Amaliy mashgʻulot-9 Kristallarning tuzilishini rentgenografik usullar yordamida aniqlash


Download 8.7 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi8.7 Kb.
#1824111
  1   2
Bog'liq
Amaliy mashgʻulot-9 Kristallarning tuzilishini rentgenografik us-fayllar.org


Amaliy mashgʻulot-9 Kristallarning tuzilishini rentgenografik usullar yordamida aniqlash

AMALIY MASHGʻULOT-9
Kristallarning tuzilishini rentgenografik usullar yordamida aniqlash.
Kristall holatdagi moddalar moddalar debaegrammalarda odatda har hil intensivlikka ega boʻlan halqalar hosil qiladi.
Kristall holatdagi modda oʻzining tuzilishiga bogʻliq ravishda tekisliklar orasidagi masofalar va intensivlikka ega boʻladi. Teksliklar orasidagi masofalar va intensivlikni kartoteka ma’lumotlari bilan solishtirish asosida kristallning fazoviy tarkibini rentgenografik usullar yordamida aniqlash mumkin. Rentgen usulining aniqlik darajasi koʻpgina faktorlarga moddadagi atomlarning nurlarini qaytarish xususiyatiga asoslangan. Butun aralashmaning va tekshiralayotgan moddaning rengen nurlarini yutish koeffitsientiga, kristall panjaraning mukammalligiga, kristallarning oʻlchamiga bogʻliqdir.
Rentgen nurlarining kashf etilishi, yaratilgan turli usul va jixozlar ning qoʻllanilishi fizika, kimyo, tibbiyot va ayniqsa texnika fanlari (metallar
texnologiyasi, metallurgiya, mashinasozlik)ga imkoniyatlar ochib berdi.
Rentgen nurlari 0,01-0,00001 mk yoki 10 -10 А toʻlqin uzunligiga ega boʻlib, ular yorugʻlik nurlari kabi elektromagnit tabiatga ega. Rengten nurlari birinchi marta Rentgen tomonidan ikkita elektrod kavsharlangan shisha naychadan iborat havoni 10-5 mm simob ustuni bosimida soʻrib olinishi va undan elektr toki oʻtkazilishi orqali hosil qilingan. Oʻrnatilgan elektrodlardan oʻziga xos, koʻzga koʻrinmaydigan nurlar chiqishi qayd etilgan.
Rentgen nurlari kvant nurlari qatoriga kiradi, ta’siri gamma nurlari kabidir. Bu nurlarning xidi yoʻq. Ular rangsiz boʻlib, buyumlar ichiga kirishi, singish, tarqalish, yoritish, fotokimyoviy ion hosil qilish, biologik ta’sir koʻrsatish kabi xossa - xususiyatlaprga ega.
Rentgen nurining turli modda va jismlar ichiga kirish xususiyati nur toʻlqinlarining uzunligiga bogʻliq. Agar nur tarkibida “qattiq”, ya’ni toʻlqin uzunligi kichik nurlar koʻp boʻlsa, ichiga kirish “yumshoq” (toʻlqin uzunligi uzun) nurlarga nisbatan koʻproq boʻladi.
Rentgen nurlarining intensivligi turli modda va jismlardan oʻtayotganda oʻzgaradi. Bu ularning qalinligi, qattiqligi, solishtirma ogʻirligi va kimyoviy tuzilishiga bogʻliq. Gaz va havo rentgen nurlarini singdirmay hammasini oʻtkazib yuboradi. Lekin bariy sul’fat yoki qoʻrgʻoshin koʻp nur oʻtkazmaydi. Shuning uchun ular rentgen nurlaridan saqlanish uchun toʻsiq sifatida ishlatiladi.
Rentgen nurlari modda yoki jism tomonidan yutilganda, ular ikkinchi darajali rentgen nurlarini chiqaradigan manbaga aylanib qoladi.
Rentgen nurlarini olish zamonaviy turlicha tuzilgan apparatlarda amalga oshiriladi, lekin ularning paydo boʻlishi bir xil prinsipga - rentgen trubkasida katodga yuqori kuchlanish berilganda oʻzidan elektronlar - gamma nurlari chiqarilishi, ularning kutblangan antikatodga kuch bilan urilishi natijasida katta tezlikda zarrachalar otilib chiqishiga asoslangan.
Rentgenografiya - rentgen nurlari va ularni metall, metall qotishmala-ri, kimyoviy birikma, mineral va turli xom ashyolarni tadqiqot qilish fani. U yuqorida sanab oʻtilgan moddalarning atom, sub-, mikro- va makrostruktura-lari xamda kimyoviy tarkibini aniq bilishga xizmat qiladi. Kimyoviy modda yoki mineral atom darajasidagi tuzilishini tekshirilayotganda kristall pan-jaralarining turi va parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Uning asosiy yutuqlari kristallar, kristall singoniyalari, kristall panjaralari kabi terminlarga kelib taqaladi.
Rentgen nurlarining kristall moddalar atomlariga urilib tarqalishi Moskva universitetining professori G.V. Vul’f va ingliz fiziklari ota-bola G. va L. Bregglar tomonidan birinchi marotaba oʻrganilgan. Qaytgan nurlarni olimlarning fikricha kristalldagi atomlar tekisligidan qaytgan deb hisoblash mumkin.
Kristallardagi rentgen nurlari difraksiyalarini bayon etishning qulay usulini ota-bola G. va L. Bregglar topishgan. Ularning formulasi

Download 8.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling