Agroiqtisodiyot va turizm


Download 0.51 Mb.
bet1/13
Sana08.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1168847
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
samandar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

AGROIQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI
HISOBOTI
Amaliyot 19-dekabrdan 28- yanvargachaAlgoritm academy SSHEBuxgalteriya bo‘limida bo‘lib o‘tdi.
Bajardi:
5230100-“Iqtisodiyot”
yo‘nalishi 20-130-guruh talabasi Yangiboyev Samandar.


Amaliyot rahbarlari:
“Agroiqtisodiyot va turizm”
kafedrasi dotsenti G.K.Narinbayeva

“Agroiqtisodiyot va turizm”


kafedrasi assistenti A.Turdibayev


Kafedra mudiri:
“Agroiqtisodiyot va turizm”
kafedrasi mudiri: U.Beglayev
Toshkent-2023.

M U N D A R I J A
Kirish……………………………………………………………………3
1.Korxona haqida, huquqiy maqomi bilan tanishish………………5
2. Korxona buxgalteriyasi to‘g‘risida Nizom, uning tashkiliy shakli, tuzilishi, funksional majburiyatlarning taqsimlanishini o’rganish…….…….…………………...……………………………12
3. Korxonaning xisob siyosati, uning negizida yotgan qoidalar, tamoyillar, yondoshishlar, xususiyatlarini o‘rganish,baxolash……………………………………….….………..16
4. Korxona ichki nazorat organlari , bo’linma xodimlar funksiyalari bilan tanishish………………………………….……………..............25
Xulosa………………………………………………………………...30

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar ta’lim sohasini ham keng qamrab olgan. Yil sayin oliy ta’limga e’tibor eng asosiy masalaga ko’tarilmoqda.
Olib borilayotgan islohotlarni samarasini yanada oshirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu Harakatlar strategiyasining 4.4 ‘’ Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish’’ bo’limida qayd etilganidek ‘’ Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali va raqobatdosh kadrlar tayyorlash siyosatini izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi’’.
Shuningdek Prezidentimizning PQ-3151-sonli ‘’ Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlarini to’g’risida’’gi qarori talabalarning amaliyotlarini samarali tashkil etishga asos yaratdi.
Buxgalteriya hisobini chuqur o’rganishda malakaviy amaliyot muhim rol o’ynaydi. Shu maqsadda biz ‘’Buxgalteriya hisobi va audit ‘’ yo’nalishi talabalari o’quv rejaga muvofiq 3 kurs davomida mutaxassisligimiz bo’yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash, chuqurlashtirish va amaliy tajriba va ko’nikmalarimizni shakllantirish maqsadida tanishuv ishlab chiqarish amaliyotini o’tadik.
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko’rsatadigan professional xizmatning shakli – buxgalteriya faoliyatiga talab ortib bormoqda. Mamlakatimizda buxgalteriya faoliyatni rivojlantirish bilan birga bu boradagi qonunchilikni tartibga solish va mustahkamlash bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xozirgi paytda buxgalteriya kasbi, dunyoda eng obro‘li va eng daromadli kasblardan biriga aylandi. Shuning uchun hisob-kitob sohasida ma’lum bilim va tajribaga ega bo‘lgan va hatto ega bo‘lmagan mutaxassislar ham shu faoliyat yo‘nalishida o‘z kuchlarini sinab kurishga harakat qilmoqdalar. Lekin shu bilan birgalikda bu faoliyat yo‘nalishi o‘ta nozik va tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlardan biri hisoblanadi. Chunki sifatsiz tarzda ko‘rsatilgan buxgalteriya xizmati shu ishni amalga oshirgan kimsaga juda sezilarli ma’naviy va moddiy zarar etkazishi va hatto ozodlikdan mahrum qilish jazosigacha olib borishi mumkin. Buxgalteriya kasbiga malakaviy hamda axloqiy talablar mavzusining dolzarbligi shundan iboratki, professional auditor bo’lib yetishishni maqsad qilgan kadrlar buxgalteriya kasbiga oid malakaviy talablarga amal qilishlari, buxgalteriya sertifikatiga ega bo’lish uchun O’zbekiston Respublikasida qanday me’yoriy hujjatlar qabul qilingan, buxgalteriya sertifikatiga ega bo’lish uchun o’tkaziladigan imtihon qanday talablarni o’z ichiga olishi haqida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak.
Buxgalteriya faoliyati bo’yicha shug’ullanish uchun yuridik shaxslar uchun qanday talablar o’rnatilgan, buxgalteriya faoliyatini litsenziyalash qaysi vakolatli organ tomonidan qay tarzda amalga
oshirilishi, litsenziyaga ega bo’lish uchun qanday hujjatlar taqdim
etilishi haqida tushunchaga ega bo’lish muhim hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini chuqur o`rganishda malakaviy amaliyot muhim rol o`ynaydi. Shu maqsadda biz “Buxgalteriya hisobi va audit “ yo`nalishi talabalari o`quv rejaga muvofiq 3 kurs davomida mutaxassisligimiz bo`yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash, chuqurlashtirish va amaliy tajriba va ko`nikmalarimizni shakllantirish maqsadida malakaviy amaliyotini o`tadik.
2017-2021-yillarda O’zbekison Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo‘yicha "Harakatlar strategiyasi" ishlab chikarish amaliyoti
davomida oldimizga qo’yilgan vazifalar quyidagilardan iborat.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling