Amaliy mashg’ulot-18. Temir-beton tirgak devorlarni loyihalash va hisoblash
Download 1.41 Mb.
|
Temirbeton tirgak devorlar
Amaliy mashg’ulot-18. Temir-beton tirgak devorlarni loyihalash va hisoblash. 1. Burchaksimon temir-beton tirgak devorlarni hisoblash 2.Qovurg’ali burchaksimon temir-beton tirgak devorlarni hisoblash asoslari. Tirgak devorlarning hisobi quyidagi holatlar uchun amalga oshiriladi: qurilish, ta’mirlash va ulardan oqilona foydalanish shartlari bo’yicha. Bunda asosan ikki turdagi yuklarni, ya’ni asosiy va maxsus yuklarni birgalikdagi ta’siri e’tiborga olinadi. Hisobiy yuklarni tirgak devorga bir vaqtning o’zida birgalikdagi ta’siri har bir hisoblash holati uchun alohida belgilanadi. Tirgak devorga ta’sir etadigan yuklarning turlari va yo’nalishi 6.10-rasmda ko’rsatilgan. Tirgak devorning xususiy og’irlik kuchi uning dastlabki belgilangan o’lchamlari va temir-betonning solishtirma og’irlik kuchi bo’yicha hisoblab topiladi. Tirgak devorning poydevor plitasiga ta’sir etadigan suvning filtrasiya bosimi U qurilish maydonchasi atrofidagi drenaj qurilmalarini joylashuviga va ishlashiga bog’liq holda filtrasiyani aniqlashga qaratilgan hisoblashlar orqali aniqlanadi. Poydevor plitasining oldi va orqa tomoniga ta’sir etadigan gruntning vertikal bosimlari ( va ) alohida-alohida hisoblab topiladi. Tirgak devorga yon tomonlardan ta’sir etadigan gruntning bosimlari qurilish mexanikasining qoidalari bo’yicha tirgak devorda yuzaga keladigan siljishlarning yo’nalishiga va miqdoriga bog’liq holda hisoblab topiladi. Bunda uchta holat bo’lishi mumkin: 1) tirgak devor grunt tomondan siljisa, gruntning faol (aktiv) bosimi (Qa) aniqlanadi, ya’ni o’pirilish prizmasining shakllanishi hisobga olinadi; 2) agar tirgak devor gruntga nisbatan siljimasa, ya’ni qo’zg’almas holatda bo’lsa, gruntning tinch holatdagi bosimi (Qo) hisoblab topiladi, 3) tirgak devor grunt tomonga siljiydi deb gruntning passiv bosimi (Qr) hisoblab topiladi. Tirgak devorning siljishi yuklar ta’sirida zamindagi gruntning deformasiyalanishi yoki tirgak devor konstruksiyasini deformasiyalanishi hisobiga yuzaga kelishi mumkin. Aksariyat hollarda tirgak devorlarni loyihalashda asosan gruntning faol va passiv bosimlarini hisoblab topish talab etiladi. Nazariy hisoblashlarda bog’lanmagan strukturali gruntlar uchun gruntning faol bosimini I-I vertikal tekislikka ta’sir etadigan gorizontal bosim deb qarashga ruxsat etiladi. Bunda tirgak devorning 1 m uzunligiga N chuqurlikda ta’sir etadigan grunt bosimining intensivligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Tirgak devorga ta’sir etadigan gruntning to’liq bosimi esa quyidagicha hisoblab topiladi: bu erda – gruntning solishtirma og’irligi; – gruntning ichki ishqalanish burchagi. Agar o’pirilish prizmasiga teng taqsimlangan yuk ( ) ta’sir etsa, u balandligi bo’lgan ekvivalent grunt qatlami bilan almashtiriladi. Bunda Tirgak devorning oldi va orqa tomoniga ta’sir etadigan boshqa kuchlarning (filtrasion bosim to’lqin ta’siri, muz bosimi va h.k) gorizontal tashkil etuvchilari (F1va F2) me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlanadi. Tirgak devorlarni hisoblashda asosan ularning ustivorligi, poydevor plitasining ostki yuzasi orqali gruntga uzatilayotgan bosim miqdorlari, tirgak devor elementlarining mustahkamligi va darzbardoshligi tekshiriladi. Agar inshoot uzunligini uning poydevor plitasi kengligiga bo’lgan nisbati 3 dan katta bo’lsa, hisoblashlar tirgak devorning 1 m uzunlikdagi elementar bo’lakchasiga nisbatan amalga oshiriladi. Tirgak devorlarning umumiy ustivorligini tekshirishda ag’daruvchi va siljituvchi kuchlarning hisobiy qiymatlari yuk bo’yicha ishonchlilik koeffisienti bilan, tutib turuvchi kuchlarning hisobiy qiymatlari esa koeffisienti bilan qabul qilinadi. Siqiluvchan dispers gruntli zaminlarga o’rnatilgan tirgak devorlar tekislik bo’yicha siljishga va zamindagi gruntning bir qismi bilan birga silindr sirti bo’yicha siljishga hisoblanadi. Gorizontal tekislik bo’yicha siljishda tirgak devorning ustivorligi quyidagi shart bo’yicha tekshiriladi: bu erda – mos ravishda vazifasi bo’yicha ishonchlilik, yuklarni birgalikda ta’sir etish va ishlash sharoiti koeffisientlari. Yuqoridagi koeffisientlarning qiymatlari QMQ3.07.01-96 daryo gidrotexnika inshootlari; bo’yicha aniqlanadi. – siljituvchi kuchning hisobiy qiymati; – inshootni siljishdan tutib turuvchi kuchning hisobiy qiymati; – oldi tomondan ta’sir etuvchi gruntning passiv bosimi; – barcha vertikal kuchlarning yig’indisi; va S – siljish tekisligidagi gruntning ichki ishqalanish burchagi va grunt zarrachalarining solishtirma bog’lanishi; qolgan qiymatlar 6.10-rasm bo’yicha aniqlanadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling