Amir Temur o’gitlari


Download 43.64 Kb.
bet1/7
Sana21.06.2023
Hajmi43.64 Kb.
#1645555
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ifodali o\'qish mustaqil ta\'lim


Amir Temur o’gitlari
Reja:

1. Movaraunnahrda Amir Temurning markazlashgan davlatining paydo
bo’lishi va uning ilm-ma’rifatning taraqqiy etishidagi roli.
2. ,,Temur tuzuklari” asari. Asardagi ma’naviy va ma’rifiy qarashlar.
3. Amir Temur o’gitlarining tarbiyaviy ahamiyati.
4. Buyuk shaxsning dono o’gitlari.
5. Xulosa.

Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnahr mo’g’ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan - madaniyat, ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib Mo’g’ul istilochilari zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’aldi, Samarqand va Xurosonda esa sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada


sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XIV asrning o’rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o’rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o’rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo’linib ketdi. Beklar va amirlar o’rtasida o’zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va talon-tarojlar iskanjasida qoldi.
Shunday og’ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og’ir yukini Amir Temur o’z yelkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og’ir kurashdan so’ng mamlakatni mo’g’ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillar mobaynida Amir Temur say’i harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o’rtasida nizolarga barham berildi va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog’i ostida birlashtirildi.
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feudal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o’rin egalladi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o’rta Osiyoda Sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iktisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi.
Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab shaharlaridan Samarqandga hunarmandlar, san’atkorlar, muhandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabxalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, rasadxonalar, bog’u-rog’lar, madaniyat o’chog’lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, xuquqiy, targ’ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muhim asarlar
yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, Sa’diy, Al-Xorazmiy, AlFarg’oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga harakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug’orish ishlariga, shaharlar o’rtasidagi savdo yo’llarini kengaytirishga katta e’tibor berildi.
Soxibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq, astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug’atshunoslik, musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat - tadbirkorlik, tarjimonlik, hattotlik, jo’g’rofiya va elshunoslik kabi boshqa o’nlab dunyoviy bilimlarni o’rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo’lga qo’yildi.
Amir Temur hukmronligi davrida o’rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat,
ilm-fan, xalq og’zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo’lishida muhim omil bo’ldi.
Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqyeini munosib o’rniga qo’yish imkonidan mahrum edi.
Mustaqilligimiz sharofati ila bunday noma’qulchiliklarga chek qo’yildi. Tarixni xolisona o’rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga ega bo’ldik...
Darhaqiqat o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin o’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi.
Muhammad Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aklu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Iymon-e’tiqodli, halol-pok inson bo’lib yetishdi».
Darhaqiqat, yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, insof-iymon tuyg’usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyib yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-kudrat zo’rlik, zo’ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo’lsa kerakki, o’tmishda jahon ilm ahli, mashhur muarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’ragon, Soxibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qo’shib, uni e’zozlab, ulug’lab, xikoyat, rivoyat va xotiralar bittanlar.
«Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o’rinlari qanday bo’lishidan qat’iy nazar barobar hurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo’lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan.
U yoshligidan boshlab o’z oldiga ona yurtni mo’g’ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo’ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko’tarib, dunyoga mashhur qildi.
Buyuk bobokalonimiz har vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulug’laydi», degan hikmatli so’zni takrorlashni xush ko’rgan va hayotda o’zlari bunga amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odobaxloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o’zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun uning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o’gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya.
Tarix fanlari doktori professor Ashraf Ahmad Sohibqiron Amir Temurning o’zi amal qilgan sifatlarni yuksak baholaydi. Bular quyidagilar:
Биринчи сифат: «Мен сифатлариинг энг аввали деб беғаразликни тушундим. Ҳаммага ҳам бир хил: жиддий ва одил қарадим, ҳеч бир кимсани бошқасидан фарқ қилмасдим, бойни камбағалдан устун қўймадим».
инг энг аввали деб беғаразликни тушундим. Ҳаммага ҳам бир хил: жиддий ва одил қарадим, ҳеч бир кимсани бошқасидан фарқ қилмасдим, бойни камбағалдан устун қўймадим».
Axloq va odobga oid o’git-nasihatlar.
,,Buxoro tarixi” kitobining muallifi Narshaxiyning izdoshi- Sharofiddin Ali Yazdiyning ,,Zafarnoma” asarida yozilishicha Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat fuqarosining g’amxo’ri bo’lganligidir. Uning qoidasi ,,Rosti-durusti” edi. ,,Haqiqat-sihat-salomatlik, haqiqat-tartib, haqiqat-adolat demakdir”.
1.Adolat va adolatsiz haqida:
,,Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo’lini to’sdim”;
,,Qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo’shib olgan bo’lsam, o’sha yerni obro’ e’tiborli kishilarini aziz tutdim: sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mushoyixlariga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, maoshlrini belgiladim, o’sha viloyatni ulug’larini og’a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini esa o’z farzandlarimdek ko’rdim.”
2.So’z va ishning birligi: Amir Temur ,,Belda kamar va tilde sano” ya’ni ish va so’z bir bo’lsin deyishni hush ko’rardi. U o’zi yozgan va aytganlariga hayotida qattiq amal qilgan. U har doim qo’lidan kelmaydigan vadani bermas edi.
Do’st va dushmanlik haqida.
Amir Temur do’stga sodiq edi. Sohibqiron Amir Temur o’zining ,,Tuzuklar”ida quyidagilarni yozgan:
,,Do’stlik –sinovda chiniqadi”;
,,Do’stu-dushman bilan murosayu madora qildim”;
,,Shijoatli kishilarni do’st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.”;
,,Aqlli dushman, johilu nodon do’stdan yaxshiroqdir”
,,Farzandlar, qarindodlar, oshna og’ayni, qo’shinlar va men bilan bir vaqtlar do’stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne’mat martabasiga erishganimda unutmadim, haqlarini ado etdim”.
Amir Temur o’z faoliyatida naqshbandiylar sulolasining va pirlarining do’st haqidagi ta’limotlariga qattiq amal qilgan. U saltanat taxtiga o’tirgach do’st va dushman bilan muomalada bir tekis yo’l tutgan.
So’z va shirinsuhanlik.
Amir Temur hech kimga g’azab bilan qattiq muomla qilmagan. O’z ,,Tuzuklari”da g’azab va qattiqqo’llik bilan qilingan muomalani Tangri taoloni g’azabiga duchor bo’lish, o’z holini tang qilishdir, deb yozgan.
Shuning uchun :
,, Shirin so’z aytib g’animni imonga kiritgin”;
,,Til qilichdan o’tkir”;
,,Bir kalima shirin so’z qilichni qinga kiritar” deb ta’kidlaydi. Bu so’nggi o’git o’z tajribasida sinalgan.
,,Amir Temur o’gitlari” risolasida haqqniy ta’kidlanganidek, Amir Temurning tarix oldidagi hizmati benihoya katta.

AMIR TEMURNING AHLOQ-ODOB HAQIDAGI


O’GITLARIDAN NAMUNALAR
Saltanat ishlarida to’rt narsaga amal qilgin, ya`ni:
Kengash
Mashvaratu – maslahat
Qat`iy qaror; tadbirkorlik, hushyorlik
Ehtiyotkorlik.
Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto’g’ri bo’lgan. Johil odamga qiyos qilish mumkin. Uning aytilgan so’zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltiradi. Shunday ekan saltanatni boshqarishda mashvaratu-maslahat va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib pushaymon bo’lmaysan. Shuni ham bilishing kerakki, saltanat ishlarining bir qismi sabru-toqat bilan bo’lgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, ko’rib ro’rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart bo’lgan tadbirlarning tarifidan va zikrdan so’ng (shuni ta`kidlash lozimki), qatiylik, sabr chidamlik, sog’ligu-sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur.
Davlart ishlarining to’qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi azim qat`iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming minglab tartibsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo’lsa ham aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo’llarini mo’ljallab qo’y.
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to’gri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
Erga etuk sabo, kim makr qilishdir mang’a
Qildi ersa kimga makrni, qaytardur bir kun onga.
Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar etkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar o’rtasida muhokama qildim.
Raiyat ahvolidan ogoh bo’ldim, ulug’larni og’a qatorida, kichiklarni farzand o’rnida ko’rdim.
Har bir o’lka va shahar aholisining ashraf ulug’lari va buzurklari bilan oshna tutindim. Ularning mijozlariga, tabiatdagi to’g’ri kelgan, o’zlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim.
Hokimlar sipoh va raiyatdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko’rdim.
Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni o’z yomonlariga topshirdim. Kim menga do’stlik qilgan bo’lsa do’stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat ehson, izzatu ikrom ko’rsatdim.
Farzandlar, qarindoshlar, oshna og’ayni, qo’shnilar va men bilan bir vaqtlar do’stlik qilgan barcha davlatu na`mat martabasiga erishganimda unutmadim haqlarini ado etdim.
Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, musofir yo’lovchilar uchun yo’l ustida robotlar bino qilishni amalga oshirdim va bir gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o’tkazmadim.
Shijoatli kishilarni do’st tutdim, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
Ulamo bilan suhbatda bo’l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo fotiha berishlarini iltimos qil.
Azmu-jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qulishga kasd qilgan bo’lsam, butun zehrim, vujudim bilan bog’lanib bitirmagunimcha undan qo’limni tortmadim.
Hech kimga g’azab bilan qattiq muomala qilmadim, toki Tangri taoloning g’azabiga duchor bo’lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.
Davlatlarning tanazzulga uchrashi sabablarini surishtirdim va davlatu-saltanat zavoliga sabab bo’luvchi ishlardan saqlandim. Naslni buzuvchi, ocharchilik va vabo kasalini keltiruvchi zulm va buzuqchilikdan saqlanishni o’zimga lozim bildim.
Musulmonlar diniy masalalardan ta`lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: Tafsir, Hadis, Fiqhdan dars bersinlar deb har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim.
Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.
Yaxshuni yomon kunda sinar.
Qonni qon bilan emas, suv bilan yuvishni o’rgan.

El tupursa ko’l bulur


Qo’rqmasang – yov qochar.
Qo’liga qilich olgan bahona qidirmaydi.
Toy mingan ot ham minar.
Tuya mingan odam qo’y orasuga berkinmas.
Botirlik qal`a oladi.
Botir jangda bilinadi, dono mashvaratda.
Birliksiz kuch bo’lmas.
Bir qinga ikki qilish sig’mas.
Bir tayoqni sindirmoq mumkin, ko’p tayoqni bukib ham bo’lmas.
Bir kalima shirin so’z qilichni qinga kiritar.
Avval yo’ldosh – keyin yo’l.
Adovat emas – adolat yengadi.
Ajal – qorqoqlarga bahona.
Ulkan meros – doimo ulkan muxoliflik tug’diradi.
Qudratimizga shak-shubhangiz bo’lsa, biz qurdirgan binolarga boqing.
So’zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o’lsin.
Qilich o’tkir bolsada, o’z sopini kesmagay.
Og’zingga qon to’lsa ham, dushman oldida tupirma.
Oq bo’lsang ont ichma.
Ot minggan otasin unutmaydi.
Oltmishga kirgan otasini unutadi.
Oltmishga kirgan otadan osh so’rama.
Ota bo’lmagan ota qadrini bilmas.
Yemsiz ot davon osholmaydi.
Do’stlik sinovda chiniqadi.
Dushmandan qo’rqma munofiqdan qo’rq.
Dushmanning kulgani – siringni bilgani.
Vahima dushmanning yo’ldoshi.
Vaqt o’tkandan keyin qilichingni toshga chop.
Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi.
Davlat lashkarlar fuqarolarining sadoqati va fidoiyligida qudratlidir.
Lochinga ucharga madori kelmas, chumchuqqa masxara.
Aqlli inson bilan jahon gulshani obod bo’ladi.
Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o’xshaydi.
Ishon, ammo shubha qil.
Filning dumi bo’lguncha, chumolining boshi bo’l.
Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.
Kuch – adolatdadir.
Chorasi bo’lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo’lmaydi.
Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo’lini to’sdim.
Zinodan tug’ilgan kishi o’ziga yaxshilik qilgan odamga yomonlik qilmaguncha dunyodan ketmaydi.
Chin do’st uldirki, do’stidan hech qacho ranjimaydi, agar ranjisa ham uzrini qabul qiladi.
Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko’rsat.
Mamlakatni himoya qilib, dushmanni yo’latmagan navkarni yuqori martabaga ko’tarib, hurmatlasinlar.


O’ldirgan yirtqichga qarama, o’ldirish kerak bo’lgan yirtqichga qara.

Kimning aqli va shijoati sinov tarozusida tortib ko’rib, boshqalarnikidan ortiqroq ko’rsam, uni tarbiya qilib, amirlik darajasiga ko’tarar edim. So’ngra ko’rsatgan xizmatiga yarasha martabasini yanada oshirar edim.


Har kimning qadr-qimmati, tutgan mavqeyining va har narsaning o’lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak.
Har kimning qadr-qimmati, tutgan mavqeyini.
Hech kimdan o’ch olish payida bo’lmadim, tuzimni totib menga yomonlik qilganlarni parvardigor olamga topshirdim. Sofdil kishilar, sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko’ngli buzuq qo’rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.
Ochiq yuzlik, rahim-sharqat bilan xalqni o’zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqda bo’lishga intildim.
Menda biron kimsaning haqi bo’lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo’lsam, uni hech vaqt nazarimdan qoldirmadim.
Kengash ikki turli bo’lur:
Biri – til uchuda aytilgani, ikkinchisi – yurakdan chiqqan. Til uchida aytilganini (sunchaki) eshitardim, yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog’iga quyardim va dilimga joylardim.
Chaqaloqlarni yig’latmangiz, bolalarga azob bermangiz – bu gunohi azim erur. Bunday gunohni Olloh xush ko’rmagay.
Kimki biron sahroni obod qilsa, yoki xoriz qursa yo biron bog’ ko’kartirsa, yohud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yil undan hech narsa olmaganlar, uchinchi yili (oliq-soliq) qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig’ilsin.
Maloxidlarga aytur edim: yolg’on so’zlar bilan g’azab o’tini alangalatmangiz. Sherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan yigitning kuch-quvvatiga; ikkinchidan qilichni o’ynata olishiga; uchinchidan aql-zakovvati-yu kamolatiga e`tibor qildim:
Shu uch fazilat jamul-jam bo’lsa, navkarlik hizmatiga oldim. Negaki, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchilikarga azobu-uqubatlarga chidamli bo’ladi. Qilich o’ynata oladigan kishi raqibini mag’lub eta oladi. Oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkilotni bartaraf etmog’i mumkin.
Piri komil Shayx Baxovuddin Naqshbandiyning “Kam yegin, kam uxla, kam gapir” degan pandu-nasihatlariga amal qildim. Arkonu davlatga barcha mulozimlarga ham aytar so’zim shu bo’ldi: “Kam yenglar – ocharchilik ko’rmasdan boy-badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar – mukammalliklarga erishasizlar, kam-kam gapiringlar dono bo’lasizlar”.
O’g’illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e`tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko’rdim. Kelin bo’lmishning nasl-nasabini, etti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog’liq, salomatligini, jismoniy kamolatini aniqladim. Kelin bo’lmish nasli-nasabi, odob-axloqi, sog’lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan holi bo’lsagina el-yurtga katta to’y-tomosha berib, kelin tushirdim.
O’gillarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlariga yaqinlashishni man` etdim. Zero, sharobning ta`siridan dunyoga keladigan farzand nasl-nasabning buzilishiga ta`sir etgay, debon shu pokiza yo’lni tutdim.
Har kimdan kengash oldim. Har kimdan fikr o’rgandim, qaysi biri fiodaliriq bo’lsa, uni ko’ngil xazinasida saqlab ishlata bildim.
Ulamo bilan suhbatda bo’ldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpindim. Ularning xizmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini o’tindim. Muborak nafaslari bilan duo berishlari o’tindim. Darvesh, faqr miskinlarni o’zimga yaqin tutdim. Ularning kungillarini og’ritmadim va hech bir talablarini rad etmadim. Buzuq va og’zi shaloq, g’iybatchi odamlarni majlisimga yo’latmadim, so’zlariga amal qilmadim. Biron kimsaga tuhmatu-g’iybat qilsalar quloq solmadim.
Qilichim o’tkir bo’lsada, o’ylab qinidan chiqardim, shirin so’z aytib, g’animning iymon topmog’iga yo’l ochdim.
Sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan savdogarlarga o’z sarmoyasini tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo’lsa, ekin-tekin uchun zarur urug’ va asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birini uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli uskunalarni yetkazib berib, unga yordam bersin.

BUYUK SHAXSNING DONO O’GITLARI
Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to‘lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo‘lsa-da, bayon qilib bo‘lmaydi. Amir Temurning tarixi ko‘p jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To‘g‘risi, buni qilish imkoniga ega bo‘lmadik, chunki ko‘hna tariximiz, ulug‘ ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qo‘ygan kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermadi. Amir Temurning o‘zi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholanki, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab juda ko‘p ko‘lamdor kitoblar yozib, o‘z tillarida chop etdilar. Angliyalik sharqshunos olima Hilda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, frantsuz Jan Pol Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar o‘z teatrlarining sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Frantsiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?..
Tangri taologa shukrlar bo‘lsinki, shu kunlarga kelib ko‘p ming yillik boy tariximizni surishtirish va o‘rganish imkoniyatiga endi ega bo‘lyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Amir Temur to‘g‘risida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida o‘sha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo‘ja Ilg‘or (bu qishloq hozir Yakkabog‘ tumaniga qaraydi) qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag‘ay — o‘ziga to‘q, badavlat kishi edi. Temur tug‘ilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida mas’ul bir mansabda turardi. Kesh va unga tobe’ yerlarning bekligi esa Amir Tarag‘ayning og‘asi Hoji barlosning qo‘lida edi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chig‘atoy ulusi og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o‘zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab bo‘ldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag‘an o‘rtasida kuchli bo‘ldi. O’zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi. Mamlakat mo‘g‘ullar istilosi ostida qolgan o‘sha og‘ir sharoit ikki iste’dodli amirni — amir Temur bilan amir Husaynni bir qadar yaqinlashtirdi. Lekin amir Husayn mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berish, raiyatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish xususida Amir Temur bilan yakdil bo‘la olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun kurash bevosita Amir Temur zimmasiga tushdi.
Qayd etilgan


Download 43.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling