Aktsim fakulteti “Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi” yo‘nalishi ii-kurs talabasi Raximov ibrohimjon Raxmatilla o‘g‘lining “Pochta aloqasi korxonalarida xalqaro pochta almashinuvi jarayonida transport vositalarining tutgan


Download 15.05 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi15.05 Kb.
#1225484
Bog'liq
почта такриз


AKTSIM fakulteti “Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi” yo‘nalishi II-kurs talabasi Raximov ibrohimjon Raxmatilla o‘g‘lining “Pochta aloqasi korxonalarida xalqaro pochta almashinuvi jarayonida transport vositalarining tutgan o‘rni” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga


TAQRIZ

Talaba Raximov Ibrohimjon Raxmatilla o‘g‘lining magistrlik dissertatsiyasi Pochta aloqasi korxonalarida xalqaro pochta almashinuvi jarayonida transport vositalarining tutgan o‘rni mavzusiga bag‘ishlangan. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalangan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Pochta aloqasi taqdim etayotgan xizmatlar qatorida xalqaro pochta jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmati sohaning daromadliligida muhim o‘rinlardan birini egallaydi va pochta aloqasining xar bir rivojlanish bosqichida o‘ziga xos tarzda shakllanib kelganligini e’tirof etish o‘rinli. Dissertatsiyasining maqsadi – “O‘zbekiston Pochtasi” AJ va uning “Xalqaro pochtamt” filialida halqaro pochta jo‘natmalari xizmatini taqdim etish holatini va ushbu jaryonda transport vositalaridan foydalanish afzalliklarini tahlil qilish va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.


Dissertatsiyaning mavzui bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri ayni vaqtda mazkur xizmat turini taqdim etishni optimallashtirish, ushbu xizmat turi bo‘yicha logistika tizimini yaxshilash va uni yo‘lga qo‘yishda qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotning birinchi bobi tarkibida Pochta aloqasi korxonalarida xalqaro pochta almashinuvi jarayonlarining nazariy asoslari ochib berilgan bo’lib, xalqaro pochta jo‘natmalari, xalqaro pochta oqimlarini tashkil etish texnologiyasi va xalqaro pochta almashinuvi jarayonlarida transport vositalarini tutgan o‘rni va ahamiyati bayon etilgan. Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “O‘zbekiston pochtasi” AJ Xalqaro pochtamt filialining pochta jo‘natmalarni qabul qilish, ishlov berish va yetkazishdagi imkoniyatlari hamda pochta aloqasi korxonalarida pochta jo‘natmalarini yetkazib berish grafiklari va jadvallari keltirib o‘tilgan. Uchinchi bobda esa Kiruvchi xalqaro pochta jo‘natmalarini harakatini tashkil etishning xorij tajribasi va pochta jo‘natmalarini transport vositalari orqali yetkazib berishda transport vositalarining xarakatini nazorat qilishning zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi shundaki, xalqaro pochta almashinuvi jarayonlarida transport vositalarining ahamiyati taxlil kilinganligi, shuningdek pochta aloqasi korxonalarining amaliy faoliyatida pochta almashinuvi jarayonlarida transport vositalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini baxolanganligi va olib borilgan tadqiqotlarga asosan “O‘zbekiston pochtasi” AJ “Xalqaro pochtamt” filialida xalqaro pochta almashinuvi jarayonlarida transport vositalarida tashish samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlash va unga bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda Raximov ibrohimjon Raxmatilla o‘g‘lining «Pochta aloqasi korxonalarida xalqaro pochta almashinuvi jarayonida transport vositalarining tutgan o‘rni» mavzusidagi dissertatsiyasini himoyaga tavsiya etaman va u ijobiy bahoga loyiq deb hisoblayman.

O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent pochtamt filiali ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari: Xusyayenova N.G
Download 15.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling