Amaliy psixologiya ” fanidan Amaliy psixologiya sirtqi 2-kurs talabalari uchun 3-mustaqil ish. Mustaqil ish mavzusi: Amaliy-psixologiya: bugun, erta va kelajak. Reja


Download 28.68 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi28.68 Kb.
#1598579
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy psixologiya 3-mustaqil Rahimjonov F.


Amaliy psixologiya ” fanidan Amaliy psixologiya sirtqi 2-kurs talabalari uchun 3-mustaqil ish.

Mustaqil ish mavzusi: Amaliy-psixologiya: bugun, erta va kelajak.

Reja:
1. Amaliy-psixologiya fanidan klinik psixologik lug‘atlar yozing( 15-ta) va sharhlang.
2. “Toifalash jadvali”Amaliy psixologiya sohasidagi Klinik psixolog, Maslahatchi psixolog, Sud-psixologi, Sog‘liqni saqlash psixologlari mehnat faoliyati( kimlar bilan ishlaydi) haqida ma’lumot yozing(Jadval asosida to‘ldiring)
3. insonning psixologik portireti.
1-chi rejani bajarish uchun namuna: “Klinik-psixologik” lug‘atlar jamlanmasi.

N/

Amaliy-psixologiya faniga oid Klinik psixologik lug’at.

Klinik psixologik lug’at mazmun-mohiyati.

1

Shizofreniya-

( Yunoncha “bo‘linish” va aql, ong,fikr )-ruhiy kasallik.

2

Stigma-

(Yunoncha stigma –“belgi”, “Tovar” , “nuqta”, “belgi”, “tatuirovka”-noto‘g‘ri qarashlarni shakllantirishning psixologik jihatlari.

3

Idiotiya

(tug‘ma telbalik)—tafakkurning o‘ta og‘ir darajada buzilishi bo‘lib, chuqur ruhiy o‘zgarishlardan tashqari, jismoniy nuqsonlar ham kuzatiladi. Nutq ham buzilgan bo‘ladi.



4

Obsessiyalar



bu miyadan ketmaydigan xayollar, fikr-mulohazalar, xotiralar va shubhalanishlardir. Bu xayolu fikrlar bemorning irodasiga va xohishiga bog‘liq bo'lmagan holda quyilib kelaveradi. Bu xayollar bemorga og‘ir botadi, aslida yoqmaydi va ulardan vrach yordamisiz qutula olmaydi.

5

Derealizatsiya

bemorlar borliqdagi narsalami va vaziyatni taniydilar, biroq bu vaziyat ularga boshqachadek tuyuladi. Atrofmuhitdagi hamma narsalar noaniq, begona, tushunarsiz, go‘yoki parda bilan o‘ralgandek bo‘lib tuyuladi



6

Apraksiya

maqsadga yo‘naltirilgan ixtiyoriy harakatlami bajara olmaslikdir. Qo’llarda falajlik bo‘lmasa-da, bemor turli narsalar bilan bajariladigan harakatlarning uddasidan chiqa olmaydi.

7

Puerilizm

bolalar xatti-harakatini eslatuvchi liolat bo‘lib, yoshi kattalarda kuzatiladi. U lar bolalarga xos bo‘lgan qiliqlar ko‘rsatadi, boladek ingichka tovush chiqarib gapiradi, ko‘zlarini katta-katta ochadi, kipriklarini pirpiratadi, birov gapirganda, og‘zini ochib turadi.

8

Deliriy

ong buzilishining ko‘p uchraydigan turi bo'lib, bunda bemor o‘z shaxsini anglay olsa-da, vaqtga, atrof muhitga bo‘lgan idroki buziladi.

9

Apatiya

hissiy befarqlik holati bo‘lib, barcha narsa va hodisalarga bemor o‘ta e’tiborsizlik bilan qaraydi. Ba’zan ularda butunlay harakatsizlik kuzatiladi va bemorlar o'tirgan joyidan sira qo‘zg‘almaydi.

10

Demensiya



fikrlash buzilishining orttirilgan turi. Uning asosiy sabablari ateroskleroz, Alsgeymer kasalligi, og‘ir ensefalopatiyalar, xuruj bilan kechuvchi xafaqon kasalligi, lakunar insultlar

11

Imbetsillik

tafakkurning o‘rta darajada buzilishidir. Ularda ruhiy jarayonlar ancha buzilgan bo’ladi. Imbetsil bolalaming nutq funksiyasi va xotirasi o‘ta sust bo‘lib, ular biror narsani o‘rganishda juda qiynalishadi.

12

Bixeviorizm

(inglizchada xulq-atvor degani) tarafdorlari fikrlashning xulq-atvorga oid nazariyasini ilgari surishgan, ya’ni tafakkur ham xuddi nutq kabi harakat faoliyati bilan bog‘liqdir.

13

Afaziya

nutqning sistem buzilishi bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘ida joylashgan nutq markazlarining zararlanishi oqibatida kuzatiladi.

14

Nevrasteniya

(grekchadan neuron — nerv, astenia — zaiflik) asabning zaifligi degan m a’noni anglatadi. Nevrasteniya asabning ortiqcha zo‘riqishidan kelib chiqadi.



15

Affekt

bu to ‘satdan paydo bo‘ladigan, qisqa muddat davom etuvchi hissiy portlashdir. Fiziologik va patologik affektlar farq qilinadi.





Download 28.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling