Amir Temur va Temuriylar davrining iqtisodiy g'oyalari va iqtisodiy siyosati mavzusida taqdimot tayyorladi: Abdualimova Gulchexra


Download 1 Mb.
bet1/2
Sana24.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1114878
  1   2
Bog'liq
Abdualimova Gulchexra TAQDIMOT


Amir Temur va Temuriylar davrining iqtisodiy g'oyalari va iqtisodiy siyosati mavzusida
TAQDIMOT
Tayyorladi: Abdualimova Gulchexra
Amir Temur va Temuriylar davrining iqtisodiy g'oyalari va iqtisodiy siyosati.
REJA:
  • Amir Temur saltanatining iqtisodiy poydevori
  • Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
  • Amir Temur davridagi savdo-pul munosabatlari

Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining butungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qildi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir. Buyuk Temur tomonidan asos solingan imperiya dunyoning yirik imperiyalari orasida alohida o‘rin tutadi. Temur tarixda ulkan meros qoldirgan buyuk shaxslar toifasiga mansub. Shu sababli uning shaxsiyati va jahon tarixidagi xizmatlari o‘g‘risida juda ko‘p bahs-munozara va tortishuvlar bo‘lgan, bo‘layapti va bundan keyin ham davom etadi. Shunga mos tarzda son-sanoqsiz asar va risolalar bitilgan. Ushbu manbalarda AmirTemur buyuk sarkarda, lashkarboshi, tengi yo‘q siyosatdon, donishmand, olamga mashhur davlat arbobi, mahoratli notiq kabi noyob shaxsiy fazilatlar sohibi ekanligi e’tirof etilgan. Ayni paytda, Sohibqironning serqirra faoliyatida uning iqtisodiy jihatlari tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolib kelmoqda.
1. Amir Temur saltanatining iqtisodiy poydevori
Darhaqiqat, Sohibqironnning asosiy fikrlari va intilishlari ulug‘vor imperiyani kengaytirish hamda mustahkamlash, davlatni boshqarish, keng hududlarda osoyishtalikni saqlash, isyonkor va bo‘ysunmas qo‘zg‘olonchilarni tinchlantirish, mazmunli va dono nutqlar bilan ommani o‘ziga rom etish, tashqi dunyo bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlashgga yo‘naltirilgan edi. Lekin masalaga aql ko‘zi bilan chuqurroq yondashsak, ushbu hatti-harakat va intilishlarning barchasi oxir-oqibatda bir maqsadga, ya’ni saltanatning mustahkam iqitisodiy poydevorini yaratishga xizmat qilgan.
Biznincha, Amir Temurning barakali faoliyatida aynan iqtisodiy masalalar markaziy o‘rinni egallagan. Fikrimizning isboti sifatida ikkita dalil keltirmoqchimiz. Birinchidan, tarqoq feodal davlatlarni birlashtirish, ularni mustakamlakachi mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonib, mustaqillikka erishishini ta’minlash, yaroqsiz ahvolga kelgan suv inshootlarini tiklash, mamldakatda tartib-intizom va tinchlik-osoyishtalik o‘rnatish, uni saqlash, qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, mustaqillikka erishgan Movorounnahrning tashqi dushman tajovuzlardan himoya qilish, ushbu maqsadda qudratli armiyani shakllantirish, ta’sirli nutqlar va unga monand tadbirlar o‘tqazish yo‘li bilan ommaning hurmatiga sazovor bo‘lish va boshqalarga bag‘oyat katta sarf-xarajatlar evazigagina erishish mumkin edi. Tabiiyki, bunday sarf-xarajatlarning manbaini izlab topish Sohibqirondan juda katta mehnat va iqtisodiy muammolarning to‘g‘ri yechimlarini topa bilish mahoratini talab qilgan. Ikkinchidan, xalqning azob-uqubatlariga, iqtisodiy tanqislikdan chekayotgan qiyinchiliklariga befarq bo‘lmagan Amir Temur elning hayoti va turmush tarzini yaxshilashga intilgan, ushbu muammo ustida ko‘p bosh qotirgan
Bizning nazarimizda, Sohibqironning qaramlik zulmidan ozod bo‘lgan mustaqil davlat iqtisodiyotini yuksaltirishda va elning turmush farovonligini yaxshilashdagi eng yuuyuk xizmatlaridan biri – bu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi va gulkirab yashnashi uchun katta imkoniyatlar yaratib berganligida. Chunki davlat rahbarining iqtisodiy tafakkuri, birinchi galda, ishlab chiqarish kuchlarini, minglab, millionlab mehnatga yaroqli kishilarni harakatga keltira olish qobiliyati orqali namoyon bo‘ladi. Ana shu muhim vazifani Amir Timur o‘sha davrning talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatda qishloq xo‘jaligini, hunarmandchilikni, savdo-iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berish, ahlolining ulkan mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, uni bir maqsad sari yo‘naltirish orqali bajarishga erishdi.
2. Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
Amir Temur davrida uning buyuk hukumati markazi bo’lgan Movarunnahrning savdo-sotiq va madaniy taraqqiyoti izchil rivojlandi. Shuning uchun ham Temuriylar davri, ya’ni XIV-XV asrlardagi Uyg’onish davri O’rta Osiyo tarixida “oltin asr” deb ham ataladi.
Amirning davlat boshqaruvida “buzurg” (bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda “devon” deb ataladigan bo’limlar bo’lgan. Ular davlat ishlarini, ya'ni soliq yig'ish, tartibni saqlash, binolarni, bozorlarni, hammomlarni, yo'llarni va suv punktlarini nazorat qilish kabi ishlarni boshqargan. Devon amaldorlari odamlarning osoyishta hayoti uchun mas'ul bo’lganlar. Shu bois, ular bozorlardagi tarozilarning to’g’riligi, narxning adolatliligini o’rganganganlar. Markaziy bozorda joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchasida tovarlarning narxlari hisoblab chiqilgan. Narxni oshirib yuborgan yetkazib beruvchilarga nisbatan qattiq choralar ko’rilgan, iste’molchilarning manfaatlari himoya qilingan2 . O’sha davrda bozorda, jamiyat oldida firibgarlar va firibgarlik qilgan savdogarlar to’xtatilib jazolangan.
Amir Temur davridan boshlab oshkoralik tamoyillari, sivilizatsiyalashgan demokratiya asoslari namoyon bo’la boshlagan desak noto’g’ri bo’lmaydi. Aholini ijtimoiy himoya qilish va bozordagi monopoliyadan himoya qilish maqsadida import qiluvchilarga tovarlar narxini o’n foizgacha oshirishga ruxsat berilgan. Binobarin, ichki iste'mol bozorlari eng sifatli, eng yorqin va eng muhimi, eng arzon mahsulotlar bilan to'ldirilgan edi 3 . Buyuk bobomiz Sohiqqiron Amir Temur va uning davomchilari mamlakatimizda savdo faoliyatini kengaytirishga katta e’tibor berganlar. Davlatning viloyat va viloyatlaridan oʻtgan barcha karvon yoʻllarida karvonsaroylar qurilgan. Amir Temur savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida bir kunlik karvon uchun barcha zarur shart-sharoitlarni, ya’ni otlar, yem-xashak, oziq-ovqat, karvonsaroylar va sardob (chanqog’ini qondiruvchi makon) qurishni, qaroqchilarni qattiq jazolashni va sotuvchilarga g'amxo'rlik qilish kerakligini buyurgan.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling