Amir temur davlatida madaniy hayot taraqqiyoti


Download 151.35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.02.2023
Hajmi151.35 Kb.
#1216682


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Livorno, Italy 
httpseconferencezone.org May 2
nd 
-3
rd
 2022 
125 
AMIR TEMUR DAVLATIDA MADANIY HAYOT TARAQQIYOTI 
Manasheva Sevilya 
Asaka tumani 57-umumta'lim maktabning 
Tarix fani o'qituvchisi 
Annotatsiya: Maqolada asosiy e'tibor Amir Temur davlatida madaniy hayot rivojlantirish sharoitlari, olib 
borilgan keng qamrovli islohotlar hamda harbiy mahorat, san'at, ilm fan va diplomatiya siyosati tarixiy 
manbalar asosida tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqotga asosan, mavjud manbalarni davr va makon jihatdan 
mazmuni va yozilishi uslubiga qarab bo'linib, tahlil va sintez hamda tarihiylik usullaridan foydalanildi. Ushbu 
tadqiqotning afzalligi shundaki, Amir Temur davrida madaniy hayot taraqqiyoti o'ziga xos xususiyatlarga 
qiziquvchilar, shuningdek, tadqiq qilayotgan izlanuvchilar uchun keltirgan ma'lumotlar muhim ahamiyatga 
ega va foydalidir. 

Kalit so'zlar: Movarounnahr, Amir Temur, Samarqand, hunarmandchilik, harbiy mahorat, san'at, me' 
morchilik, ilm fan. 
XII-XIII asrlarda Movarounnahrda mo'g'ullar hukumronligi davrida fan, madaniyat sohasi qariyb bir yarim 
asr davomida tanazzulga yuz tutdi. Ana shunday bir sharoitda tarix sahnasiga chiqqan Amir Temur 
Movarounnahrni savdo-iqtisodiy, hunarmandchilik, ilmiy-adabiy muhit taraqqiy etgan markazga aylantirdi. 
Muqaddas yurtimiz zaminida yashab o'tgan ko'plab ulug' siymolar qatori Amir Temur bobomizning nomi, 
shon shavkati va merosi ham qayta tiklanib, bu buyuk zot haqidagi asl haqiqat xolis va haqqoniy yoritilmoqda, 
tadqiqotlar olib borilmoqda, kitoblar yozilmoqda. Zero, Amir Temur shaxsini idrok etish – tarixni idrok etish 
demakdir. Amir Temurni anglash – o'zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug'lash – tarix qa'riga 
chuqur ildiz otgan tomirlarimizda, madaniyatimizda, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, 
ishonchimizni mustahkamlash demakdir. 
Bu haqda gapirganda, Amir Temur davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, 
ilmu fan, san'at va me'morchilikka oid qarashlari, hayotning ma'no-mazmuni, insonni ulug'laydigan ezgu 
ishlar haqida bildirgan fikrlari, din-u diyonat va adolatni joyiga qo'yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir 
asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko'zlab, el manfaatini o'ylab ish tutish bilan bog'liq ibratli 
fazilatlarni alohida ta'kidlash o'rinlidir. Amir Temur o'z ona tilida – turk, ozbek tilidan tashqari fors va arab 
tillarida bemalol so'zlashgan. 
Amir Temur zamonasida Samarqand va Shahrisabzda hamda Hirotda yuzlab fozilu ulamolar, minglab 
ahlu hunar egalari ijod bilan mashg'ul edilar. O'sha davrda Amir Temur saroyida turli muddatlarda faoliyat 
ko'rsatgan mashhur qomusiy olimlardan Qozizoda Rumiy, Mavlono Ahmad, Saduddin at Taftazoniy, Sayyid 
Sharif Muhammad al-Jurjoniy, Xoja Muhammad az Zohid al Buxoriy, Xoja Abdumalik Samarqandiy
Mavlono Ubayd, G'iyosiddin Ali, Sharafiddin Ali Yazdi, Nizomiddin Shomiy va boshqalarni ko'rsatish 
mumkin. 
Amir Temur mashhur arab allomasi Ibn Xaldun bilan qurgan suhbatida ham asosan, undan tarih haqida: 
arab podsholari, ularning qanday davlat boshqarishlari va siyosat yurishlari, paytida Amir Temurning o'zi 
ushbu bilimlardan yaxshi xabardor bo'lgan holda, Ibn Xaldunni ham hayratda qoldiradi. Ayniqsa, Sohibkiron 
tomonidan uyushtirilib turiladigan olim-u fazolarning kengashlaridan birida Amir Temurning so'zlagan 
nutqida e'tibor beraylik: «Fan va dinning mashhur kishilari o'z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib 
kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayotirsizlar. Mening maqsadim, mamlakatda adolat 
o'rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroni turmushini yaxshilash, yurtimizda qurulishni 
kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlarni amalga oshirishda menga o'z maslahatlaringiz 
bilan ko' maklashishingiz kerak. Mamlakatning ahvoli, devonning suiiste'mol qilinganligi va
qilinayotganligi, oddiy odamlarning joylardagi hokimlar tomonidan qisib qo'ylishi kabi hollar hammadan 
ko'ra sizlarga ayondir». Amir Temurning ma' naviyatining yana bir qirrasi shunda ko' rinadiki, u Amir 
Temurning «Temur tuzuklari» nomli asarni yaratdi.


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Livorno, Italy 
httpseconferencezone.org May 2
nd 
-3
rd
 2022 
126 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, bugun mamlakatimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, xalqimiz 
farovonligini oshirish, farzandlarimiz uchun hech kimdan kam bo' lmagan hayot barpo etish, yoshlarni 
jismonan, aqlan va ma'nan yuksaltirish borasidagi barcha islohotlar Amir Temur bobomizning 
dunyoqarashlari va tutumlariga mohiyatan uyg'undir. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Temur tuzuklari. B. Ahmedov tahririda. – T.: G'afur G'ulom, 1996. 
2. Temur tuzuklari. Forschadan A. Sog'uniy va H. Karomatov tarj.; B. Ahmedov tahririda. – T.: G'afur 
G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashr.,1996, 24-bet. 
3. Saidqulov T. S. O'rta Osiyoda xalqlari tarixi tarixshunosligidagi lavhalar. – T.: O'qituvchi, 1993, 52-bet. 
4. Mo'minov I. Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli. – Toshkent.: Fan 1993. 23-bet. 

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling