Amir temurning harbiy yurishlari


Download 63.14 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi63.14 Kb.
#1497706
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI


AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI
Reja:
Kirish
I.Bob. Amir Temurning harbiy mahorati
II.Bob. Amir Temurning harbiy yurishlari
III.Bob. Amir Temurning qo’shin tuzilishi.
IV.Bob. Amir Temurning jangdagi harakatlarda qo’llagan taktik qoidalari va harakatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiytlar

Shunday Sohibqiron shuhrati bilsang,


Nasabi haqida gar surishtirsang.
Otadan otaga to Odam-ato,
Bori shohlik taxti uzra qo’ymish poy.
Sharafuddin Ali Yazdiy

Mavzuning dolzarbligi: Temurbek ibn Tarag’ay ibn Abag’ay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning go’zal shaharlaridan biri bo’lmish Kesh (hozirgi Shahrisabz) ga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi. Temurbek yoshlik chog’idan harb ishiga o’zgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi. Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning o’ta erta paydo bo’lishida padari buzrukvori, amir Qazag’on (1358-yili shahid bo’lgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Tarag’ayning (vafoti 1360) ma’lum darajada hissasi bor1.
Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mo’g’ullar istibdodiga chek qo’yish, feodal tarqoqlik natijasida Chig’atoy ulusida hukm surayotgan o’zaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zug’um tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qo’lini cho’zish, xarob bo’lgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, ulusni tashqaridan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yo’li-hokimiyatni qo’lga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi2.
Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.Ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong’I butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aql-u zakovati, shijoati, shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Yasovuriy va amir Qazag’on bilan yaqinlashtirdi.Xondamirning yozishicha, otasi amir Tarag’ay Amir Temurni avval (1352) amir Joku barlosning qizi Turmush og’aga, so’ngra Qazag’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljoy Turkon og’aga uylantiradi. Keying nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakatlari XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi.XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib, amir Qazag’on o’ldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og’ir tanglik sodir bo’ldi.Xondamirning “Habib us-siyar” kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, ulus o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xo’jandda amir Boyazid jaloyir, Balxda O’ljay Bug’a sulduz, Shibirg’onda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Ko’histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o’zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qildilar. Temuriylar harbiy sanʼati — jahon gʻarbiy sanʼati rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qoʻshgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan gʻakli ravishda eʼtirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron intizomli armiya tuzishga, jang paytida qushin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga gʻarbiy kuchlarni tezkorlik bilan yoʻllashga, mavjud toʻsiq va gʻovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qoʻshindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasi chorvadorlar qatori kosibchilik, hunar mandchilik, dehqonchilik bilan mashgʻul oʻtroq aholidan ham askar toʻplagan. Qoʻshinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan oshliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan boʻlib armiyaga oʻt sochar qurol — toʻp(raʼd)ni olib kirgan. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari (zarbzan, farangi, qozon va h.k.) keng yoyildi. Togʻli hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va boʻlinmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida 1boʻlib qoʻshinni jang maydonida anʼanaviy 5 boʻlakdan farqli ravishda 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu yangilik keyinchalik Toʻxtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan oʻzlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvoxlik berishicha, Sohibqiron qoʻshinida ayollardan iborat boʻlinmalar boʻlib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini koʻrsatgan3.

Download 63.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling