Alifbe bayrami ssenariysi


Download 40.66 Kb.
bet1/2
Sana15.12.2022
Hajmi40.66 Kb.
#1008253
  1   2
Bog'liq
Alifbe-bayrami-ssenariysi-yangi yangi


ALIFBE BAYRAMI SSENARIYSI
 
Zal bayramona bazatilgan
(kuy yangraydi)
Jarchi - Eh-h-h odamlaru odamlar eshitmadim demanglar eshitganlar jilmanglar bugun 24- maktabning 1-d sinf o;quvchilarining alifbe bayrami ……


Zumrad va qimmat ertagi asosida sahna
Chol - kampir jarchi qayerga xabar aytib ketti


Kampir – voy qulog’I kar chol jarchining ovozini eshitib qayergaligini eshitmadingmi chol


Chol – shuni ham sendan surap bumaydi ey


Kampir – 24- maktabda alibbe balippe mi dedi


Chol – yaxshiku qizlarni olib bor sen ham , ular ham bir bayram ta,osha qilip kelsin, ozroq bulsa ham qimmat qizingga aqil kirip qolar zumrat qizimiz yaxshi uqiyapti


Kampir- shunday qilsammikana chol


Chol – tez buling boshlab qolgandir yana hammadan oxirida kirip bormanglar


Qimmat – ha cholu-kampir qayerga boramiz


Kampir – qizim seni maktabga bayramga olib booramiz uyerdagi bollarni kurasan,


Zora senda ham maktanga qiziqishing ortib qolar


Qimmat – yoq men hech qayerga bormayman maktab paktabingga uzing bor


Kampir- Asal qizim maktabga borsang qizlarni chiroyli kiyimlarini sher aytganlarini va uynaganlarini ko’rib qiziqip qolarsan


Qimmat – Uffff mayli yuring boraman lekin o’qishingga bormayman


Chol -Kampir – Qimmat


Chol – hop yur qaani sen ham bayram tamosha qilip balkim qiziqip qolarsan .



Oquvchilar kuy sadosi ostida davraga kirip keladi


Maktab rahbariga soz navbati

Madhiya kuylanadi



1 – boshlavchi: So’zimiz boshi salom
Ish boshidir intizom
Mehmonlarga chin dildan
Deymiz salom assalom.
2 – boshlavchi: Assalom otajonlar
Assalom onajonlar
Salomini yo’llaydi
Sizlarga bolajonlar.
1 – boshlavchi: Bugun bizning maktabda
Juda katta tantana
Bilimini namoyish
Qiladi har bir bola
2– boshlavchi: Ustozlarning o’gitin
Dilimizga joylaylik
Dilda xayajon bilan
Bayramimiz boshladik
 
1 – boshlavchi: — Salom bolalar!
Bolalar: — Assalomu alaykum!
Xush kelibsiz mehmonlar!
1 – boshlavchi: (bolalarga qarata)
Mustaqil yurtimizning
Kelajagi bolalar
Ona Vatan bag’rida
Baxtin topgan bolalar.
2 – boshlavchi: Ona yerda muhabbat
Yosh avlodning dilida
Madhiyamiz yangraydi
Bolalarning tilida
 


1 – boshlavchi:
Bu bolalar 4 oy muqaddam maktabda birinchi martda qadam bosib kelgan edilar. Bugun bilimlar mamlakatida sayr qilib yurishibdi.


2 – boshlavchi: 
 “Bilimlar mamlakati” da bemalol yurish uchun harf tanimoq, o’qish – yozishni bilish zarur. Qani, ko’raylikchi bolalar harflarni tanisharmikan?

1-boshlovchi : Qani bolajonlar bayramimiz sababchisi Alifbe kitobini chaqiraylik


Bolalar – Alifbejon kelaqol olqishlaymiz quloq sol

Davraga “Alifbe kitobi” kirib keladi.


Salom aziz bolalar Chiroyli dil lolalar Bilasizlarmi meni? Birinchi Alifbeni? Hamma bilimning boshi Bilimdonlarningjoni Meni hurmat qilsangiz Harfimni-chi bilsangiz Seving hamma kitobni Bo’lasiz so’zsiz olim. Alifbejon sengadir ta’zim Sen tufayli biyrondir so’zim. Xush bolalar aytingchi, chindan Nimalarni bildingiz mendan? Ko’p narsani kitobim Mana eshit oftobim Chiziqchalar-chizishni O’qishni va yozishni Yasha zehnli bola Nima o’rganding yana?


Bo’g’indan so’z tuzishni,
Hamda matn o’qishni.
Aytchi dono qiz qani,
Sen o’rganding nimani?
Topishmoqlar topishni,
She’r va maqol aytishni.
Shirin-shakar bolalar Bog’aro gul lolalar Alifboda harf nechta?
Bilsangiz ayting shartta.
6 ta unli tovush bor 23 ta undosh bor 3 tasi harf birikma 1 tasi tuluq belgi.

O’qituvchi:


Navbat endi sizlarga,


Jajji o’g’il-qizlarga
Boshlab sizni keng yo’lga
Tovushlar kirsin tilga.
Harflar tilga kiradi.
O’quvchi: — “Bilimlar mamlakati”
Boshlanar alifbodan
O’ttizta do’stimiz bor
Bizalrning alifbodan
Alifboni o’rgangan
Bolalar jim turmaydi
Harflar tilga kirib
Odamlarday so’zlaydi
 

A

A dan boshlab alifbo Bo’ling der doim a’lo Unlidirman unutmang Bo’lingiz doim dono.

B

Bolalarga bosh bo’lar
Sizlarga sirdosh bo’lar
Bahrom, Barno, Botirni
Yozganda yo’ldosh bo’lar

D

D man davrada doim
Dono bo’ling iloyim
Davron, Dilshod, Dilafruz
Dostdir hamisha hamro’z.

E

E demang meni ko’rib
Ehtiyot bo’ling kulib
Ekranda Erkin akam
Ertak so’zlar chinakam.

F

F harfiman men o’zim
Fahmlang har bir so’zim
Farida, Furqat, Farhod
Mendan bishlanar faqat

G

G ga quloq tutingiz
Gulzorlarga o’tingiz
Gul ushladim qo’limga.
Gilam to’shang yo’limda.

H

H man hayron bo’lmaglar
Yo’lni to’sib turmanglar
Handalak bor qo’limda
Hamrph bo’ling yo’limda.

I

I harfini bilingiz
Ishda ilg’or bo’lingiz
Iroda, Izzat, Ikrom
Istagi o’qish tamom.

J

J harfini bilasiz
Nega jahl qilasiz?
Jamila, Jasur, Javlon
Jo’jani quvdi chunon.

K

K dan koptok yozamiz
Katta bo’lsak o’zamiz
Kattani aylang hurmat
Keladi baxt – saodat.

L

L dan lola yozamiz
Limuzinda o’zamiz
Latif, Laylo, Latofat
Loqaydlikka yo’q toqat.

M

M dan yozilar maktab
Mening do’stimdir kitob
Murod, Maqsud, Mo’tabar
Madina maktub yozar.

N

N harfini bilamiz
N siz nima qilamiz?
Noz – ne’mat non bo’ldi
Ochil dasturxon bo’ldi.

O

O oyga o’xshar ekan
Osmonda uchar ekan
Obid, Olim, Ozoda
Ostonang bo’lsin toza

P

P harfiman bilingiz
Kuzda paxta teringiz
Po’lat, Parfi, Pokiza
Paxta teringiz toza.


Raqs



Q

Q dan qayiq yozamiz
Qayerlarga suzamiz
Qishda qarg’a uchadi
Qarang, qorni quchadi.

R

R ga ruxsat beramiz
Rasm so’zin yozamiz
Ra’no, Rahim, Ruhsora
Dono, aqlli bola.

S

S man soatga boqing
So’zining mag’zin chaqing
Sobir, Said, Surayyo
So’zdan adashmang aslo.

T

T man tanib olursiz
To’maris deb yozursiz
Toshkent ona shahrimdir
T harfidan yozgumdir.

U

U man uchrab ko’p so’zda
Sizga tanish bo’laman
Uzum, ummon, Umida
So’zlarini yozaman.

V

Men V durman bilursiz
Varrak so’zin yozursiz
Vasila, Vohid, Vail
Yozing kelganda gali.

X

Qattiq X derlar meni
Yozgum taxta, paxtani
Xo’roz, xona, xola ham
Men bilan bo’ladi jam.

Y

Y man balki bilursiz
Yo tanimay qolursiz
Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb
Mendan boshlab yozursiz.

Z

Z deydilar otimni
Bilasizmi zotimni
Zuhra, Zahro, Zokirjon
Mendan boshlanur chunon

O’

O’ deydilar har zamon
O’tir, o’rtoq bo’laman
O’zbekiston so’zini
Faxr bilan yozaman.

G’

G’ harfini tanirsiz
G’ayrat bilan o’qirsiz
G’ani, G’ulom, G’afurning
G’amini yo’qotursiz.

Sh

Sh harfiman bilasiz
Shoshib – shoshib kelasiz
Shokir, Shahzod, Shadmonni
Shogirtlikka olasiz.

Ch

Ch man tanib olingiz
Charchoq bilmay qolingiz
Chollarni chaman qilib
Chaqqon – chaqqon bo’lingiz.

Ng

Ng bordir singilda
Yoki biror ko’ngilda
Tongda dengizda suzdim
Daladan bordring uzdim.



Tutuq qo’yib yozaman
Unlini sal cho’zaman
Ra’no, ma’no, a’lodir
Yaxshi bola donodir.

 
 
Alifbe:
Bolajonlar siz mendan
Ko’p narsalar bilibsiz
Duru gavhar teribsiz
Ruxsat etti siz bilan
Hayrlashib ketaman
Do’stim o’qish kitobni
Endi taklif etaman

Hamma:

Hayr Alifbejonim
Rahmat yo’llab qolamiz
Omon bo’lgin biz senga
Oq yo’l tilab qolamiz

“O’qish”, “Matematika” kitoblari kirib kelishadi.


O’quvchi: o’rin yo’q toliqishga


Kirishaylik tez ishga
Tanishaylik siz bilan
So’z beraylik o’qishga
Chorla o’qish kitobi

“O’qish” kitobi.


Menman “O’qish” kitobi.
“Alifbenning o’rtog’i”
Tez va ravon o’qishni
Butunlay unitasiz
Kechikishni tashvishni
Goho kulasiz shodon
Goho o’ylab qolasiz
O’zim ustoz bilimdon
O’qib dono bo’lasiz.

Hamma:
Kitobim xush kelding sen


Didim xushnid etting sen

“O’qish” kitobi.


Men bir chuqur quduqman
Limmo-limdir suvlarim
Qonib qonib ichasiz
Bahoingiz 5 do’stlarim
Faqat bo’yab yuzumn
i Iflos qilib qo’ymangiz
Yirtib zar varag’imni
Ko’p uyatga qo’ymangiz

. Hamma:


Kitobim bo’l xotirjam
Ozor bermaymiz hech ham
 
1-boshlovchi :
Muborak ayyomingiz,
Dillar quvonchga to’lsin
Alifbe bayramingiz
Barchaga qutlug’ bo’lsin

O’qituvchi: Qani menga aytingchi biz qayerda yashaymiz?


O’quvchilar: O’zbekistonda.
O’qituvchi: O’zbekiston qanaqa davlat?
O’quvchilar: Mustaqil Davlat
O’qituvchi: 2022-yilda O’zbekistonning necha yilligini nishonladik?
O’quvchilar: 33 yilligini.
O’qituvchi: O’zbekiston mustaqil bo’lganidan keyin o’zining nimalariga ega bo’ldi.
O’quvchilar: Bayrog’i, tamg’asi, madhiyasiga. Shundan so’ng o’quvchilar bayroq, tamg’a va madhiyani madh etib she’rlar aytishadilar.
O’zbekiston bayrog’i,
Hilpirar to’rt xil rangda.
O’zbegim madhiyasi
Yangraydi har kun tongda.
Tamg’asida baxt ramzi
Xumo qushi aks etgan.
Paxtasining dovrug’i
Butun johonga yetgan.
Bayroqdadir to’rt xil rang,
Barcha rangda ma’no bor.
Boshidan ta’riflang-chi
Bilurmisiz bolalar?
Tamg’amizda tog’lar bor,
Daryolar bor, bog’lar bor.
O’ng tomoni paxtazor,
Chap tomoni bo’g’doyzor.
Chambarakga o’ralgan,
Vodiy uzra quyosh bor.
Hurligimizning ramzi,
Humo degan qushi bor.
O’qituvchi: Balli bolajonlar barchasiga ekansiz tanish.

Shundan so’ng o’quvchilar, “Vatanim-jon-Vatanim” qo’shig’ini aytishadi.


“Vatanim-jon-Vatanim”


“Vatanim-jon-Vatanim”
Ko’zim quvnab ko’rganim
Istiqloldan kulganim
O’zbekiston gulshanim.
Barcha olib bag’ringda,
Ulg’ayganman mehringdan.
“Vatanim-jon-Vatanim”
O’zbekiston gulshanim.
Sen o’xshaysan onamga,
Maqtay butun olamga
“Vatanim-jon-Vatanim”
O’zbekiston gulshanim.


Vatan haqida raqs 
1 – boshlavchi: Barakalla, bolalar biz ko’rdikki, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz.
2 – boshlavchi: — Lekin shu harflarni qo’shib so’zlar ham yoza olasmi?
1 qizcha chiqadi: — Albatta, biz harflarni qo’shib o’zimiz uchun sevimli bo’lgan. Vatan, ota, ona, uztoz, yurtboshi kabi so’zlarni hech qiynalmay yoza olamiz. Marhamat hozir sizlar buning guvohi bo’lasiz.
Qoshiq.
 
1 – o’quvchi: Bizni bag’riga bosgan
Bolalar yayrab o’sgan
Yuksalaver yildan – yil
O’ZBEKISTON – JON VATAN
 
2 – o’quvchi: Farzandiga jon fido
Tinib – tinchimas also
Bardam salomat bo’ling
OTA – ONAM doimo.
3 – o’quvchi: Bilimlar mamlakatin
Makon aylagan bizda
Ta’zimu rahmat deymiz
Sizday aziz USTOZga.
4 –o’quvchi: Yosh avlodni o’ylagan
Baxtimizni so’ylagan
Sog’ omon bo’lsin boshi
Rahmat senga YURTBOSHI.
 
5– o’quvchi: Bilim olish yoqadi
Demaylik charchadik sal
Barcha undan olamiz
Ishoning doim 100 BALL.
6 – o’quvchi: Qo’limizda bor kitob
Yuzumiz qo’yo oftob
Bizni doim bezaydi
Go’zal xulq, yaxshi ODOB.
7 –o’quvchi: Bo’lsin doim osuda
Ona – zamin albatta
Osmon bo’lsin MUSAFFO
Biz sevgan ona yurtida.
8 – o’quvchi: Bizlar maktab qo’ynida
O’qib, olamiz bilim
Kelajakni bolaylik
Yurtga kerakli OLIM.


 “O’zbekiston” so’zini hosil qilishadi.
O’ - O’zligim topdi hur o’zbek elim
Z - Zuhraday charaqlar porloqdir yo’ling
B - Baxt qushi boshimda, maqsadim ulug’
E - Erkim o’z qo'limda niyatim qutlug’
K - Kamolot cho’qqisi nuqtamiz oxir
I - Insoniyat o’yi ezgulik, axir
S - Sadoqati iymon ish sabr-bardosh Savodxonlik bayrami
T - Totuv yashar xalqlar yelkadosh qardosh
O - Olamni asraylik tinch bo’lsin jahon
N -Nomi tilda doston,jon O’zbekiston


Boshlovchilar chiqishadi.

Download 40.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling