Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Download 109.04 Kb.
|
Mehnat sotsiologiyasi Kurs iwi 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Kurs ishi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi.
- Kurs ishi ob’yekti va predmeti.
- Kurs ishi maqsadi va vazifalari.
- Kurs ishi ning asosiy masalalari va farazlari.
- Mavzu bo`yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
- Kurs ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Kurs ishining ilmiy yangiligi.
- AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI OSHIRISHDA YANGI ISH JOYLARINI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI.
- YANGI ISH O`RINLARINI TASHKIL ETISHNI XISOBGA OLISH USULLARI
- Yangi ish o`rinlarinitashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi ijrosini bajarish bo`yicha tashkil etilgan ish o`rinlarini tahlili, umumlashtirilishi va taqdim etilishi tartibi
- Ma`lumot mazmuni Taqdim etish muddati Taqdim etish shakli
Mundarija Kirish
Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Yangi ish o`rinlarini tashkil etishni xisobga olish usullari Andijon viloyatida aholini ish bilan bandligini holatini tahlili Andijon viloyatda yangi ish joylarini tashkil etishga bo`lgan ehtiyojning tahlili Andijon viloyatida yangi ish o`rinlarini tashkil etish yo`llarini rivojlantirish yo`llari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish
Jamiyatning asosiy boyligi insonlar bo`lib, respublikamiz uchun mehnatga qobilyatli aholining ish bilan bandligini oshirish bo`yicha muammoni hal qilishni eng samarali qirollaridan biri bo`lgan mehnat bozori tushunchasi, tarkibi, xususiyatlari va vazifalarini Kurs ishi qilish, ishsizlik tushunchasi mohiyatini chuqur o`rganish va bartaraf etish yo`llarini ishlab chiqish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. Respublikamizda va uning mintaqalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga muhim e`tibor qaratilayotgan bir paytda, aholining ish bilan bandligini oshirish va mintaqalarda ishsizlik darajasini yanada pasaytirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Milliy iqtisodiyotimiz va uning mitaqalarida mavzud mehnat salohiyatini saqlab qolish va undan oqilona foydalanish juda muhimdir. So`ngi yillarda mamlakatimizda mehnat bozorini rivojlantirish va takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan masaladir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o`z ma`ruzasida “Aholini ish bilan ta`minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlar va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassaslari ham bu ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo`yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim”1 – deb, ta`kidlagan edi. Mavzuning dolzarbligi yana shunisi bilan muhimki, hozirda respublikamizda har yili 600 mingga yaqin yoshlar kasb-hunar kollejlarini bitirib chiqmoqdalar. Ularni ish bilan ta`minlash uchun esa islohotlarning tanlangan yo`nalishiga mos holda yangi ish o`rinlarini tashkil etish, ishsizlikni kamaytirish va ish bilan bandlikni oshirish siyosatini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kurs ishi ob’yekti va predmeti. Kurs ishining ob’yektini Andijon viloyatida yangi ish joylarini tashkil eishni takomillashtirish, qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish tizimi tashkil etish, predmeti esa – viloyatda yangi ish joylarini tashkil etish yo`nalishlarini rivojlantirish, ish bilan bandlikni oshirish bo`yicha iqtisodiy munosabatlarni o`rganishdan iboratdir. Kurs ishi maqsadi va vazifalari. Iqtisodiy o`sish sharoitida yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish takomillashtirish bo`yicha nazariy va ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqish Kurs ishining maqsadini tashkil qiladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi ish bilan bandligining yangi turlarini shakllanishi shart-sharoitlarini yoritish; Yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni ochib berish; Yangi ish o`rinlari tashkil etishni hisobga olish usullarini yoritish; Andijon viloyatida aholining ish bilan bandligi holatini tahlil qilish; Viloyatda yangi ish o`rinlariga bo`lgan ehtiyojning shakllanishi holatini o`rganish; Andijon viloyatida yangi ish joylarning tashkil etishi holatini yoritish; Yangi ish o`rinlarini tashkil etish yo`nalishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ko`rib chiqish; Iqtisodiy o`sishni ta`minlashda yangi ish joylarini tashkil etishga doir ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish; Kurs ishi ning asosiy masalalari va farazlari. Ish bilan band bo`lmagan shahslar uchun ish joylarini tashkil qilish quyidagi holatlarda samarali bo`ladi: Yangi ish joylarini tashkil qilishda mehnat bozoridagi ishchi kuchining holatini hisobga olinsa; Mehnat bozorida yangi ish o`rinlariga bo`lgan talab istiqbollari aniqlansa; Yangi ish joylarini tashkil etishning sifat mezonlarini ham hisobga olinsa. Mavzu bo`yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Aholining ish bilan bandligini ta`minlash va yangi ish joylarini tashkil etish muammolari dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb masalalardan bo`lganligi sababli, ushbu mavzu bo`yicha ko`plab ilmiy Kurs ishi lar, izlanishlar, tajriba loyihalari amalga oshirilgan va ilmiy nashrlar qilingan. Yangi ish joylarini taraqqiyotidagi o`rni va roli klassik iqtisodchi-olimlar Ish bilan band bo`lmagan fuqarolarni kasbga o`qitishning yangi tizimini shakllantirish muammolari bir qator mamlakatimiz va xorijiy Kurs ishi chilar tomonidan o`ganilmoqda. Aholining ish bilan bandligini ta`minlash va ishsizlikni kamaytirish masalalari N.Volgin2, V.Bulanov3, B.Genkin4, A.Smit5, kabi olimlar tomonidan o`rganilgan. O`zbekiston Respublikasida ushbu yo`nalishdagi nazariy asoslarni o`rganish va yechimlarini aniqlash bo`yicha tadqiqotlar olib borishgan yetakchi olimlar qatoriga Q.H.Abdurahmonov6, N.Q.Zokirova7, D.N. Rahimova8, B.X.Umurzakov9, Sh.R.Xolmo`minov10 larni kiritish mumkin. Kurs ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida ish bilan bandlikni oshirish maqsadida yangi ish joylarini tashkil etishni takomillashtirishni tadqiq etishga nisbatan yangi yondashuvlar va usullarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Kurs ishining amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undagi mavjud xulosalar va takliflardan Andijon viloyatida yangi ish joylarini tashkil etish chora-tadbirlarini rivojlantirishning yangi yo`nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin. Bozor islohotlari sharoitida ish bilan bandlikni oshirish muammolarining turli jihatlari bilan shug`ullanuvchi olimlar va amaliyotchi mutahassislar, shuningdek iqtisodiy yo`nalishdagi oliy o`quv yurtlarining o`qituvchilari, aspirantlarva talabalar uchun nazariy va amaliy qiziqish uyg`otadi. Kurs ishining ilmiy yangiligi. Iqtisodiy nuqtai nazardan ish bilan band bo`lmagan fuqarolarni kasbiy tayyorlashga doir mualliflik yondashuvining ishlab chiqishidan iborat bo`ldi. O`zining asosiy mazmunida u quyidagilardan iborat: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi ish bilan bandligining yangi turlarini shakllanishi nazariy jihatlari qiyosiy tahlil qilingan; Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish o`rinlarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda mualliflik yondashuvi berilgan; Andijon viloyatida aholini ish bilan bandligi va yangi ish joylarini tashkil etishga bo`lgan ehtiyojlar tahlil qilinib, natijalar olingan; Viloyatda yangi ish joylarni tashkil etish holatiga tahliliy baho berilgan; Yangi ish joylarini tashkil etish va rivojlantirishning xududiy mehanizmini tashkil etish chora-tadbirlari taklif qilingan; Yangi ish o`rinlarini tashkil etishni tartibga solishda davlat xizmatlari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha takliflar berilgan; Mazkur muammolar yechimi yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar berilgan hamda aniq yo`nalishlar ko`rsatib o`tilgam. AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI OSHIRISHDA YANGI ISH JOYLARINI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI. Xozirgi, bozor munosabatlari jadallashib borayotgan bir davrda aholini ish bilan ta`minlash muammosi dolzarb bo`lib bormoqda. Shu sababli uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o`rganish muhim hisoblanadi. Bunda avvalo, ish bilan bandlik tushunchasining ijtimoiy-iqtisdiy mazmunini chuqur anglab yetish maqsadga muvofiqdir. Aholini ish bilan ta`minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri - uning mehnat sohasi va u bilan bog`liq bo`lgan rhtiyojlarni qondirish yo`lini ochib beradi. Ish bilan bandlik odamlar ish joylari qayerdaligidan qatiy nazar ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o`zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan bandlik munosabatlari mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qununida qayd etilganidek: “Ish bilan ta`minlash – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o`z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir”11. Bundan ko`rinadiki, insonning ijtimoiy kamolotida va uning takror ishlab chiqarilishida ish bilan bandlik muhim rol o`ynaydi. Darhaqiqat, ish bilan bandlik faqat iqtisodiy munosabatlar bo`libgina qolmay, u avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga keladigan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ish bilan bandlik ko`p ukladli iqtisodiyotning muhim ijtimoiy jihati, chunki bu bilan kishilarning daromadi hosil bo`ladi, ular ijtimoiy hayotda o`z o`rnini topadi, qobilyat va iste`dodlarini yuzaga chiqara oladi. Shundan kelib chiqib ish bilan bandlikning quyidagi eng kam deganda to`rtta ijtimoiy jihatini hisobha olish kerak bo`ladi: Ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi- mehnat huquqi bilan mustahkam bog`liqligidir; Turmush darajasini va munosib shart-sharoitlarni shakllantirishda ish bilan bandlik hal qiluvchi rol o`ynaydi. Aynan shu ish bilan bandlik hozirgi vaqtda mehnatga qobilyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir; Har kimning va umuman jamiyat farovonligining negizi bo`lgan yuqori unumli mehnatning yangi sababini shakllantiradi; Aynan mehnat faoliyati insonni o`zgartiradi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib beradi va shaxsiy rivojlanishini rag`batlantiradi. O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qonuniga muvofiq quyidagilar ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi: Yollanib ishlayotgan, shu jumladan, ishni to`liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, shuningdek, haq to`lanadigan, boshqa ishga, shu jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo`lgan fuqarolar; Betobligi, mehnat ta`tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishni to`xtatib qo`yganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hajjatlariga muvofiq ish joyida bo`lmagan, vaqtincha ish joyi saqlab turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo`lmagan fuqarolar; O`zini ish bilan mustaqil ta`minlayotgan fuqarolar, shu jumladan, yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a`zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqishda qatnashayotgan oila a`zolari; Qurolli kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarida va qo`shinlarida xizmatni o`tayotgan, shuningdek, muqobil xizmatni o`tayotgan fuqarolar; Ta`lim to`g`risidagi qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim olayotgan fuqarolar; Qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarida ishlayotgan fuqarolar.12 Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”ga muvofiq quyidagi sabablarga ko`ra vaqtinchalik ish joyida bo`lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qolinadi va ular ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi: Davlat va janoat vazifalarini bajarayotgan vaqtda; Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarganda; Jamoat manfaatlariga doir xarakat qilganda. O`zini mustaqil ta`minlaydigan fuqarolar toifasiga quyidagilar kiradi: Tadbirkorlar; Fermerlar va ularning ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan oila a`zolari; Dehqon xo`jaligining ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a`zolari; Yozuvchilar, rassomlar va boshqalar13. Aholini ish bilan bandlik masalalarini o`rganish jarayonida mehnat va ish bilan bandlik o`rtasidagi tafovutni ajrata bilish han muhim hisoblanadi. Mehnat – insonning o`ziga xos bo`lgan xususiyatiga ega bo`lgan faoliyat bo`lib, unda harakat, kuch-quvvat sarflanishi, natijakorlik, ijtimoiy foydalilik kabi holatlar mavjud bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, mehnat- ishchi kuchini ishlab chiqishda ishlarish jarayonidir. Ish bilan bandlik esa insonning mehnat qilish munosabati bilan va ,ehnat sohasidagi ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq holda kechadigan ijtimoiy rivojlanishning muhin tomonidir. Shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki, aholining ish o`rinlariga bo`lgan talabining pasayishiga, uning ayrim guruhlarining xaddan tashqari ish bilan bandligiga barham berish, buning uchun bolali ayollar, ishni o`qish bilan qo`shib olib borayotgan yoshlarga handa pensionerlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish dasturini takomillashtirishga mehnat unumdorligini oshirishni jadallashtirish sharoitida ish bilan to`liq bandlikni ta`minlashning zarur sharti deb qaralishi kerak. MDH davlatlari ayrin iqtisodchi olimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni tartibga solishni ish bilan bandlik siyosati, “mehnat”ni esa “ish bilan bandlik”ka tenglashtiradilar. Jumladan, E.Saruxanov ish bilan bandlikni mehnat faoliyatiga kirishish deb hisoblaydi hamda mehnat bozorini ish bilan bandlik deb atash, mehnat bozorini tartibga solishni esa ish bilan bandlik va ishsizlik muammosini tartibga solish, deb atash to`g`rib o`ladi degan xulosa chiqaradi. Uning hisoblashicha, ish o`rnini egallash bo`yicha munosabatlar ish bilan bandlik munosabatlaridir. Inson ishga kirishishi bilan bu munosabatlarning amal qilishi to`xtamaydi, shu vaqtdan boshlab navbatdagi- mehnat faoliyati bosqichi boshlanadi va bu ish bilan bandlik hamda mehnat bilan bog`liq emas14. Bu nuqtai nazarga zid qarashlarda mehnat bozori, ish bilan bandlik va ularni tartibga solish jarayonlari farqlanadi. Bu qarashlar tarafdorligi ish kuchini takror hosil qilish va mehnat bozori ish bilan bandlikning tarkibiy qismlari, deb hisoblaydilar. Masalan, G.G.Rudenko, M.I.Kulapov, S.A.Kartashov mehnat bozori odamlar ishlab chiqarish qobiliyatlarini takror hosil qilish bo`yicha bozor munosabatlarining tizimi ekanligini e`tirof etadilar. Mehnat bozori ish beruvchi uchun ish kuchini jalb etgan holda moddiy ne`matlar ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Yollanma xodim esa o`z ish kuchini sotishi hisobiga mehnatiga haq oladi va o`zining mehnat qobiliyatini takror hosil etadi15 Aholining ish bilan bandligi sohasi tarkibiga mehnat bozoridan tashqari aholining o`zini-o`zi ish bilan ta`minlashi, ularning uy xo`jaliklari tarkibidagi faoliyatlari, kadrlarni tayyorlash, va ishga joylashtirish maqsadli dasturlari ham kiradi. Ya`ni, ish bilan bandlik sohasi mehnat bozori chunchasidan kengroqdir. Mehnat bozorini tartibga solish ish bilan bandlikning bir qismi hisoblanadi. Iqtisodiyot fanida ish bilan bandlikning quydagi turlarini farqlaydilar: ish bilan bandlik – mehnatga qobilyatli aholining ijtimoiy foydali mehnatga eng ko`p jalb etish. Amalda bu ish bilan yalpi bandlik bo`lib, bunda mehnatga qobilyatli aholining 90,0 – 92,0 % to`liq bandlida mehnat qilishga muhtojlar va mehnat qilishni hohlovchilar ish bilan ta`minlanadi, bu ishchi kuchiga talab va taklifning mutanosibligini anglatadi. Ish bilan to`liq bo`lmagan bandlik – bu iqtisidiy faol aholining bir qismigina ijtimoiy foydali mehnat bilan ta`minlanganligini ko`rsatadi. Ish bilan mavsumiy bandlik – bu mehnatga qobilyatli aholini tabiiy – iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda vaqti – vaqti (odatda muayyan mavsumlarda) ijtimoiy foydaliy mehnatga jalb etishdir. Ish bilan yashirin bandlik – bu holda pul tolamaydigan uzoq muddatli ta`tilda bo`lgan norasmiy ravishda (ish bilan band sifatida rasman ro`yxatga olinmasdan) turli savdo-sotiq, aholiga xizmat ko`rsatish bilan mashg`ul bo`lishlarini anglatadi. Ish bilan davriy bandlik – bu muayyan muddatda mehnat faoliyati bilan mashg`ul bo`lish, muayyan muddatda dam olishni bildiradi. Ish bilan bandlikning bu turi asosan neft, gaz sanoati, baliqchilik tarmoqlarida vaxta usulida ishlovchilarni nazarda tutadi. Ish bilan samarali bandlik – bu aholining ish bilan bandlika ehtiyojining mavjud ish o`rinlariga muvofiq kelishining sifat xususiyati bo`lib, iqtisidiy nuqtayi nazardan mehnat resurslaridan eng oqilona foydalanishni, ijtimoiy jihatdan mehnat faoloiyatining inson manfaatlariga eng muvofiq kelishni anglatadi. 2. YANGI ISH O`RINLARINI TASHKIL ETISHNI XISOBGA OLISH USULLARI Aholi bandligini ta`minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim iqtisodiy xususiyatlardan biri hisoblanadi va iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. O`zbekistonda aholini ta`minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalish sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvatlash va rivojlantirishni rag`batlantirish bo`yicha ishlar amalga oshirlmoqda. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qo`mitasi hamkorlikda 2010-yil mamlakatimizda “Yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturiga asosan ish o`rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi”ni tasdiqladi Ushbu tartib hududiy va tarmoq yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi doirasida ish o`rinlarini tezkor va statistik hisobini yuritish va monitoring mexanizni tartibga soladi. Ushbu Tartibda qo`lanilgan asosiy tushunchalar: Ish o`rni – muayyan kasbdagi bir xodimning mehnat vazifalarini amalga oshirishi uchun moslashtirilgan va ishni bajarish uchun ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan jihozlangan joy; Ish o`rinlari quydagilar hisobiga tashkil etiladi: Yirik ishlab chiqarish ob`yektlarini yangisini ochish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish orqali; Tarmoqlarda yangi kichik korxona va mikrofirmalarni ochish orqali; Yuridik shaxs bo`lmasdan yakka tadbirkorlikni rivojlantirish orqali; Korxona va tashkilotlarda kasanachilik, hunarmandchilikda va oilaviy biznes sohasida yangi ish o`rinlarini tashkil etish orqali; Aholi punktlarini obodonlashtirish, ishlab chiqarish va infratuzilmasini rivojlantirish orqali; Faoliyat yuritmayotgan korxonalarni ishlashini ta`minlash orqali; Dehqon va fermer xo`jaliklarida chorvachilik, dehqonchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish va kengaytirish orqali. Agar ish o`rinlari tezkor va statistik hisobotda ko`rsatilgan bo`lsa, haqiqatda yaratilgan hisoblanadi. Hisob davri – oy, chorak va yillik bo`ladi. Yangi ish o`rinlarini tashkil etish quyidagicha hisobga olinadi: Ushbu Tartibga binoan korxona va tashki,otlar tomonidan taqdim etilgan tezkor ma`lumotlar; Korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlari ma`lumotlari; Tuman (shahar) hokimliklari mahsus ishchi guruhlari tomonidan tanlama monitoring natijalari asosida. Ushbu ma`lumotlar hududlar, tarmoqlar va korxonalar bo`yicha umumlashtiriladi. Tuman (shahar) Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tezkor ma`lumotlarni quydagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi: Hokimiyatlarning tadbirkorlik sub`yektlarini ro`yxatga olish bo`limlari tomonidan yangi tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarni hisobga olish orqali; Hisobot davrida korxona va tashkilotlarining yangi ish o`rinlarini yaratilganligi bo`yicha ma`lumotnomasi; O`z-o`zini boshqarish organlarining oilaviy biznes va hunarmadchilikni tashkil etganlar bo`yicha ma`lumotnomasi; Hokimyatlarining yangi tashkil etilgan dehqon, fermer xo`jaliklari va shaxsiy tamorqa xo`jaliklari bo`yicha ma`lumotlari; Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlaridan qoramol boqish, shaxsiy tomorqa xo`jaligini yuritish bo`yicha ro`yxatga olinganlar to`g`risidagi ma`lumotlari; Yirik tashkilotlarning investitsiya va lokalizatsiya dasturlari doirasida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari va Iqtisodiyot boshqarmalarining yangi ish o`rinlarining yaratilganligi bo`yicha ma`lumotlar. Dastur aholining keng qatlamlari bozor jarayonlarida ishtirokini davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlash asosida to`rtta yo`nalishlar bo`yicha: Kichik biznesni faol rivojlantirish hamda ishlashi uchun, ayniqsa qishloq joylarida; Bozor infratuzilmasini va sharoitlarini tashkil etish; Davlatning qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari; Moliyaviy ta`minot va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirila boshladi. Ushbu tartibga ko`ra kamchiliklar va boshqa holatlar yuzaga kelganda ular muhokama qilinib, kerakli qarorlar qabul qilinadi. Tashkil etilgan yangi ish o`rinlarini hisobga olish, umumlashtirish va ma`lumotlarni taqdi etish tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval) jadval Yangi ish o`rinlarinitashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi ijrosini bajarish bo`yicha tashkil etilgan ish o`rinlarini tahlili, umumlashtirilishi va taqdim etilishi tartibi
Manba: Yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturiga asosan ish o`rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish Tartibi. Mamlakatimizda yaratilgan ish o`rinlarini hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Davlar statistika qo`mitasi hamkorligida ish o`rinlari sonini yuritish bo`yicha tartib ishlab chiqilgan bo`lib, u orqali mamlakatimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yaratilgan ish o`rinlari hisobi ham to`liq yuritilishi ta`minlanmoqda. Download 109.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling