Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


ANDIJON VILOYATDA YANGI ISH JOYLARINI TASHKIL ETISHGA BO`LGAN EHTIYOJNING TAHLILI


Download 109.04 Kb.
bet3/5
Sana10.12.2020
Hajmi109.04 Kb.
#164127
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mehnat sotsiologiyasi Kurs iwi 2020


ANDIJON VILOYATDA YANGI ISH JOYLARINI TASHKIL ETISHGA BO`LGAN EHTIYOJNING TAHLILI

Ma`lumki, ish bilan bandlik va ishsizlik bir-biriga o`zaro bog`liq ravishda o`zgarib turadi. Chunki ish bilan bandlikdagi har qanday o`zgarish ishsizlikka ham ta`sir ko`rsatadi. Aholining ish bilan bandlik darajasining oshishi ishsizlikning kamayishiga olib keladi yoki aksincha. Shu sababli aholining ish bilan bandlik holatini atroflicha o`rganishda ishsizlik holatiga ham baho berish kerak bo`ladi.(6-jadval)

Viloyatda ro`yhatga olingan ishsizlar quyida keltirilgan 5-jadvalga kora 2019 yilda 2015 yilga nisbatan 17.1%ga oshgan, tumanlardagi bandlikka ko`maklashuvchi markazlar hodimlarining o`tkazib brogan so`rovlari natijalariga ko`ra mustaqil tarzda ish izlab yurganlar soni 111.4% ga ortgan, shu bilan birga mehnat organlarida ro`yhatga olingan rasmiy ishsizlar soni 17.1%ga ortgan.



6-jadval

Andijon viloyatida ishsizlar holati, kishi

Ko`rsatkichlar

2015yil

2016yil

2017yil

2018yil

2019yil

2019yil 2015yilga nisbatan %

Jami mehnatga muxtij ishsiz aholi soni

66 342

68 465

73 663

75 643

77 485

117,1

Shundan

 

 

 

 

 

 

Mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlar

66 239

68 366

73 568

75 536

77 376

117,1

Mehnat organlarida ro`yxatga olingan rasmiy ishsizlar

103

99

95

107

109

111,4

Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.

Bugungi kunning dolzarb bo`lgan vazifasi mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida intensive ravishda qaytadan taqsimlash, aholining mehnatda band bo`lsh tarkibini, tuzilishini aholiga xizmatko`rsatuvchi sohalar va yakka tadbirkorlik hisobiga o`zgartirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.



Ish o`rinlariga bo`lgan ehtiyoj ishga joylashishga muhtoj band bo`lmagan aholi bilan birga mehnat bozorida ilk bor ishchi kuchini taklif qiladigan shaxslar (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlari va boshqa ta`lim muassasalari bitiruvchilari bo`lmish mehnatga layoqatli yoshdagilar) hisobiga shakllantiriladi. Shunday ekan viloyatda kasb-hunar ko`llejlari bituruvchilari monitoringini olib borish natijalari orqali jami bitiruvchilar sonini aniqlash orqali qancha yangi ish o`rinlarini tashkil etish zarurligi aniqlanadi. (7-jadval)

7-jadval Andijon viloyati kasb-hunar ko`llejlari bitiruvchilari soni dinamikasi, kishi

Tuman va shaharlar nomi

Yillar

2019-yil 2016-yilga nisbatan %

2016

2017

2018

2019




Andijon sh.

8427

8627

8723

8819

105,5

Xonobod sh.

813

843

864

885

107,3

Andijon

1828

1884

1907

1983

105,3

Asaka

4889

4912

5050

5175

105,3

Baliqchi

2815

2893

2970

3059

107,5

Bo`z

1218

1253

1281

1296

107,2

Buloqboshi

1842

1865

1910

1998

105,7

Jalaquduq

2185

2195

2317

2379

106,0

Izbosgan

2356

2394

2471

2548

104,9

Ulug`nor

718

697

745

792

103,8

Marxamat

2118

2198

2254

2307

106,4

Oltinko`l

2289

2315

2444

2512

107,8

Paxtaobod

2964

3022

3043

3112

104,7

Xo`jaobod

1697

1719

1785

1826

107,2

Shahrixon

3925

3996

4041

4124

105,0

Qo`rg`ontepa

2759

2798

2850

2914

105,3

Jami

42843

43611

44655

45729

106,7

Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan

Jadval ma`lumotlaridan ko`rib turganimizdek, viloyatda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari soni yildan yilga ortib bormoqda viloyat darajasida ular soni 4,2% ga ortgan. Andijon shahrida (19,5%), Asaka tumanida (11,3%), Shahrixon tumanida (9,0%) eng ko`p bitiruvchilar bo`lgan. Shun bilan birga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilar sonining o`sish sur`atiga nazar soladigan bo`lsak. Tumanlar kesimida eng katta o`sish sur`ti Oltinko`l tumaniga (6,8%) to`g`ri kelib, mazkur tumandagi mazkur yillarda tug`ilish darajasining yuqori bo`lgani bilan harakterlanadi. Undan keying o`rinlarda Marxamat (106,4%), Jalaquduq (106,0%), Xonabod sh (106.3%) va Baliqchi (105,5%) tumanlarini kiritish mumkin.

Yoshlarni ish bilan bandligini ta`minlash maqsadida davlat o`rta va uzoq muddatga mo`ljallangan maqsadli dasturlar ishlab chiqishi lozim bo`ladi. Chunki maqsadli kompleks dastur mehnat bozorining kelajakdagi faoliyatida asosiy tadbirlarni ishlab chiqishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

Shuning uchun mehnat bozori faoliyatining maqsadli kompleks dasturini amalga oshirishga alohida ahamiyat berishi kerak.

U qishloq xo`jaligi tarmoqlarida ishchi kuchiga talab va taklifni kamaytirish; sanoat, xizmat ko`rsatish va boshqa tarmoqlarda jonli mehnat va ish joylariga o`sib borayotgan talablarni qanoatlantirish; ishchi kuchiga talab va taklif o`rtasidagi bozor muvozanatiga erishish; ishsizlikni kamaytirish; yuqori malakali xodimlarni shakllantirish; mehnat bozor infratuzilmasi ob`yektlarini samarali rivojlantirish; ish bilan band bo`lmagan shaxslarning ishonchli ijmoiy himoyalanishini ta`minlashni nazarda tutadi.

Bu kabi samarali natijalarga erishish uchun avvalo dasturni amalga oshirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini, moliyalashtirish manbalarini hamda ijrochi va mas`ullarning vazifalarini aniq belgilab olish zarur.

Yangi istiqbolda mamlakatimiz mehnat salohiyati oshib borar ekan, ushbu tendensiya mazkur salohiyatdan samarali foydalanish va ularni iqtisodiyotning turli jabhalarida safarbar etish choralarini ko`rish talab etadi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta`minlash masalasi o`ta muhin bo`lib, uni Andijon viloyati tumanlari kesimida quyidagi xolatda tavsuflash mumkin. (8-jadval)



8-jadval.

Andijon viloyati kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ish bilan bandligini ta`minlash darajasi, foizda

Tuman va shaharlar nomi

Yillar

2017

2018

2019

Andijon sh.

85,4

87,2

89,4

Xonobod sh.

89,8

91

89,2

Andijon

90,8

91,4

91,3

Asaka

90,9

93,9

90,9

Baliqchi

86,7

90,6

94,9

Bo`z

95,2

95

89,9

Buloqboshi

93,3

97,8

90,1

Jalaquduq

89,3

88,9

91,7

Izbosgan

88,2

91,7

89,4

Ulug`nor

90,6

91,9

93,4

Marxamat

95,6

92,6

94,1

Oltinko`l

91,6

92,3

87,9

Paxtaobod

89,7

91,5

929

Xo`jaobod

82,1

73,8

90,1

Shahrixon

92,1

93,5

93,5

Qo`rg`ontepa

94

95,4

90,5

Jami

91,4

91,2

91,8

Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan

Jadvalvaldan ko`rinadiki, viloyatda yoshlarni ish bilan ta`minlash muammosi ma`lum darajada kuzatiladi. Jumladan, o`rtacha ko`rsatkich 2017 yilda 91.4% ni tashkil qilgan bo`lsa,2019 yilda bu ko`rsatkich 91.8% bo`ldi. Eng past ko`rsatkich Oltinko`l, Izbosgan, Bo`z tumanlari hamda Honobod va Andijon shaharlarida kuzatilgan bo`lsa, viloyat ko`rsatkichidan yuqori natijalarni ko`rsatgan tumanlarga Marhamat, Shahrixon, Oltiariq, Paxtaobod, Baliqchi tumanlarini keltirsa bo`ladi.

Istiqbol dasturlarni ishlab chiqishda maqsadga yo`naltirilganlik, kompleks, bog`langanlik, qamrovlilik, aniqlik, ko`p variantlik, haqiqiylik, ustuvorlik, cheklanganlik, muddatlilik, boshqaruvchanlik va egasiga mo`ljallanganlik kabi xususiyatlarni hisobga olish lozim.

Mavjud mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, unga bo`lgan talab va ehtiyojga qarab foydalanish, bozor iqtisodiyotining hozirgi davrida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosini tashkil etadi. Ish joylarini tashkil etish va saqlashning hududiy mexanizmini tashkil etish hozirgi davrning asosiy masalalaridan ekanligi va bu mexanizmini tashkil etish hozirgi davrning asosiy masalalaridan ekanligi va bu mexanizm qanday unsurlardan tarkib topishi maqsadga muvofiqligi Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Amaliyot ob`yekti ma`lumotlarining tahlillari yangi ish joylarini tashkil etish va amal qilayotgan ish joylarini saqlab qolishning barcha yo`nalishlari turli investitsiyalarni ikkita: bilvosita va bevosita (to`g`ridan-to`g`ri) sarflash bilan bog`liq ekanligini ko`rsatdi. Ta`kidlash joizki, yangi ish joylari tashkil etish kabi mavjud ish joylarini saqlab qolish ham ish bilan bandlikni ta`minlashning muhim yo`nalishidir. Mavjud ish joylarini saqlab qolish quyidagi sabablarga ko`ra muhimdir:



  • Yangi ish joyi tashkil etish mavjud ish joylarini saqlab qolishga nisbatan ancha qimmat;

  • Hududiy iqtisodiyoti uchun mavjud ish joylarini saqlab qolish strategik ahamiyatga ega;

  • Muayyan ish joylarida ishlayotgan xodimlarni ishdan bo`shatish korxona (hudud) rivojlanishiga tahdid tug`diradi.

Shuning uchun ham mavjud ish joylarini saqlab qolishni yangi ish joylari tashkil etish bilan baravar kuchga ega bo`lgan omildir. Ish o`rinlari tashkil etishdan eng asosiy maqsad, albatta tobora har jihatdan rivojlanib borayotgan mamlakatimiz aholisini bandligini oshirish, ishsizlik darajasini pasaytirish va aholi farovonligini yuqori darajaga olib chiqish hisoblandi.

Yangi ish joylarini tashkil etish va mavjud ish o`rinlarini saqlab qolishning eng ko`p tarqalgan usuli, bilvosita investitsiyalashdir. Bu usulda investitsyalar iqtisodiyotga joriy qilinganda rag`batlantirish maqsadi, odatda, bevosita ish joylari tashkil etish emas, balki ish beruvchilarni ishlab chiqarish quvvatlari, tarkibi, samaradorligi yoki iqtisodiy taraqqiyotning boshqa jihatlarini rivojlantirishdir. Bunday usulda investitsiyalashda, shu bilan birga, yangi ish joylari tashkil etish va ish bilan bandlikni rivojlantirish, uning ko`lamlarini oshirish, mavjud ish joylarini saqlab qolish imkoniyatiga erishiladi.

Andijon viloyatida ham turli tarmoq va hududlar bo`yicha bilvosita rag`batlantirish misol bo`luvchi tajriba mavjud. Xususan, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishni joriy qilish va viloyatga olib kirish borasidagi imtiyozlar ilg`or texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotda qo`llash bilan bog`liq sohalarda ish joylari tashkil etishni rag`batlantiradi; aholini ish bilan ta`minlovchi davlat jamg`armasi mablag`larining shakllanishi va sarflanishi to`g`risidagi Nizomning 9-bandida nogironlar jamoat tashkilotlari va ta`lim muassasalari qoshidagi ishlab chiqarish va o`quv ishlab chiqarish korxonalarining bu jamg`armaga to`lovlardan ozod qilinganligi shu sohalarda ish joylari tashkil etishini rag`batlantiradi. Nazarimizda, Nizomda tilga olingan bor yo`g`i uch toifadagi korxonalar ro`yxatini yana ham kengaytirish mumkin.

Buning uchun imtiyoz beriladigan korxonnalar (ya`ni, jamg`armaga ajratma to`lovchi korxonalar) zimmasiga imtiyoz tufayli ozod bo`ladigan pul vositalarini aynan ish joylari tashkil etishga sarflash shartini qo`yish maqsadga muvofiqdir.



Viloyatda yangi ish o`rinlarini tashlik etishi xolatini 9-jadvaldan ko`rishimiz mumkin. Unga ko`ra hududda 2018yilda jami 79709 ta ish o`rni yaratilgan bo`lib, oxirgi uch yilda 0.8% ga kamaygan.

9-jadval

Andijon viloyatida sahalari bo`yicha yangi ish o`rinlarini tashkil etishi holati, kishi



Yo`nalishlar

Yillar

2019 yil 2017 yilga nisbatan %

2017

2018

2019




 

Ish o`rinlarini tashkil etish, jami

93229 

79709 

91546 

98,2 

 

shu jumladan:

 

 

 

 

1

yangi ishlab chiqarish ob`eyiktlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni modernizatsiya qilish va kengaytirish

2785

2779

2796

100,3

2

kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish va rivojlantirish (oilaviy korxonalar bilan)

324474

30396

30856

95

2,1

sanoatda

5039

4819

4856

96,3

2,2

qurilish sohasida

6508

7946

7268

111,7

2,3

servis

20927

17631

18956

90,6

3

yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish

11224

11255

11268

100,4

4

kasanachilikning barcha shakillarini tashkil etish

21742

18345

19285

88,7

5

fermer va dehqon xo`jaliklarini rivojlantirish

6080

4765

5168

85

6

ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish

5064

4876

4459

88,1

7

ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash

739

85

526

71,1

Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan

Ma`lumotlarda keltirilishicha, 2019 yilda viloyatda kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish va rivojlantirish hisobiga 30856 ta, shu jumladan servis sohasida 17631 ta, kasanachilikning barcha shakillarini tashkil etish hisobiga 18956 ta, fermer va dehqon xo`jaliklarini rivojlantirish hisobiga 5168 ta ish o`rni yaratilgan.



Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari belgilanar ekan, mazkur muammoni hal etishga alohida e`tabor talab etiladi. Shu maqsadda Andijon viloyatida har yili yangi ish o`rinlarini tashkil etish va yning ijrosi monitoring amalga oshirib boriladi (10-jadval).

Download 109.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling