Ajratgichlarga qo‘yiladagan talablar


Download 27.26 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi27.26 Kb.
#1832757
  1   2   3   4
Bog'liq
Ajratgichlar


Ajratgichlar. Taqsimlash qurilmalarida ajratgich (raz’edinitel)lardan yuklama uzgich yordamida uzib qo‘yilgandan so‘ng qurilma shinalari va bino jixozlarning ayrim qurilmalarini tok manbaidan ajratib qo‘yishda foydalaniladi. Ajratgichlar bu elektr zanjirini toksiz yoki kichikroq tok bilan uzishga mo‘ljallangan va sxemalarda «ko‘rinadigan oraliq» hosil qilish uchun xizmat qiladigan kommutatsion jixozdir.
Ajratgichlar bilan uziladigan tokning qiymati uning konstruksiyasiga, qutblar orasidagi masofaga, qurilmalarning nominal kuchlanishlariga bog‘liqdir. SHuning uchun bunday ishlarni maxsus yo‘riqnomalar orqali amalga oshiriladi.
Ajratgichlarga qo‘yiladagan talablar: havoda «ko‘rinadigan oraliq» hosil qilishi; qisqa tutashuv toklariga elektr dinamik va termik chidamlilikka ega bo‘lishi; o‘z holicha uzilishlarga liniya qo‘ymasligi; og‘ir sharoitlarda (yomg‘ir, qor, muzlama, shamol, Orolbo‘yida tuz zarrachali chang bilan ifloslanish) ham uzish va ulash ishlarini aniq bajarishi.
Ichki ajratgichlar. Bino ichida o‘rnatiladigan uch qutbli va bir qutbli ajratgichlarda bir–birini orasiga kiruvchi kontaktlar bo‘ladi.
Bu kontaktlarning pichoqlari izolyatorlar o‘qi tekisligida vertikal harakatlanadi. Bino ichida o‘rnatiladigan uch qutbli ajratgichlar RV harflari bilan, bir qutbli ajratgichlar esa RVO (raz’edinitel vnutrenniy odnopolyusniy) harflari bilan belgilanadi. RV va RVO ajratgichlari 6 kV va 10 kV kuchlanishga hamda 400A, 600A, 1000 A nominal tokka mo‘ljallab chiqariladi. RV markali uch qutbli ajratgich asosi to‘rt burchakli va profilli po‘latdan payvandlab yasalgan (2–rasm).


2-rasm. RV–qutbli ajratgich.
Ajratgich quyidagi qismlardan tuzilgan: 1–rama, 2–tirgak, 3–ishga soluvchi richag, 4–val, 5–po‘lat plastinalar, 6–erga ulash bolti, 7–pichoq, 8–prujina, 9–chinni tortqi, 10–qo‘zg‘almas kontakt ustunchasi, 11–izolyator. Ramaga 6 ta chinni tayanch izolyatorlar 11 mahkamlangan. Har qaysi tayanch izolyatorda qo‘zg‘almas kontakt ustunchasi 10 vazifasini bajaruvchi mis burchakli mahkamlangan.


Tashqi ajratgichlar. Tashqarida o‘rnatiladigan ajratgichlarning tuzilishida ularning ochiq havoda ishlash sharoiti nazarda tutiladi: ajratgichlarning kontakt tizimlari shunday bajarilganki, kontakt tizimi etarli darajada mexanik barqarorlikka ega bo‘lib, yuritmaga uncha kuch sarf qilmasdan, izolyatorlarga katta yuklama berilmasdan kontaktlarning ajraluvchi va ajratgichlarning ishqalanuvchi qismlarida hosil bo‘ladigan muzlarni sindirishga imkon beradi.
Kontaktlarning o‘zaro burilishi qish vaqtida paydo bo‘luvchi muzlarni maydalab yuboradi. Uchchala qutb pichoqlarini tortgich 12 yordamida umumiy elektr yuritgichi 13 bilan harakatlantiriladi. Barcha izolyatorlarning chap kalonka o‘qlari unga payvandlangan richaglar 16 va tortgich 17 bilan bog‘langan. Ajratgichni boshqarish elektr yuritma 13 PDN-1U1 bilan tortgich 12 yordamida olib boriladi. Sxemaga elektr yuritgich 13 PDN-1U1 o‘rnatilgan.



Download 27.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling