Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi


Download 33.5 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1603084
  1   2   3
Bog'liq
Alisher Navoiy tavalludiga bag


Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi
G‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan “Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” nomli kecha dasturi

“Kecha o‘tkaziladigan joy bayramona bezatilgan bo‘lib, sahna to‘rida Alisher Navoiy portreti qo‘yilgan, uning bir yonida siyohdon, qalam va ikkinchi tomonida sham qo‘yilgan. Sahnada Alisher Navoiyning “Xazoyinul – maoniy” asaridagi 4 ta devoni, “Xamsa”, “Lison ut – tayr” va bir qancha asarlari, har xil ko‘rgazmalar, bukletlar va shiorlar qo‘yilgan.



1 – boshlovchi:
Asrlar yangragan, eng jo‘shqin ovoz,
Mustaqil bot berdi, sizga sharaf – shon.
Siz bitib tikladingiz she’r,
Xalqingizni doston ayladingiz.
Ham yana forsiy aro,
O‘zingizga gulzor tanladingiz.
Xalq uchun tortib stam,
Dillarni dilga bog‘ladingiz.
Xushstam, shirin kalam,
Foniy, Navoiy, Assalom.


2 – boshlovchi:
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi boblar,
Ular ketdi, sen qolding tilim!
Belanchaging uzra Qoshqariy,
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringa,
Dil qonuni berdi Navoiy.


1 – boshlovchi: Assalomu alaykum davramiz mehmonlari – bilimga chanqoq o‘quvchilar. Mana bugun biz buyuk o‘zbek shoiri mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “G‘azalxonlik” kechasi o‘tkazmoqdamiz.


2 – boshlovchi: Alisher Navoiy bobomiz 1441 - yil 9 - fevralda ya’ni hijriy 844 yil ramazon oyining 17 - chisida Xurosonning markazi bo‘lgan Hirotda dunyoga kelgan.
Hofizlar xonishida,
G‘azal – u rubiyingiz.
Ashoringiz satriga,
Sirdosh bo‘lib keldim.


1 – boshlovchi: Endi o‘quvchilar tomonidan g‘azallar tinglang.


1 – o‘quvchi:
Suvdurur bag‘rimki, paykoni ko‘nguldan chekti tosh,
Nam havoda sabza chiqqondek uchidin donaning.
Yiqmadi ko‘k gunbazin yog‘ib havodis yomg‘uri,
Kim suvar erkin chiqib tomini bu koshonaning?
O‘qlaring chok ettilar har yon Navoiy ko‘nglini,
Yo‘llar etgandek yog‘in devorini vayronaning.


2 – o‘quvchi:
Ko‘rgali husningni zor – u mumtalo bo‘ldum sanga,
Ne baloliq kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
Har necha dedimki, kun – kundin uzay sendin ko‘ngul,
Vahki, kun – kundin batarrak mumtalo bo‘ldim sanga.


3 – o‘quvchi:
Men qachon dedim, vafo qilg‘il manga - zulum aylading,
Sen qachon deding, fido bo‘lg‘il manga – bo‘ldim sanga.
Qay pari paykarg‘a dersan, telba bo‘lding bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang, qil manga, bo‘ldum sanga.


4 – o‘quvchi:
Ey ko‘ngil, tarki nasihat ayladim, ovora bo‘l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Jomi jam birla Xizr so‘yi nasibimdur mudom,
Soqiyo, tarki joh aylab gado bo‘ldim sanga.
G‘ussa chang‘iddin Navoiy topmadim ushshoq aro,
To Navoiydik asir – u benavo bo‘ldim sanga.

1 – boshlovchi: Shukurki Navoiy asarlarini sevib o‘rganilayorgan dorilomon zamonda yashayapmiz. Istiqlolimiz tufayli ulug‘ bobokalonimiz yaratgan necha minglab shoh g‘azallarning, dostonlarning asl ma’no va mohiyati jonkuyar olimlarimiz tomonidan qaytadan sharh etilmoqda.
Bilmak Navoiyni – bu zo‘r ma’rifat nishoni,
Bilmak Navoiyni – bu yuksak eltar oni.
Bilmak Navoiyni – bu o‘z nafi yo‘q ziyoni,
Bilmak Navoiyni – bu oynai jahoni.



Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling