Alisher Navoiy nomidagi Samarљand Davlat universiteti «Sosiolingvistika» ilmiy laboratoriyasi mudiri


Download 17.79 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi17.79 Kb.
#221091
Bog'liq
tavsifnoma


Alisher Navoiy nomidagi Samarљand Davlat universiteti

«Sosiolingvistika» ilmiy laboratoriyasi mudiri,

filologiya fanlari doktori, amaliy tilshunoslik,

o`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi kafedrasi

professori, ilmiy kotib Abduvali Abdusaidovning ilmiy,

o`quv, tashkiliy faoliyatiga



TAVSIFNOMA

Abdusaidov Abduvali, 1957 yil 28 iyulda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Qirqdarxon qishlog’ida tug’ilgan, o`zbek, oliy ma’lumotli, partiya a’zosi emas. 1979 yilda SamDUning o`zbek va tojik filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatib, Oqdaryo tumanidagi o`rta maktabda uch yil o`zbek tili va adabiyoti fani o`qituvchisi sifatida ishladi. 1982 yil iyunidan SamDU tahrir-nashriyot bo`limi muharriri, 1986-93 yillar tahrir-nashriyot bo`limi mudiri sifatida mehnat qilgan. 1989 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1999 yilgacha SamDU bosh ilmiy kotibi lavozimida ishlagan.

1999 yil mart oyidan 2004 yil avgustgacha O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand bo`limi bosh ilmiy kotibi, raisning ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari sifatida mehnat qilgan.

2004 yil avgustidan dekabr oyigacha SamDU ilmiy kotibi, so`ng 2005 yil aprel oyigacha o`zbek filologiyasi fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi va amaliy tilshunoslik, o`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi kafedrasi dosenti lavozimlarida ishladi. Shu muddatda fakultetda 5 ta turli mavzulardagi ilmiy anjumanlarni yuqori saviyada tashkil etdi. Davomot va talabalar bilimini nazorat qilishni talab darajasida tashkil etishga erishdi va jamoani uyushtira oldi. Uning tashabbusi bilan fakultetda o`quv zali (qiroatxona) ochildi va faoliyat ko`rsata boshladi. U talabalarga «O`qituvchining nutq madaniyati», «Nutq madaniyati asos-lari» fanlaridan, «Tanlanma fan: nazariy grammatika», «O`zbek tilining ijtimoiy mohiyati» maxsus kurslaridan mahorat bilan ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar olib boradi.

2005 yil 6 mayda O`zR FA Til va adabiyot instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda doktorlik disserta-siyasini himoya qildi. 1990 yildan buyon o`zbek tili va adabiyoti, jurnalistika va tahrir nazariyasi, o`zbek tilshunosligi kafedralarida assistent, katta o`qituvchi, dosent lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. 2004 yildan amaliy tilshunoslik, o`zbek tili va adabiyot o`qitish metodikasi kafedrasi dosenti, 2008 yil 2 sentyabrdan, universitet ilmiy kengashida tanlovdan o`tib, professor hamda universitet ilmiy kotibi lavozimlarida ishlab kelmoqda. Matbuot tili va o`zbek tilining ijtimoiy mohiyati masalalariga bag’ishlangan 3 ta monografiya, 80 ga yaqin ilmiy maqola, 13 ta o`quv qo`llanma, 30 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar nashr etgan.

U 2004 yil avgustidan SamDU Ilmiy kengashi, o`zbek tilshunosligi kafedrasi qoshidagi nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari muhokamasi uchun mo`ljal-langan seminarning faol a’zosidir. 2005 yil oktyabridan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo`mitasi eksperti sifatida parlamentning qonun ijodkorligi va qonunlar ijrosiga bag’ishlangan nazorat-tahlillarda faol qatnashib kelmoqda. Bir nechta qonunlarning Jizzax, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari, turli vazirliklarda ijrosi bo`yicha nazorat tahlillarda faol ishtirok etib, bu sohada ham mahoratini ko`rsata oldi.

A.Abdusaidov hozirgi davr talabini yaxshi idrok qilgan holda faol, vijdonan, tashkilotchilik bilan mehnat qilmoqda, hujjatchilik sohasida yuqori kasb mahoratiga ega. E’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi istiqlol davri talablariga to`la javob beradi. O`zining mehnatsevarligi, talabchanligi, to`g’riso`zligi, hozirjavobligi, mas’uliyatni yaxshi his etishi, bilim-donligi, atrofidagilarga mehribonligi va doimo yordamga tayyorligi bilan jamoamizda, shahar jamoatchiligi orasida yaxshi obro`-e’tibor qozongan. U yaxshi oila boshlig’i hamdir, turmush o`rtog’i bilan birga 3 nafar farzandini tarbiyalamoqda.

Ushbu O`zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKga taqdim etish uchun berildi.




Samarqand Davlat universiteti

rektori, professor (imzo) T.Sh.ShIRINOV

2009 yil 21 may
Download 17.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling