Amp (Rossiya, Ukraina)
Download 86.07 Kb.
|
Yer qobig‘idagi uran miqdori oltindan 1000 barobar, kumushdan 30 barobar ko‘pdir. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra uran qo‘rg‘oshin va rux bilan bir qatorda turadi. Uranning katta qismi tuproqda, tog‘ jinslarida va dengiz suvlarida tarqalib yotibdi. Uran konlarida esa yer sharida mavjud zahiraning juda kam miqdorigina yig‘ilgan bo‘lib, jahon bo‘ylab hozirgacha aniqlangan uran zahirasi 5,4 million tonna deb baholangan. Eng yirik uran konlari Kanada (MakArtur River koni), Qozog‘iston (Shimoliy Xuroson koni), Rossiya (Janubiy Elkon), Mo‘g‘uliston, hamda Ukrainada joylashgan. Bugungi kunda dunyoda 440 ta tijorat va 60 ta ilmiy atom reaktorlari ishlab turibdi. Ularning yillik umumiy uran iste’moli 67 ming tonnani tashkil qiladi. Hozirgi kunda jahon miqyosida uran qazib olish va qayta ishlash sanoati juda keng quloch yozgan. Ma’lumotlarga ko‘ra uran qazib olish bo‘yicha dunyoda qo‘shni Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Avstraliya, Kanada, Namibiya va Niger davlatlari ham uran qazib olish bo‘yicha yetakchi sanaladi. Vatanimiz O‘zbekiston uran qazib olish hajmi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egallaydi. Uranni kuchli asosli anionit AMP bilan desorbdiya qilish eritma yordamida amalga oshiriladi, bunda eritma qatronni sulfat ko‘rinishiga almanishdan o‘tgan(nitratlash chiqindisidan o‘tgan) va filtirlash chiqindisidan. Desorbsiyalash eritmasi hajmining regeneratsiyalanadigan qatron hajmiga munosabati 2:1, shu sababli desorbsiya jarayoni oldida quyidagi sharoitni yaratishni talab NO³¯ 60-80 (NO₃¯) 60 -80 g/l, va kislotalilik H₂SO₄ - 3,0-3,5 %. Uranli eritmalardan oltinni ajratib olish uchun kuchli asosli qatronlarning quyidagi turlari ishlatiladi: AMP (Rossiya, Ukraina); AMP-p (Rossiya, Ukraina); Amberjet 4200 (Fransiya); Dowex(SSHA); Purolite (Buyuk britaniya); Resintacs(Buyuk britaniya); Baer CHemical AG (Germaniya); 8. Tulsion-Thermax limited (Hindiston). Quyidagi geotexnologik konlarda uran qazib olinadi va yuqoridagi qatronlar bilan ajratib olinadi. Elliot-Leyk geotexnologik uran qazib olish koni. Bu kon Kanadada joylashgan. Alligeytor-River geotexnologik uran qazib olish koni. Bu kon Avstraliyada joylashgan. Plato Kolorado geotexnologik uran qazib olish koni. Bu kon AQSHda joylashgan. Nabarlek geotexnologik uran qazib olish koni. Bu kon Avstraliyada joylashgan. Morrison geotexnologik uran qazib olish koni.Bu kon JARda joylashgan. Blokni yer osti tanlab eritish usulida qazib olish samaradorligi tabiiy va texnoligik omillar kompleksiga bog’liq. Barcha tabiiy omillarni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin: gidrodinamik v fizik-kimyoiy jarayonlariga ta’sir qiluvchi. Mos ravishda gidodinamik jarayonlarga ta’sir qiluvchi tbiiy geologik va gidrogeologik omillar 2 va 3 jadvallada keltirilgan. Hamda ularni tanlab eritish smaadorligiga ta’sirini baholash ham keltirilgan. 1-Jadval. Yer osti tanlab eritish usulini qo’llashni samaradorligi nuqtai nazaridan texnologik parametrlar gradatsiyasi keltirilgan.
2-Jadval. Geologik omillar va ishqorlash samaradorligi ta’siri.
3-jadval. Gidrogeologik omillar va ularni ishqorlash samaradorligiga ta’siri.
Geoterogen kimyoviy reaksiyalar oqimiga ta’sir etuvchi mineralogik, kimyoviy va fizik omillar va ularni tanlab eritish samaradorligiga ta’sirini ham baholsh mumkin. 10>10>40>10>10>100>50>10>50>2> Download 86.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling