. Bunday hollarda bekor qilingan ishonchnomalar bo‘yicha qiymatliklarni berganlik uchun yetkazib beruvchi javobgar bo‘ladi. 8. Ishonchli shaxs qiymatliklarni olgandan keyin topshiriqlar bajarilganligi va u olgan tovar-moddiy qiymatliklar omborga (omborxonaga) topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni korxona buxgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etishi shart. Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi kunda uni bergan korxonaga qaytarilishi kerak. Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi to‘g‘risida Ishonchnomalar kitobchasiining koreshogida (“Topshiriq bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatning raqami va sanasi” ustunida) yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida (“Ishonchnoma bo‘yicha topshiriqlar bajarilganligi” to‘g‘risidagi qaydlar ustunida) qayd etiladi. Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar “foydalanilmagan” yozuvi bilan to‘ldiriladi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar bo‘lgan shaxs tomonidan hisobot yili oxiriga qadar saqlanadi. Yil tugagach bunday foydalanilmagan ishonchnomalar bu haqda tegishli dalolatnoma tuzish bilan belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Amal qilish muddati tugagan ishonchnomalardan foydalanish xususida hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berilmaydi. Download 411.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling