Avtomobil yo‘llarida diagnostika ishlarini olib borish va nuqsonlar qaydnomasini tuzish


Download 24.02 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi24.02 Kb.
#1601036
  1   2   3
Bog'liq
Nuqsonlar


Avtomobil yo‘llarida diagnostika ishlarini olib borish va nuqsonlar qaydnomasini tuzish.
Isayev J.A. assistent
Ne’matov S. H. 106-19 TIE (AY) guruhi talabasi
Toshkent davlat transport universiteti
Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi
Avtomobil yo‘llarida diagnostika ishlarini olib borish.
Avtomobil yo‘llari bo‘yicha mavjud normalar va qoidalar asosida avtomobil yo‘lidan foydalanish davrida diagnostika ishlarini olib borish va sodir bo‘ladigan nuqsonlardan kelib chiqib nuqsonlar qaydnomasini tuzamiz. Buning uchun IKN 05-2011 “Avtomobil yo‘llarining holatini tashxis qilish va baholash qoidalari”dan foydalanamiz [1].
Avtomobil yo‘llarining holatini tashxis qilish to‘rtta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi, ular, odatda, ketma-ket bajariladi:
- tayyorlash ishlari;
- dala tekshiruvlari;
- olingan axborotga kameral ishlov berish;
- yo‘l axboroti bazasini shakllantirish va yangilash [2].
Avtomobil yo‘llari xolatini diagnostikalash-yo‘l va yo‘l inshootlarining parametirlari, ishlash sharoitlari, nuqsonlari va ularning paydo bo‘lish sabablari, transport oqimlarining tavsiflari haqidagi ma’lumotni tekshirish, to‘plash va tahlil qilish bo‘lib, bu kelgusidagi ekspluatasiya jarayonida yo‘l va uning inshootlari holatlarini baholash hamda bashorat qilish uchun kerak bo‘ladi.
Avtomobil yo‘llarni diagnostikasidan maqsad – yo‘lning holati haqida to‘liq va ob’ektiv ma’lumot olishdan iborat. Bunda ekspluatasiya qilinayotgan avtomobil yo‘lning istemol xususiyatlarini ta’minlash va saqlash bilan bog’liq muammolarni samarali hal qilishdan iborat.
Avtomobil yo‘llarini diagnostika qilish – yo‘l va uning inshootlarini tekshirish, ularning sharoitlarini tekshirish, ularning ko‘rsatkichlari, xususiyatlari va ishlash sharoitlari haqida, nuqsonlari mavjudligi va ularning paydo bo‘lishing sabablari, transport oqimlarining xusisiyatlarini baholash va kelajakdagi ekspluatasion baholash va pragnozlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni yig’ish va tahlil qilishdir.
Diagnozlashning barcha hujjatlari har bir avtomobil yo‘l bo‘lagi uchun o‘rnatilgan shakllar bo‘yicha va mazkur qaidalar talablari asosida alohida tuzilishi kerak. hisobga olishning texnik hujjatlariga o‘zgarishlar har yilning 1 yamvar holati bo‘yicha kiritiladi.
Diagnozlash hujjatlari birlamchi yo‘l tashkilotlari saqlanishi kerak, boshqaruvning yuqori organlariga esa materiallar o‘rnatilgan hisobot formalarda taqdim qilinadi.

Download 24.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling