Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi


Download 0.63 Mb.
bet1/5
Sana13.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1091981
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Тест


ANALIZATORLARNING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI.
Reja:

1.Organizm faoliyatida sezgi a’zolarining roli.


2.Ko`rish organining yosh xususiyatlari.
3.Teri, hid bilish va ta'm bilish a’zolarining umumiy tuzilishi.
4.Eshitish organining yosh xususiyatlari.
5.Ko`rish va eshitish a’zolarining gigienasi.
6.Tayanch – harakat tizimining tuzilishi va gigiyenasi..
7.Skeletning rivojlanishi va uning yosh xususiyatlari.
8.Muskullarning umumiy tuzilishi va uning yosh xususiyatlari.
Tashqi dunyoda ta'sirotlarni qabul qiluvchi organlarga sezgi organlari deb ataladi. Oliy nerv faoliyatini o`rganish mobaynida analizatorlar haqida tasavvurlar vjudga kelgan. I.P.Pavlov ta'minoticha analizatorlar uch qismdan: analizatorlarning retseptor qismi – retseptor: o`tkazuvchi qism; markaziy yoki markaziy qismdan tashkil topgan yagona funktsional sistemadir.
Bosh miya yarim sharlari po`stlog`ida har bir analizatorning oliy markazi joylashgan bo`ladi. Pereferek qism- ma'lum turdagi ta'sirlovchilarni qabul qiladi. O`tkazuvchi qism qo`zg`alishlarni markaziy nerv sistemasiga o`tkazadi. Retseptorlar turli xil bo`ladi: fotoretseptorlar, termoretseptorlar, mexanoretseptorlar.
Analizatorlarga: 1. Teri analizatori. 2. Hid bilish analizatorlari. 3. Eshitish analizatori. 4. Ko`rish analizatori. 5. Ta’m bilish analizatori. Har bir organ ma'lum ta'surotni qabul qiladi.
Teri analizatori.

Tashqi dunyoni sezishda teri analizatori muhim rol o`ynaydi. Terida taktil, og`rik va temperatura ta'surotlarini qabul qilib oluvchi retseptorlar joylashgan. Teri analizatorining nerv markazi bosh miya yarim sharlar po`stlog`ining orqa markazi bosh miya yarim sharlar po`stlogining orka markaziy chuqurligida joylashgan bo`ladi. Teri sezgisi: og`riq, issiq, sovuq, tegish va bosim turlariga bo`linadi. Taktil sezgisi tegish va va bosim sezgilaridir. Taktil retseptorlari barmoq uchlarida, kaftning ichki yuzasida, oyoq panjasi tagida, tilning uchida ko`proq joylashgan. Terida hammasi bo`lib 500.000 retseptorlar bor. Yangi to`g`ilgan bolalarda taktil sezgisi yaxshi rivojlangan. Ularda va ko`krak yoshidagi bolalarda og`iz, ko`z, lab, kaftning ichki yuzasi, oyoq tagi sezgirroq bo`ladi. Odamning 35 – 40 yoshida sezgirligi eng yuqori bo`lib, so`ng kamaya boradi. Teridagi temperatura o`zgarishlari ikki xil retseptorlari bilan qabul qilinadi. Terida sovuqni sezuvchi retseptorlarga nisbatan issiqni sezuvchi retseptorlar ko`proq joylashgan. Har bir kv. sm. teri satxida o`rtacha 6 – 23 ta sovuqni sezuvchi retseptorlar va 30 ta issiqni sezuvchi retseptorlar joylashgan. Temperatura o`zgarishlarini qabul qiluvchvi retseptorlarning umumiy soni 280.000 bo`lib, bulardan 30. 000 issiq, 250.000 sovuq ta'surotlardan qo`zg`aladi. Tananing ochiq qismlari (yuz, bo`yin, qul barmoqlari) sovuqqa tananing berkitilgan qismlariga nisbatan kam sezgirroq bo`ladi. Yangi tug`ilgan bolaning temperatura sezgilari yaxshi taraqqiy etgan. Terining har bir 1 m kv. sm. ga og`riqni sezuvchi 100 ta retseptor tug`ri keladi. Yangi to`g`ilgan bola turli mexanik ta'sirlar – nina bilan ukol qilish, chimchilash kabi tasurotlarga yaxshi javob reaktsiyasini beradi.





Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling