Agrobiznes va Raqamli Iqtisod fakulteti agroturizm 2-bosqich talabasi


-§. Tovar-moddiy qiymatliklarni ishonchnomalar bo‘yicha berish tartibi


Download 411.98 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi411.98 Kb.
#1528778
1   2   3
Bog'liq
Turizmda ish yuritish Shahzodbek2023

3-§. Tovar-moddiy qiymatliklarni ishonchnomalar bo‘yicha berish tartibi
9. Ishonchnomalar amal qilish muddatidan qat’i nazar, tovar-moddiy qiymatliklarning dastlabki berilishida mol yetkazib beruvchiga qoldiriladi. Tovar-moddiy qiymatliklarni qismlarga bo‘lib berishda har bir berilgan qismga yukxat (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki shunga o‘xshash boshqa hujjat) tuziladi, unda ishonchnoma raqami va u berilgan sana ko‘rsatiladi. Bunday hollarda yukxatning (yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatning) bir nusxasi tovar-moddiy qiymatliklarni oluvchiga beriladi, boshqasi ― mol yetkazib beruvchida qoladi hamda ishonchnomaga ko‘ra qiymatliklarni berish ustidan kuzatuv va nazorat uchun qo‘llaniladi.
Tovar-moddiy qiymatliklar berib bo‘lingandan keyin ishonchnoma ishonchnomalar bo‘yicha topshirilayotgan qiymatliklarning oxirgi turkumini berish uchun hujjat bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi.
10. Korxona ishonchnomalari bo‘yicha tovar-moddiy qiymatliklarni berish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
a) to‘ldirish tartibini buzgan holda yoki to‘ldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
b) tuzatilgan va bo‘yalgan joylari mavjud bo‘lgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
v) ishonchnomada ko‘rsatilgan pasport taqdim etilmaganda;
g) ishonchnoma berilgan muddat tugaganda;
d) oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar olinganda;
e) uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilganda;
4-§. Mazkur nizomga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
11. Ishonchnomalar berishning belgilangan tartibiga rioya etilishi hamda tovar-moddiy qiymatliklarni ishonchnomalar bo‘yicha berish ustidan nazorat qilish korxona rahbari tomonidan belgilangan mas’ul shaxs zimmasiga yuklanadi.
Tovar-moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnoma berish va ularni ishonchnoma bo‘yicha chiqarish tartibi to‘g‘risidagi 

Ishonchnoma


Men, Toshkent Jaxon tillar universitetining ingliz tili fakulteti IV kurs talabasi Anvar Axmedov CHilonzor tumanida yashovchi akam Said Kosimxonov (pasporti seriyasi..................№............) ga fevral oyi uchun menga tegishli bo`lgan stipendiyamni olish uchun ishonch bildiraman.


1. 02. 2004 y. Imzo (A.Axmedov)
A.Axmedovning imzosini tasdiqlayman.
Kadrlar bulimi boshligi: imzo (ismi, familiyasi)
Muxr.

Download 411.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling