Amaliy mashg‘ulot №6 Mavzu: Aerodrom qurilishida yer ishlarini taqsimlash grafigini tuzish va yer mashina‑mexanizmalar otryadining optimal tarkibini tanlash (4 soat) Ishning maqsadi


Download 16.47 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi16.47 Kb.
#1801057
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot № 6.1


Amaliy mashg‘ulot №6
Mavzu: Aerodrom qurilishida yer ishlarini taqsimlash grafigini tuzish va yer mashina‑mexanizmalar otryadining optimal tarkibini tanlash (4 soat)
Ishning maqsadi: Talabalarni aeroportlarda aerodrom xizmatini strukturasini shakllantirish va ularda ishni tashkil qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish. aeroportlarda aerodrom xizmatini strukturasini shakllantirish va ularda ishni tashkil qilish.
Ishni bajarish tartibi: Aerodromlar uchishlar uchun doim yaroqli holda turishini ta’minlash maqsadida FA vazirligida maxsus «aerodrom xizmati» (bo‘limi) tashkil qilingan, u «yer usti inshootlar boshqarmasi» (euib) ga bo‘ysunadi. bu boshqarma yer usti inshootlarining ekspluatatsiya xizmatlari ishiga tayanadi.
Aerodromlar qurilishining o‘ziga xos asosiy xususiyati ishlarning nisbatan uncha katta bo‘lmagan maydonda mujassamlanganligidadir. Bu Hol qurilish bosh rejasining mukammal ishlab chiqilishini va avtomobillar keladigan yo‘llar aniq tashkil etilishini talab qiladi. Aerodrom qurilish ob’ekti sifatida ko‘p majmuali bo‘lib, u erda ko‘plab ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari ishlaydi. Qurilish maydonlarining va aerodrom Qurish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, aerodrom Qurish ishlarining umumiy tavsifi aeroportlar-aerodromlar sinfiga ko‘ra ancha farq qiladi. Masalan, er qazish va tekislash ishlari V-D sinfi uchun 60 ming m3 dan 1-A sinfi uchun 600 ming m3 gacha o‘zgaradi, ya’ni 10 baravar ko‘p; sun’iy qoplamalar maydoni, yuqorida keltirilgan sinflar uchun mos ravishda 53 dan 760 m2 gacha, ya’ni deyarli 14 baravar o‘zgaradi. Katta va kichik chuqurlar Hamda ko‘tarmalar uchish maydonida notekis joylashadi va ularning o‘zaro joylashuvi bir-biriga yaqin yoki tarqoq Holda bo‘ladi. Aerodromlar loyiHalari bo‘yicha erning tik yo‘nalishda tekislash va tuproqni surish ishlarini statistik ishlash natijalari shuni ko‘rsatadiki, maydoni 0,1 - 4,0 ga bo‘lgan yaxlit joylar 85% ni, er qazish ishlarining umumiy Hajmi esa ko‘pi bilan 50% ni tashkil etar ekan. Er qazish ishlarining qolgan 50% maydoni 4 ga dan katta bo‘lgan yaxlit joylarning 15% foiziga to‘g‘ri keladi. Bitta aerodrom qurilishida quyidagi asosiy ishlar bajarilishi lozim:
- o‘simlik o‘sadigan 50-150 ming m3 Hajmdagi tuproqni kovlab olish, 75-100 metr masofaga surib borish va bir erga vaqtincha to‘plab qo‘yish, er qazish ishlari bajarib bo‘lingandan so‘ng, uni mustaHkam chim qoplamalar talab etiladigan joyga yoyish;
Yerni kovlab 60-600 ming m3 (ayrim Hollarda esa 1-2 mln. m3 gacha) Hajmli chuqurlar (rezervlar) Hosil qilish, kovlangan tuproqni 200-1500 metr masofaga surib borib, bir erga to‘plash, o‘yilgan tuproqni qatlam-qatlam joylashtirish va talab etilgan zichlikka erishguncha zichlash;
Tuproq uyumi va chuqurning sirtini, shuningdek uchish maydonini tekislash va chim qoplama hosil qilish maqsadida agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
Xandaqlar kavlash va agar zarur bo‘lsa, ularning devorlarini mustaHkamlash, zax qochirish quvurlarini yotqizish va xandaqlarni yana tuproq bilan to‘ldirib, zichlash, zovur zax qochirish tarmog‘i, quduqlar, ariqlar hamda qurilish inshootlari qurish.
Aeroportning «Aerodrom xizmati» quyidagi vazifalarni bajaradi: FA vazirligi, boshqarmalari va birlashgan aviaotryad rahbariyatining aerodromlarda uchish xavfsizligini ta’minlash, yil va sutkaning istalgan vaqtida ekspluatatsiyaga tayyor turish bo‘yicha ko‘rsatmalarini, buyruqlarini bajarish; aerodrom inshootlarining saqlanishi va uzoq muddat xizmat qilishiga tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar ko‘rish; inshootlarni ekspluatatsiya qilishning ilsor usullarini umumlashtirish va mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish; uchish maydoni, sun’iy qoplamalar, suv chetlatish va drenaj sistemalar, ichki yo‘llar, vokzal maydonlarining joriy va kapital remontini tashkil etish; uchish maydonlarida boshqa bo‘limlar bajaradigan ishlarni muvofiqlashtirish; uchish maydonining holati va u yerda bajarilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berish; «xizmat» ning xodimlarini o‘qitish va tegishli sinovdan o‘tkazish; aerodromni tutib turish va ta’mirlash uchun ajratilgan materiallarni to‘tsri saqlash va tejamli ishlatish; yuqori darajada intizom va mas’uliyatni har bir xodimdan talab qilish: xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Uchish maydonidagi har qanday ish aerodromning uchishlar bo‘yicha rahbari (dispetcher) ning ruxsati bilan bajariladi.
Aerodromni doimiy ekspluatatsiya holatida saqlash, texnika vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash, shaxsiy tarkibning ishlab chiqarishdagi ehtiyojlarini qondirish uchun «Aeroportning aerodrom xizmati bazasi» (AAXB) tashkil qilinib, binolar, inshootlar, maxsus maydonchalar va mexanizatsiya vositalari kompleksi yaratiladi. Kompleks uchish maydoniga yaqin yerda joylashtiriladi va hududi devor (to‘siq) bilan o‘raladi, zarur yo‘laklar qoldiriladi. Bazaning joylashuvi aeroportning boshqa xizmat bo‘limlari bilan muloqot uchun, transport vositalari uchun qulay bo‘lishi kerak. Baza hududining o‘lchamlari aeroport klassiga, aerodromni ekspluatatsiya holida tutish ishlari, joriy ta’mir ishlari hajmiga bog‘liq holda hisoblab topiladi.
Bazaning binolari, inshootlari tarkibiga xizmat qilish xonalari, omborlari, ayvonlar, maydonchalar kiradi. Xizmat xonalari: ma’muriy bino, ustaxonalar, omborlar, ayvonlar. Sun’iy qoplamali maydonchalarda mashina, mexanizmlar saqlanadi. Bitum yeritadigan, qum saqlaydigan maydonchalar ham zaruriy, hajmi 100 m3 dan kam bo‘lmagan suv havzasi, yonsinga qarshi vositalar kerak (har 1 ga maydon uchun). Issiq va sovuq suv, elektr, telefon, radioaloqa, kanalizatsiya, isitish tarmoqlari bo‘lishi kerak.
Maxsus mashinalar turadigan joylar soni shunday mashinalar va mexanizmlar soniga bog‘liq. Ko‘zda tutilmagan avariya holatlariga tayyor turish uchun tekkizilmaydigan zaxiralar bo‘lishi kerak.
Rahbar shaxslarning vazifasi uchish maydonlarini havo kemalarining muntazam va xavfsiz uchishiga tayyor holda tutishdan iborat.
Boshliq o‘rinbosarining vazifalari: uchish maydonlarini yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar va buyruqlar talabiga mos holda ekspluatatsiya holida tutish va ta’mir qilish ishlariga rahbarlik; boshqa muassasalar bilan birga ekspluatatsiya qilinadigan aerodromlar bilan bog‘liq texnik va tashkiliy masalalarni hal qilish.
Yerusti inshootlari bo‘limining boshlig‘i, bosh muhandis, ekspluatatsiya muhandisi vazifalari: uchish maydonlarini tutish, ta’mirlashga rahbarlik qilish va ekspluatatsiya talablari bajarilishini nazorat etish; aerodromlarni davlat qaydnomasidan o‘tkazib, hisobga olish; uchish maydoni holati bo‘yicha uchishlarning kechiktirilishi va bekor qilinishi holatlarini kamaytiradigan tadbirlar ko‘rish; aerodrom atrofidagi qurilishlarni kelishgan holda yo‘lga qo‘yish, qurilishlar sharoitlariga talablarni nazorat etish, FA bilan kelishilmagan qurilishlarga yo‘l qo‘ymaslik.
Aeroport boshlig‘ining vazifalari: uchish maydonlarini tayyorlaydigan va uchishlarni bajaradigan bo‘limlar ishini muvofiqlashtirish va uchish ishlarini ta’minlash; uchish maydonini tayyorlash uchun vaqt ajratish; uchish maydonida havo kemalarining harakatini tashkil etish va shikastlanishining oldini olish; yerusti xizmatlarining aybi bilan uchishlar muntazamliligi buzilishi holatlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Maxsus transport xizmati boshlig‘ining vazifalari: aerodrom xizmati ixtiyoriga tezkorlik bilan zaruriy miqdorda, ishga yaroqli texnika vositalarini etkazib berish; aerodrom xizmati bilan birgalikda aerodrom kolonnasi haydovchilarini tayyorlash va ularni mavjud qoidalarga muvofiq holda uchish maydonlariga qo‘yish; haydovchilar va mashina-mexanizmlar tarkibida qo‘shimcha zahira imkoniyatlarini topish (qalin qor yoqqan kezlari).
Aerodrom xizmati boshlig‘i, katta muhandis, muhandis, texnik aerodromni ekspluatatsiya qilish talablarini bilishi va bajarishi, uchish maydonlari ekspluatatsiyaga doim tayyor turishi uchun tadbirlar ko‘rishi va ularning holatini nazorat qilishi kerak.

Nazorat savollari:

  1. Bazaning binolari qanday turlarga bo’linadi?

  2. Aeroportning «Aerodrom xizmati» qanday vazifalarni bajaradi?

Download 16.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling