Amaliy mashg‘uloti №
Download 286.39 Kb.
|
6-Amaliy mashguloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- Kerakli jihozlar
- Hosil strukturasi deb – hosildorlikni belgilaydigan ko‘rsatkichlarga aytiladi
Amaliy mashg‘uloti № 6 Mavzu: Biologik hosildorlikni aniqlash va yig‘im terim vaqtida hosil nobudgarchiligini aniqlash. Ishning maqsadi: ekin maydonlarida yetishtirilgan ekinlar hosilini turli sabablarga ko‘ra to‘liq yig‘ib-terib olishga erishib bo’lmaydi: O‘z vaqtida hosilni yig‘ishga kirishmaslik; Texnikaning yetishmasligi yoki uni yig’im-terim ishlariga yaxshi sozlanmaganligi; Noqulay ob-havo sharoiti; Hosilni yig‘ish va tashish vaqtidagi nobudgarchilik; Texnik ekinlardan paxta hosilini yig’ib olishda, uning hosilini bir vaqtda etilmasligi va boshqa sabablarga ko’ra terim, vaqtida nobudgarchiliklarini oldini olish va aniqlash bo‘yicha talabalarda ko‘nikma hosil qildirish. Kerakli jihozlar: dala jurnali, hisoblagich, (dala sharoitida o‘simlikning hosil organlarini sanash), jadvallar, audio va video materiallar. Ishni bajarish tartibi: Kutilayotgan hosil ikki muddatda: uzoq muddatli, ya’ni birinchi avgustgacha bo‘lgan holatda va terim oldidan (avgust oxiri va sentabr boshida) aniqlanadi. Hosil bu – ekindan olingan mahsulotdir. Hosildorlik – ekinlardan ma’lum maydon birligidan olinadigan umumiy hosilga aytiladi. Hosildorlikda ma’lum bir ekin yoki navning hosil berish imkoniyati aniqlanadi. Bir ekin turi yoki navining hosildorligi bir sharoitda yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Potensial hosildorlik deb – ma’lum sharoitda genotipda bir tur yoki navning barcha imkoniyatlarni ishga solganda yuqori hosil berish xususiyatiga aytiladi. Hosil strukturasi deb – hosildorlikni belgilaydigan ko‘rsatkichlarga aytiladi. Masalan: bug’doyda bir ga. maydondagi umumiy tuplar soni, mahsuldor, tuplanish (bir tup o’simlikdagi boshoqlar soni). 1,0 m2 dagi boshoqlar soni, boshoqdagi donlar soni, 1000 dona urug‘ vazni, 1 tup o‘simliklardagi urug‘ vazni kabi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Download 286.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling