Ali lik sanoq sistemasida dan boshlab sonlarni ketma-ket probellarsiz yozib chiqdi. Agar yozilgan belgilar soni ta bo’lsa, oxiri qaysi raqam yozilgan? a b c d 3


Download 16.55 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi16.55 Kb.
#1233082
Bog'liq
9-dars uyga vazifa 2


TEST


1. Ali va Vali bittadan son o’yladi. Ali X sonini, Vali esa Y sonini taxmin qildi. Ali, Valining o’ylagan soniga 29 va Vali Alining soniga 28 ni qo'shgandan so'ng, bu sonlarning yig'indisi ikkilik sanoq tizimida olti birlikdan iborat son hosil bo’ldi. Ali va Vali o’ylagan sonlarning yig’indisini toping? (Javobni ikkilikda tasvirlang)
a) 57 b) 101 c) 100 d) 110
2. Ali 9 lik sanoq sistemasida 6 dan boshlab sonlarni ketma-ket probellarsiz yozib chiqdi. Agar yozilgan belgilar soni 25 ta bo’lsa, oxiri qaysi raqam yozilgan?
a) 2 b) 1 c) 3 d) 4
3. Ali, Vali va Soli imtihonda 3 yoki 4 yoki 5 olishdi. Quyidagi 3 ta fikrdan faqat bittasi to‘g‘ri. 1) Ali 5 baho olgan 2) Vali 3 baho olgan 3) Soli 4 baho olmagan. Ali 3 baho olmaganligi aniq bo‘lsa, ularni bahosini toping.
a) Ali – 3, Vali – 5, Soli –4. b) Ali – 4, Vali – 5, Soli –3
c) Ali – 4, Vali – 3, Soli –5. d) Ali – 5, Vali – 4, Soli –3
4. Musobaqalarda Shuhrat, Alisher, Suxrob va Davron birinchi 4 ta o‘rinni egallashdi. Ularning sinfdoshlari yig‘ilib, bahslashib ketishdi:
Malika: “Shuhrat birinchi, Davron esa ikkinchi bo‘ldi”, – dedi.
Nozima: “Shuhrat ikkinchi, Alisher esa – uchinchi edi”, – dedi.
Parvina: “Alisher to‘rtinchi, Suxrob – ikkinchi bo‘ldi”, – dedi.
Ularning suhbatini eshitgan murabbiy, qizlarning har biri bir noto‘g‘ri va bir to‘g‘ri xulosa chiqarganini aytdi. Joylar qanday ajratilgan?
a) 1– Suxrob, 2– Shuhrat, 3–Alisher, 4– Davron
b) 1– Davron, 2–Suxrob, 3–Alisher, 4– Shuhrat
c) 1–Shuhrat, 2–Suxrob, 3–Alisher, 4– Davron
d) 1–Shuhrat, 2– Alisher, 3– Suxrob, 4– Davron
5. 150 MB ma’lumotlar uzatilayotgani ma’lum bo’lsa, agar vaqtning birinchi yarmida 2 Mbit/sek tezlikda, qolgan qismi esa 6 Mbit/sek tezlikda uzatilsa, qancha vaqtda (minut) ma’lumot to’liq uzatiladi.
a) 6 minut b) 5 minut c) 7 minut d) 4 minut

6) Teng yonli trapetsiyaning o’rta chizig’i B (16-lik sanoq sistemada), yon tomoni 12 (8-lik sanoq sistemada), kichik asosi 101 (2-lik sanoq sistemada) ga teng. Trapetsiyaning yuzini 10-lik sanoq sistemada aniqlang.


A) 88 B) 89 C) 110 D) 86
7) Uchburchak katetlaridan biri 33 ga (6 lik sanoq sistemasi), ikkinchisi esa 32 ga (6 lik sanoq sistemasi) teng. Uchburchak gipotenuzasini 6 lik sanoq sistemasida toping.
A) 45 B) 44 C) 50 D) 51
8) Quyida turli sanoq sistemalaridagi sonlar mos qo‘yilgan A, B, C va D mulohazalar berilgan (qavs ichida sanoq sistemasi asosi berilgan). Rost mulohazalarga mos sonlarni ikkilik sanoq sistemasida tasvirlang. Yolg‘on mulohazalarni qiymatini aynan 0 ga teng deb oling. Ikkilik sanoq sistemasidagi 0 ni Yolg‘on, 1 ni Rost sifatida
qarab (A AND B OR C) OR D ifodaga mos mantiqiy sxema natijasini aniqlang.
A=“Morze usulida kodlashda tire uzun signalni bildiradi”=45(8)
B=“Kompyuterda 129 xil rangni kodlash uchun kamida 8 bit joy kerak”=39(10)
C=“Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner”=46(7)
D=“Yaponlarda birinchi hisoblash vositasi suan-pan”=101011(2)
A) 100011 B) 001010 C) 101010 D) 100111

9) ASCII kodlash jadvalida 2-ustun, 6-satrda joylashgan & belgisi kompyuterda qanday kodlanadi.



      1. 110111 b) 100110 c) 111000 d) 101010

10) Jadvalda so’rovlar va internetning muayyan qismlaridan topilgan sahifalar soni berilgan.

So’rov

Sahifalar soni (ming)

dekabr & yanvar & fevral

113

dekabr & yanvar

225

dekabr & (yanvar | fevral)

645

dekabr & fevral so’rovi bo’yicha necha(ming) sahifa topiladi?
a) 543 b) 453 c) 533 d) 443
Download 16.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling