Namunalami tekshirish


Download 19.46 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi19.46 Kb.
#1534168
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mustaqil ish 11v - 17 FQGR guruh talabasi Saydullayev Shaxboz


Mavzu:Namunaning ishonchliligi va ko’rinishi. Namunani tekshirish.

Reja:

1. Namunalami tekshirish
2. Texnologik tekshirishlar
3. Texnik tekshirishlar
4. Namunalash jarayonini nazorat qilish


Namunalami tekshirish
Olingan va ishlov berilgan namunalar tekshirishga yuboriladi. Tekshirish to’g’ri foydali qazilmaning xususiyatlariga, uning mineralogik va kimyoviy tarkibi, tekshirish vazifalari, talab qi- linadigan aniqlik darajasi va konning o’rganilganlik darajasiga qarab aniqlanadi.
Ba’zan tekshirishlar geologiya qidiruv partiyalarining o’zida, boshqalari esa, maxsus laboratoriyalarda bajariladi.


Kimyoviy tarkibni aniqlash

Kimyoviy tarkibni aniqlash, eng keng tarqalgan tekshirish turidir. Tekshirishning talab qilinadigan aniqligi va sezgirligiga qarab spektral, kimyoviy, probir, yadro-fizik va boshqa analizlar qo’llanilishi mumkin. Bu analizlaming har biri o’ziga xos muammolami hal qilishga imkon beradi.


Spektral analiz konlami qidirish va razvedka qilish jarayonida keng qo’llaniladi. Bu analiz yordamida foydali qazilmalami geokimyoviy usulda qidirish ishlari bajariladi. Razvedka ishlari jarayonida spektral analiz ba’zi bir, ayniqsa qo’shimcha komponentlaming juda past miqdordagi kontsentratsiyalarini aniqlashga imkon beradi. Ba’zi hollarda kimyoviy va probir analizga yuboriladigan namunalar avval spektral analiz bilan tekshirib ko’riladi.
Spektral analiz juda sezgir, arzon, yuqori darajadagi mehnat unumdorligiga egadir. Bu analiz birdaniga ko’pchilik komponentlami aniqlashga imkon beradi. Boshqa turdagi analizlardan kamchilik tomoni aniqlik darajasidir. Ayniqsa komponentning miqdori ko’payganda spektral analiz aniq natija bemiaydi. Spektral analiz uchun 1-2 g, namuna kifoyadir.
Kimyoviy analiz ko’pchilik ma’dan va noma’dan foydali qazilmalami tekshirishda asosiy usuldir. Spektral analizga nisbatan uning sezgirligi pastroq, aniqligi esa yuqoriroqdir.
Kimyoviy analiz natijalari bo’yicha ma’danlaming chegaralari o’tqaziladi va undagi foydali komponentlaming zaxiralari hisoblanadi.
Kimyoviy analizga yuboriladigan namunalaming massasi 50- 100 g, bo’lib aniqlanadigan komponentlaming soniga bog’liq. Qancha ko’p komponentlami aniqlash kerak bo’lsa, shuncha ko’p miqdorda namuna kerak.
Probir analiz namunadagi asl metallaming (oltn, kumush, platina va platinoidlar) miqdorini aniqlashga mo’ljallangan. Bu analiz qimmat turadigan analiz bo’lib, yuqori darajada sezgir va aniq ma’lumotlar beradi. Uning yordamida 0,01 g/t gacha miqdordagi asl metallami aniqlash mumkin. Analiz uchun 250-500 g, massali namuna talab qilinadi. Bu analizning qimmatligini hisobga olib, undan oldin namunalami boshqa arzonroq usul (masalan spektral analiz) bilan tekshirib ko’rish kerak.

Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling