Aksiomatik metod aksiomalarga
Download 10.55 Kb. Pdf ko'rish
|
Aksiomatik metod - Vikipediya
Aksiomatik metod Aksiomatik metod — aksiomalarga asoslanib ilmiy nazariya qurish usuli. Asos qilib olingan aksiomalar tizimi (aksioma-tika) muayyan nazariy tizimda isbotsiz haqiqiy deb kabul qilinadi. Boshqa nazariy bilimlar, xulosalar toʻla ravishda aksiomatikadan deduktiv yoʻl bilan chiqariladi. Yangi tushunchalar nazariyaga formal taʼriflash yoʻli bilan kiritiladi. Aksiomalar tizimi ziddiyatsizlik, toʻlalik va bogʻliqsizlik shartlarini qanoatlantirishi lozim. Bitta ilmiy nazariyani turli aksiomalar tizimiga asoslanib ham qurish mumkin. Masalan, haqiqiy sonlar nazariyasining turli qurish usullari mavjud. Matematikada Aksiomaqadimgi yunon geometrlari asarlarida shakllana bosh-lagan. Evklidning „Negizlar“ (mil. av. 300-yillar) asarida bayon etilgan 272geometrik sistema Aksioma bilan nazariya qurish namunasidir. 19-asr ikkinchi yar-midan mat.ning turli sohalari Aksioma bilan qurila boshlandi (turli geometriyalar, arifmetika, ehtimollar na-zariyasi va boshqalar). Aksiomaning keyingi taraqqiyoti, mu-kammalashuvi D. Gilbert kiritgan for-mal sistema va formalizm metodi bilan bogʻliq. Qadimda fanlar, shu jumladan falsafaning turli bulimlarini aksiomalar tarzida bayon qilishga urinib koʻrilgan (Nyuton, Spinoza, Forobiy va boshqalar). [1] 1. "Aksiomatik metod" OʻzME. A-harfi (http:// n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_en siklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20En siklopediyasi%20-%20A%20harfi.pdf) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Manbalar Bu sahifa oxirgi marta 3-Fevral 2023, 20:10 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). "https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Aksiomatik_metod&oldid=356 9600" dan olindi Download 10.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling