Қайд рақами
Download 0.88 Mb.
|
Aerodrom. Kurs ishini bajarish uchun usl.ko'rsatma
КУРС ЛОЙҲАСИНИ БАЖАРОИШ УЧУН УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. M U N D A R I J A: Kirish ………………………………………………………………………… Kurs ishining maqsadi va vazifalari ……………………………… Aerodromni vertikal rejalashtirishni loyixalash: relefini o‘rganish va nuqsonlar qaydnomasini tuzish, rejaning nuqsonli bo‘laklarini to‘g‘rilash, yer ishlari jajmini aniqlash………… Aerodromlarni quritish, suv qochirish tizimi va suniy qoplamalarini loyixalash: suniy qatlamlarni vertikal rejalashtirishni ishlab chiqish, aerodrom qoplamasining konstruksiyasi va suv qochirish-drenaj tizimining sxemalari, qoplama konstruksiyasini variantlarini texnik‑iqtisodiy asoslash, gidravlik hisoblashlar, qoplama mustaxkamligini hisoblash orqali loyiha yechimlarini asoslash………………… Ish hajmi va asosiy qurilish materiallariga extiyojni aniqlash, aeroport bosh rejasini loyihalash: texnik‑foydalanish hisoblari, rejada aerodrom elementlarining geometrik o‘lchamlarini va uchish-qo‘nish tasmasining yo‘nalishini tanlashni asoslash, aerodromda samolyot harakatining texnologik sxemalarini va shaxobcha yo‘laklar echimini asoslash bilan aeroport bosh rejasini yechimi ishlab chiqish...................................... Ishlar bajarilishi muddatlari va pudrat sur’atini aniqlash….. Texnologik xaritalarni tuzish……………………………………..…… Tutashmalar, mustaxkamlangan yonlar va yon qiyaliklar……………. 9. Aerodrom qoplamalarini qurilishida ishlab chiqarishni tashkil etish ……………………………………………………………………… Adabiyotlar ………………………………………………………………… Kirish Ushbu uslubiy ko‘rsatma «Aerodromlarni loyixalash, qurish va ekspluatatsiyasi asoslari» fanidan kurs loyihasini bajarishda 5340800 - «Avtomobil yo‘llari va aerodromlar» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Mazkur ko‘rsatmada kurs ishining tarkibi, uning asosiy bosqichlarini ishlab chiqish, hamda kurs ishining tarkibiga kiruvchi barcha masalalarni hal etishning uslubi aniq va keng qamrovli holda bayon etilgan. 2. Kurs ishining maqsadi va vazifalari 2.1. « Aerodromlarni loyixalash, qurish va ekspluatatsiyasi asoslari » fani bo‘yicha kurs loyihasi 5340800-«Avtomobil yo‘llari va aerodromlar» yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning yakunlovchi mustaqil ishi hisoblanadi. Kurs ishining asosiy maqsadi – aerodrom qoplamalari qurilishi bo‘yicha olingan bilimlarning talabalar tomonidan mustahkamlash va bu bilimlarni qurilishda aniq amaliy vazifalarni ijodiy qo‘llash uchun kerakli malakalarni hosil qilish. Bunda, talaba texnik adabiyotlardan (me’yoriy hujjatlar, ko‘rsatmalar va boshqalar) to‘g‘ri foydalanishni bilishi lozim. 2.2. Loyihada qabul qilingan barcha qarorlar aniq hisoblashlar bilan isbotlanishi va konstruktiv echimlarni o‘zida mujassamlantirishi lozim. 2.3. Loyihani ishlashda talaba masalaga ijodiy, chuqurroq yondashib, ilmiy tadqiqotning elementi sifatida maslahatchi tomonidan tavsiya etilgan yoki kurs ishi mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan va talaba o‘zi tomonidan tanlangan masalalardan birini ishlab chiqishi lozim. 2.4 Kurs loyixasini xisoblashda talaba aerodjrom qoplamalarnini qurilishining texnologiyasi va uni tashkil etishda qabul qilingan barcha echimlarni isbotlay olishi kerak. 3. Aerodromni vertikal rejalashtirishni loyixalash: relefini o‘rganish va nuqsonlar qaydnomasini tuzish, rejaning nuqsonli bo‘laklarini to‘g‘rilash, yer ishlari jajmini aniqlash 3.1. Aerodrom qoplamalarini qurilish bo‘yicha kurs loyixasi aerodromlar sun’iy qoplamalarini loyihalashtirishdagi kurs loyihasi asosida bajariladi. 3.2. Barcha zarur ma’lumotlar va loyihani ishlash uchun talab qilingan shartlar texnik vazifada keltiriladi. 4. Kurs loyihasining tarkibi, Aerodromlarni quritish, suv qochirish tizimi va suniy qoplamalarini loyixalash: suniy qatlamlarni vertikal rejalashtirishni ishlab chiqish, aerodrom qoplamasining konstruksiyasi va suv qochirish-drenaj tizimining sxemalari, qoplama konstruksiyasini variantlarini texnik‑iqtisodiy asoslash, gidravlik hisoblashlar, qoplama mustaxkamligini hisoblash orqali loyiha yechimlarini asoslash 4.1. Kurs loyihasi ikki qismdan iborat: grafik qism (1 ta chizma); tushuntirish xati (20-25 varaq hajmda); 4.2. Vatmanning standart varag‘iga va tushuntirish xatiga ko‘chirilgan grafik materialning mazmuni «Kurs loyihasini bajarish uchun vazifa»da ko‘rsatiladi. Tushuntirish xatida qo‘yidagilarni aks ettirish lozim: har bir maxsus pudrat uchun ish hajmini hisoblash; pudrat sur’atini aniqlash va uni zavod unumdorligi bilan bog‘lash; ishchi jarayonlar ro‘yxatini tuzish va har bir konstruktiv qatlamni qurish uchun mashinalar tanlash; ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlarning taqvim rejasini tuzish uchun hisoblash ishlarini bajarish; sifatini va texnika xavfsizligini muayyan nazorati; 5. Ish hajmi va asosiy qurilish materiallariga ehtiyojni aniqlash 5.1. Aerodrom barcha elementlarining geometrik o‘lchamlarini, hamda qoplamaning konstruksiyasi p.3.1 ga asosan jadvalga asosan yoziladi (jadval 1). Jadval №1.
Grafa 1: Asos va qoplama tipi ko‘rsatiladi, aerodrom barcha elementlari sanab o‘tiladi. Grafa 2.,3.,5: Sun’iy qoplamalarni loyihalash bo‘yicha kurs loyihasida qabul qilingan aerodromning har bir elementi o‘lchamlari yoziladi. 5.2. Asosiy qurilish materiallariga ehtiyoj asos va qoplamani zichlashda mexanizatsiyalash usuli bilan yoki kichik mexanizatsiya vositalari bilan aniqlanadi. 5.3. Asosiy qurilish materiallariga quyidagilar kiradi: chaqiqtosh, shag‘al, organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiqtoshli (shag‘alli) materiallar, gruntlarni mustahkamlashda ishlatiladigan organik va mineral bog‘lovchilar, asfaltbeton, qora chaqiqtosh, sementbeton, yig‘ma temirbeton plitalar. 5.4. Barcha ishlar «qurilish montaj ishlarini rejalashtirilishi va tannarxlarini hisobga olishning asosiy yo‘nalishlari» ga muvofiq olib boriladi. 5.5. Asosiy materiallarga ehtiyoj quyidagi formula orqali aniqlandi: bu yerda F – ish hajmi 1-jadvalda olinadi, m2 ; Pi, ch – asos va qoplamani zichlashda qurilish materiallari sarfining ishlab chiqarish me’yori, muayyan material uchun OPNRM va PNRM (1,2) to‘plamga qarab qabul qilinadi. Talabalarining kurs loyihasini bajarishlarini tashkil etish uchun kerakli ko‘rsatmalar ilova – 1 da keltiriladi. 6. Ishlar bajarilishi muddatlari va pudrat sur’atini aniqlash: 6.1. Aerodrom qoplamalarini qurishda ishlarni bajarish muddati kurs loyihasi vazifasida ko‘rsatilgan qurilishning direktiv muddatiga asosan aniqlanadi. qurilishning direktiv muddatiga binoan qurilish mavsulining boshlanishi, yakuni va davomiyligi, qoplamalar konstruksiyalarini quruvchi ixtisoslashgan pudratlar ishlari boshlanish va yakunlash paytlari, hamda ishchi jarayonlarni bajarishda band bo‘lib turgan bir qism (xususiy) pudratlar davomiyligi aniqlanadi. Bunda, sun’iy qoplamaning qurilishidagi ixtisoslashgan (sementobeton yoki asfaltobetonli) etakchi hisoblanadi. 6.2. Aerodromda qoplamani qurishda bajarilgan ishlarga sarflangan davr havoning haroratiga qarab qabul qilinadi. 6.3. Loyiha texnik-vazifasida ko‘rsatilgan qurilish hududiga qarab yo‘l iqlimi zonasi qMq 2.05.08.-85, havoning o‘rtacha oylik harorati QMQ 2.01-85, noqulay ob-havo kunlari soni 2- jadvalga asosan aniqlanadi. Jadval №2.
6.4. O‘rtacha oylik haroratga qarab reja (grafik) tuziladi va qurilish mavsumi hamda uning davomiyligi (Tqur. mas) ning boshlanish va yakuni sanalari belgilanadi. 6.5. Taqvim yo‘lidagi ish kunlarining soni (Tish), bunda aerodrom qoplamalari qurilishi ishlarini bajarish mumkin bo‘lsin, Tish quyidagi formula orqali aniqlanadi: Tikl. q Tbay.dam. olish – (Tkur.mas q Tish) bu yerda, Tbayram, dam olish – bayramlar va dam olish kunlarining soni, kun; Tiql. - klimatik sharoitga qarab ish kunlar soni, kun; Dam olish kunlarining soni quyidagi formuladan topiladi: Dam olish kunlari sonlari besh kunlik ish haftasiga qarab aniqlanadi. Bayram kunlari soni qurilish mavsumining chegarasi ichida hisoblanadi; Ishsiz kunlar soni iqlim sharoitiga qarab quyidagi formula orqali aniqlanadi: Tish qa/100 (Tkur.mas.-Tdam.olish) Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling