Taxmonli mexanik pech. Chang holatida kuydirish pechlari Qaynovchi qatlamda kuydirish pechi


Download 9.66 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi9.66 Kb.
#1715333
Bog'liq
Taxmonli mexanik pechlar


Mavzu: Taxmonli mexanik pechlar
Reja:

  1. Taxmonli mexanik pech.

  2. Chang holatida kuydirish pechlari

  3. Qaynovchi qatlamda kuydirish pechi.

Taxmonli mexanik pech. Mexanik pechlar ichida Voskresensk kimyo zavodi (VKZ) ning bir necha tokchalaridan iborat taxmonli pechi keng tarqalgandir. 3.6-rasmda tasvirlangan pech sakkizta tokchaga egadir. Uning yettita tokchasida (I-VII) kolchedanning kuyishi amalga oshadi (ishchi tokchalar), uning bitta tokchasida kolchedan quriydi (quritish tokchasi). Tokchalarning umumiy ishchi yuzasi 140 m2 ni tashkil etadi. VKZ pechi balandligi 8 m va diametri 5 m li po‘lat silindrdan iborat. Pechning ichki tomoni o‘tga chidamli g‘ishtdan ishlangan (futerovka qilingan). Pechning ichki qismida o‘tga chidamli g‘ishtdan ishlangan 8 ta olovdon bor. Pech markazi orqali ichi bo‘sh val 1 o‘tgan bo‘lib, unga har bir taxmon tepasida turuvchi ikki tomonga yo‘nalgan siljitish tishlari 6 bo‘lgan eshkakli taroqlar 5 mahkamlangan bo‘ladi. Pech bunkeri 3 orqali kolchedan quritish (birinchi) tokchasiga kelib tushadi va aylanuvchi eshkakli taroqning siljitish tishlari orqali pech markazi tomon siljiydi. Pech valining yaqiniga joylashgan ta’minlagich 2 orqali kolchedan birinchi ishchi tokchaga sepiladi, u yerdagi eshkakli taroqlar yordamida kolchedan markazdan pechning ichki devori tomon harakatlanadi va mahsus tirqish orqali ikkinchi ishchi tokchaga tushadi. U yerda kolchedan pech markazi tomon harakatlanadi, undan val yaqinidagi halqali teshik orqali uchinchi ishchi tokchaga tushadi va hokazo. Oxirgi (pastki) tokchadan kuyundi tirqish 13 orqali transportyorga tushadi va u orqali chiqindixonaga chiqarib tashlanadi. Kolchedanning yonishi uchun talab etiladigan havo pech niqobi orqali kiradigan va pastki oxirgi tokchaning ustki qismida joylashgan tirqishdan beriladi.

Har bir ishchi tokchalarda to‘rttadan eshikchalar 7 bo‘lib, ularning har birida kuyish jarayonini ishchi tokchalar holatini kuzatish uchun qopqoq bilan yopib qo‘yiladigan maxsus tirqishlar mavjud. Ichi bo‘sh val – reduktor 12 ning aylanishidan uzatgich val 11 orqali keladigan harakat orqali aylanadi. Bunda uzatgich valdagi tishli kichik g‘ildirak 10 aylanma harakatni pech valining pastki qismiga mahkalangan tishli katta g‘ildirak 8 ga uzatadi. Sutkasiga pech tokchasining 1 m3 yuzasida kuydiriladigan xomashyo miqdori (tarkibida 45% S bo‘lgan quruq shartli kolchedan hisobida) mexanik pechning jadalligini ifodalaydi. VKZ pechlarida 32-35 t/sutka shartli kolchedan kuydiriladi, bu 225-250 kg/m2 jadallikka to‘g‘ri keladi. Bunday jadallikda ishlaydigan pech kuyundisida 2% atrofida oltingugurt bo‘ladi, kuyundi gazdagi SO2 konsentratsiyasi 9-10% ni tashkil etadi. Mexanik pechlarning normal ishlashidagi asosiy shartlar quyidagilardan iboratdir: 1) Kerakli miqdordagi havoni pechga kirishini ta’minlash uchun yetarlicha so‘rilishning ta’minlanishi; 2) Pechning kolchedan bilan bir xilda ta’minlanishi; 3) Val va eshkakchalarning jadallik bilan sovutilishi; 4) Kolchedan dashqollari bilan berkilib qolgan pech tokchalaridagi tirqishlarni muntazam suratda tozalab turilishi; 5) Pechdan kuyundini va gaz o‘tish yo‘llaridan changni tizimli ravishda yo‘qotib turilishi. VKZ pechlari ancha murakkab tuzilganligi uchun ulardan foydalanish ancha qimmatga tushadi. Shuning uchun hozirgi paytda ko‘proq boshqa pechlar qo‘llanilmoqda. Chang holatida kolchedanni kuydirish pechi. Chang holatida kuydirish pechining tuzilishi rasmda tasvirlangan. Pechning diametri 4 metrni, balandligi esa 10 metrni tashkil etadi. Bunda ham maydalangan va quruq holatdagi flotatsion kolchedan havo bilan birga forsunka 3 orqali qizdirilgan pechga kiritiladi. Kolchedan havo oqimi ta’sirida pechning yuqori qismiga ko‘tarilib, u yerda yangi havo bilan to‘qnashadi, so‘ngra kuyundi pastga tushadi. Kuyundi pech bunkeridan chiqarib olinadi, hosil bo‘lgan gaz aralashmasi esa pechning yon tomonidagi shtutser orqali chiqib ketadi.
Bunday pechlar mexanik pechlarga qaraganda anchagina sodda tuzilgan hamda ularning ish jadalligi 3-4 marta ko‘pdir. Hosil bo‘layotgan gazlar aralashmasida 10-11% SO2 bo‘ladi; harorat 1000OC ga yetadi; bunda hosil bo‘layotgan issiqlik bug‘ qozonlarida bug‘ olish uchun ishlatiladi.
Chang holatida kuydirish pechlarining kamchiligi shundaki, ular mexanikaviy pechlarga nisbatan chidamsizdir, hosil bo‘ladigan gaz esa juda changli bo‘ladi. Bundan tashqari, bu pechlarda faqat quruq flotatsion kolchedannigina kuydirish mumkin, mexanikaviy pechlarda esa 10% namlikka ega bo‘lgan kolchedanni hamda yirik oddiy kolchedanni ham yoqish mumkin.
Qaynovchi qatlamda kuydirish pechi. Nisbatan yuqori jadallik bilan ishlaydigan kolchedanni kuydirish pechlari jumlasiga qaynovchi qatlamda kuydirish pechlari kiradi va ular sanoatda keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Qaynovchi qatlamli kolchedanni kuydirish pechlari vertikal silindrik ko‘rinishdagi ichki qismi niqoblangan kameradan iborat bo‘lib, kolchedan uzluksiz ravishda pech to‘riga berilib turadi, havo esa to‘rning pastidan ventilyator yordamida puflanadi. Havo to‘r teshikchalari orasidan katta tezlik bilan o‘tib, kolchedanni yuqoriga ko‘taradi va uni aralashtiradi, bunda kolchedan xuddi qaynayotgandek bo‘ladi, shuning uchun ham bu jarayon qaynovchi qatlamli kuydirish deyiladi. Kolchedan to‘r bo‘ylab harakat qilish davrida kuyadi.

Download 9.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling