Andijon Qishloq Xo`jaligi va Agrotexnologiyalar Instituti


Download 0.66 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1490406
Bog'liq
Mintaqavuy turizm Hojimurod





Andijon Qishloq Xo`jaligi va Agrotexnologiyalar Instituti
Agrobiznes va Raqamli Iqtisod fakulteti agroturizm 2-bosqich
talabasi Erkinov Hojimurodning
Mintaqaviy turizm va turistik resurslar fanidan tayyorlagan
Mustaqil ish



2023

Samarqand turistik mintaqasi


1.Samarqand-Barcha shaharlar qirolichasi. Samarqand turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendentsiyalari.
3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.

1.Samarqand-Barcha shaharlar qirolichasi. Samarqand turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.


Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qo'ngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519600 ming kishi (2016); 1975-yil 299000, 1970-yil 267000, 1959-yil 196000, 1939-yil 136000, 1897-yil 55000, 1865-yil 26000. Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.
Tarixiy yozma manbalarda Samarqand yoshi qadimiyligi haqida maʼlumotlar bor. Muhammad an-Nasafiy „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Haydar as-Samarqandiy (12-asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand sayqali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.
„Samarqand“ soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha tahmin mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining 1-qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Ammo tarixda bunday ismli kishi haqida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning 2-qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.
XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar. 1404 yilda Samarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixo ham bu talqinni qoʻllab quvvatlaydi. Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700 yildan ortiq tarixga ega. Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni).
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (miloddan avval I asr oxiri — milodiy I asr) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Miloddan avval 329-yil Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) askarlari Samarqandni vayron qilgan. Spitamen Samarqandni yunonlardan ozod etishga harakat etgan, ammo xiyonatkor ko'chmanchi qabilalar sardorlari tomonidan o'ldirilgan va boshi Iskandar Maqduniyga sulh sifatida yuborilgan.
Samarqand 6-asrda Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdo qilgan. Oʻz davrida "10 Oʻq xoqonligi" deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shimoliy sharqiy viloyatlariga hujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va janubiy gʻarbda, Janubiy-Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shimoliy Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.

2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendentsiyalari.


Samarqand qadimiy tarixi va meʼmoriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982-yilda Samarqandning Afrosiyob shahristoni, oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar va XIX—XX-asrlarda qurilgan „Yangi shahar“dagi binolar, tarix va oʻlkashunoslik muzeylari asosida „Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi“ tuzildi. Oʻsha yilda shaharning tarixiy kismini muhofazalash chegaralari belgilandi.
Samarqand meʼmoriy-tarixiy yodgorliklari 2001-yilda UNESCOning Finlandiyada oʻtkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi.
Samarqandda 73 ta yirik tarixiy meʼmoriy yodgorlik: Registon ansambli, Shohizinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqa saqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan S.da Abu Mansur alMoturidiy asSamarqandiy dafn etilgan Chokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, kabriston obod etildi, Burhoniddin Margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi (Samarqand shahridagi Chokardiza kabristoniga dafn etilgan). S.ning markaziy maydoniga Amir Temur haykali oʻrnatildi. Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) yodgorliklari kabi oʻzining goʻzalligi bilan eʼtiborni oʻziga tortadi. S.ga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyoxlar kelib ketadilar. Mehmon va sayyoxlarga xizmat koʻrsatuvchi: „Afrosiyob“, „Samarqand“, „Zarafshon“, „Bogishamol“, „Markaziy“, „Prezident otel“ kabi mehmonxonalar qurilgan. Sayyoxlarga „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasining Samarqand boʻlimi xodimlari xizmat koʻrsatadilar.
Samarqandda 7 ta oliy ta'lim muassasasi bor[6]. Samarqanddagi oliy ta'lim maskanlari (unt, tibbiyot[7], qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot va servis, meʼmorlik, qurilish va xorijiy tillar institutlari)da 19,1 ming talaba oʻqiydi. 2002-2003 ta'lim yilida shahardagi 36 ta oʻrta maxsus bilim yurti, kollej, akademik litsey va internat maktablarida 25,7 ming, 67 umumiy taʼlim maktabida 76,7 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi.
2021-yil 8–13 aprel kunlari Finlyandiya delegasiyasining O'zbekistonga tashrifi bo'lib o'tgan. Tashrif davomida O‘zbekiston–Finlyandiya ta’lim transformasiyasi bo‘yicha onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra, Samarqand davlat universiteti va Finlyandiyaning Turku universiteti o‘rtasida memorandum imzolangan va Samarqand davlat universiteti qoshida o‘zbek-fin pedagogika instituti tashkil etilishi aytilgan.

Fazliddin kursdosh, [11.05.2023 12:28]


2025-yilga qadar Finlyandiya bilan hamkorlikda tuziladigan ta’lim loyihalariga jalb etiladigan talabalar soni 10 000 nafarga yetkazilishi mo‘ljallangan.[8]
Shahar respublikaning asosiy fan markazlaridan biri. Samarqandda pedagogika akademiyasi asosida tashkil topgan SamDU katta mavqega ega. Qorakoʻlchilik, Isayev nomidagi parazitologiya va gelmintologiya (1925), Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, arxeologiya ilmiy tadqiqot institutlari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand boʻlimi turli yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Samarqandda 4 ommaviy kutubxona, 2 ta kinoteatr, Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi, 3 teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati oʻzbek davlat musikali drama teatri, A.P.Chexov nomidagi rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri), shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. „Samarqand“ gaz. chiqadi. Shaharda 1566 oʻrinli 11 kasalxona, 348 statsionarda 1561 malakali vrachlar xizmat koʻrsatadilar. Choʻponota tepaligi yonida dam olish uyi, Markaziy, Soʻgʻdiyona madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar „Afsona“ akvaparki, koʻplab stadion, tennis kortlari, „Delfin“ suzish majmui bor.
Samarqand zaminida mashhur donishmandlar, allomalar voyaga yetgan, jumladan, Ulugʻbek S.da munajjimlar maktabiga asos soldi, Madrasa va rasadxonalar qurdi. Uning atrofida butun bir ilmiy maskan — Ulugʻbek akademiyasi tarkib topdi. Bu akademiyada Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ulugʻbek akademiyasida amalga oshirilgan ishlar jahon fan olamida tan olindi.
XVI-XVII-asrlarda Samarqandda Miram Chalabiy, Mullo Abdulali Nazmuddin ibn Muhammad ibn Husayn Birichandiy, Amir Akbar Samarqandiy, Doʻstiy Samarqandiy, Koshifiy Samarqandiy, Mir Jaloliddin Xorazmiy, Mavlono Abdulxayr Samarqandiy va hokazo koʻplab fan va madaniyatning mashhur namoyandalari ijod etganlar.
Samarqand shahrida hozirgi kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalining Samarqandda oʻtkazilishi muhim ahamiyatga egadir.
Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos oʻrni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qoʻshgan buyuk hissasining eʼtirofi sifatida Samarqand „Amir Temur“ ordeni bilan mukofotlandi (1996 yil 28 avgust). Ordenni 1996-yil 18-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov topshirdi.
Manbalar va ad.: Samarqand tarixi, T., 1—2 j., 1971; Samarqand (prof. Z.M.Akramov tahriri ostida), T., 1961; Samarqand shahri toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar, S, 2002; Umnyakov I. I., Aleskerov Yu. N., Samarqand (spravochnikyoʻlkoʻrsatkich), T., 1968; Pugachenkova G. A., Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Zohidov P., Samarqand meʼmorlik maktabi (19—20asr boshlari), T., 1965; Bartold V. V., Istoriya Samarqanda pri Timuridax. Soch., tom 6, M, 1966; Pugachenkova G. A., Rempel L.I., Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Oʻzbekistana, T., 1959; Yakubovskiy A. Yu., Iz istorii arxeologicheskogo izucheniya Samarqanda, Samarqand, 1927; Shishkin V.A. Kalai Afrasiyab, sb. „Afrasiyab“, vip. № 1, T., 1969; Shishkin V.A., Afrasiyab — sokrovishnitsa drevney kulturi, T., 1966.[9]
Samarqand shahri (Toshkentdan 354 km uzoqlikda) eramizdan avvalgi VII asrda tashkil topgan. U oʻzining deyarli 3 ming yillik tarixiy yodgorliklariga ega va Temuriylar sulolasi boshqaruvi davriga tegishli arxitektura yodgorliklari qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya va Rimdagi arxitektura durdonalari singari katta ahamiyatga egadir.

3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.


Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib, jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati rahbarligida mustaqillik yillari Samarqand shahridagi arxitektura yodgorliklarini tiklash va taʼmirlash, ayniqsa, eski shahar qismini qayta qurish va taʼmirlash, obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi. Temuriylar sulolasi yaratgan arxitektura

yodgorliklari Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya kabi davlatlarda yaratilgan arxitektura obidalaridan aslo qolishmaydi.


Mustaqillik yillarida qaytadan barpo etilgan al Buxoriy, Motrudiy va boshqa tarixiy majmualar tahsinga sazovordir. Samarqand qadimiy Rim bilan tengdoshdir. Uning tarixiy madaniyatining quyi qatlamlari eramizdan avvalgi I ming yilliklarga borib taqaladi. U qadimgi va hozirgi jumboqli Sugʻd davlatining poytaxti Maroqand shahri qoldiqlari bilan tillashadi. Samarqand shahridagi Afrosiyob juda koʻp qonli voqealarni boshidan kechirgan.
XIII asr boshlarida moʻgʻul bosqinchilari Oʻrta Osiyoning tinch hayotiga tajovuz soldi, ular juda koʻplab shaharlarni, sanʼat yodgorliklari va madaniy boyliklarini vayron etdilar. Chingizxon qoʻshinlari tomonidan Afrosiyob yer yuzidan yoʻq qilindi. Uylar va saroylar yondirildi, necha asrlab suv berib turgan suv quvurlari barbod etildi, gullab-yashnab turgan bogʻlar kultepalarga aylantirildi. Biroq shahar oʻlmadi, aksincha, XIV-XV asrga kelib yanada gullab-yashnadi. Bu kunlar buyuk sarkarda Amir Temurning Samarqand shahrini oʻz saltanatining markaziga aylantirishga qaror qilgan davrlarga toʻgʻri keldi. Amir Temur saroyida boʻlgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻz bitiklarida Samarqand haqida quyidagilarni yozadi:
"Temur bu shaharning gullab-yashnashini xohlardi, u qaysi yurtni egallamasin, u yerdan odamlarni bu yerga yashashi uchun olib kelar, ayniqsa turli yoʻnalishlardagi ustalarni yigʻishga harakat qilardi".
Temur oʻz yurti poytaxtini dunyodagi eng katta va koʻrkam shaharlar qatoriga qoʻshishni istardi. Shu boisdan Samarqand shahri atrofidagi qishloqlar Bogʻdod, Damashq, Qohira kabi buyuk shaharlar nomini oldiki, Temur oʻz poytaxti oldida bu shaharlar bir qishloqchalik boʻlishini istardi. Samarqand shahrini 13 ta katta bogʻ yashtanib turardi, ularning eng kattasi shu darajada keng ediki, tarixning shohidlik berishicha, bir kuni shu bogʻda adashib qolgan otni bir oy izlashgan ekan.
Afrosiyob Samarqand shahrining qadimiy qoldiqlari, uzoq asrlar davomida 10-15 metr chuqurlikda koʻmilib ketgan arxeologik qazilmalari bilan mashhur, qadimiy aholisi VI-VIII asrlarda hozirgi Samarqand shahri yaqinidagi tepaliklarda, taxminan 2 kv km maydonda yashagan. Samarqand shahri yodgorliklari oʻzining buyukligi bilan odamlarni qoyil qoldirgan. Uning binolari devorlaridagi zangori naqshlari, arxitektura shakllari, turli koʻrinishlardagi geometrik shakllari bilan kishini hayratga soladi. Bular Registon, Shohi Zinda, Goʻri Amir maqbaralari ansambllaridir.
Samarqand atrofidagi Afrosiyob tepaliklari boʻylab Shohi Zinda meʼmorchilik ansamblining 11 ta maqbaralari joylashgan. Bu koʻchalarni qurishni hech kim rejalashtirmagan, ular oʻz-oʻzidan yuz yillar davomida barpo etilgan. Shohi Zinda soʻzi „Tirik shoh“ maʼnosini anglatib, uning madaniyati bu yurtlarga islom kirib kelgunicha gullab-yashnagan. Afrosiyob gullab-yashnagan davrlarda uning shuhrati shu darajada yuqori ediki, oʻsha davrdagi islom peshvolari u bilan kurashishga hayiqishgan.
Uning shuhrati toʻgʻrisida afsonalar yaratilgan, ulardan biri Muhammad Qosim ibn Abbos paygʻambarning amakivachchasi ekanligi haqidagi afsonadir. „Bibixonim“ nomidagi goʻzal maschid eski shaharga kirish darvozasi oldidagi maydonda joylashgan. U toʻrtta inshootdan iborat boʻlib, bular kirish galeriyasi, asosiy maschid va ikkita kichik maschidlar, ular bir-biri bilan aylanma gumbazli va uch qatorli tosh devorlar orqali bogʻlangan.
Aytishlaricha, Amir Temurning uzoq mamlakatlarga qilgan safarlaridan birida uning eng suyukli xotini Saroymulkxonim, xalq ichida uni Bibixonim deb ham ataydilar, mamlakatdagi eng mashhur bashoratchilarni yigʻib, yulduzlar bashorat qilgan vaqtda ushbu maschidni qurishni boshlagan ekan. Bibixonimning chiroyiga oshiq boʻlib qolgan va sevgi yoʻlida devona boʻlib oʻz jonini fido qilgan yosh meʼmor maschidni qurilishi tugash arafasida ishni paysalga sola boshlagan, chunki maschid qurulishining tugashi uning uchun Bibixonim ruhsoridan ayrilishi edi.

Ana shunday kunlarning birida shaharga Amur Temurning chopari keladi va uning shaharga qaytayotgani haqidagi habarni aytadi. Bibixonim machit qurilishini tezroq tugatishni talab qiladi. Meʼmor qurulishni tezroq tugatish uchun bitta shart qoʻyadi, u ham boʻlsa Bibixonimning bitta boʻsasi edi.


Nima qilish kerak? Bibixonim rozi boʻlishdan boshqa chora topmaydi. U yuziga yostiq qoʻyib, yostiq ustidan boʻsaga rozi boʻladi. Lekin yosh meʼmorning boʻsasi shu darajada kuchli va issiq ediki, u yostiq ustidan ham oʻtib sohibjamolning yuzida iz qoldiradi. Amir Temur shaharga kirib kelib maschidni zavq bilan tomosha qiladi. U xotini bilan koʻrishayotganda uning yuzidan harir pardani oladi va uning yuzidagi izni koʻradi. Bundan tutoqib ketgan Amir Temur gunohkorni topishni soʻraydi. Hamma yosh meʼmorni qidirishga tushadi, lekin u oʻzini mudhish jazo, oʻlim kutayotganligini bilib, minoraning eng baland nuqtasiga chiqadi va oldindan tayyorlab qoʻyilgan qanotlarni taqib, Mashharga uchib ketadi… Samarqand maqbaralari ichida eng mashhuri Goʻri Amirdir.
Bu maqbara Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sultonga atalgan edi, lekin hozirgi kunda bu yerga Amir Temur, uning oʻgʻillari va boshqa nabiralari, oʻrta asrlarning ulugʻ olimi Ulugʻbek dafn etilgan, bu maqbara temuriylar maqbarasiga aylangan. Eski Samarqandning markazi Registon sanaladi. Bu yerga shaharning hamma tomonidan koʻchalar keladi. Eski davrlarda maydondan katta kanal oʻtgan va u juda koʻp qum uyumlarini oqizib kelgan. Shu sababli bu maydon Registon nomini olganki, maʼnosi „qumli joy“ yoki „qumli maydon“ maʼnosini anglatadi. Registon XV asrgacha katta savdo markazi boʻlgan.
Ulugʻbek Samarqandni boshqargan 1409-1447 yillarda maydon harbiy koʻriklar, qoʻshinlarni koʻrikdan oʻtkazish, farmonlar oʻqib eshittiriladigan joyga aylangan. Hozirgi kunda Registon maydonini uchta madrasa: Sherdor, Tillakori (XVII asrda qurilgan) va Ulugʻbek (XV asrda qurilgan) madrasalari bezab turibdi. Ulugʻbek madrasasi olimning koʻrsatmasi bilan 1420 yilda qurilishi boshlangan. Toʻrt burchakli va toʻrt minorali bu madrasaning ichida toʻrtburchak hovlisi bor va hovliga qaratib toʻrt tomondan hujralar qurilgan. Ulugʻbek madrasasi oʻzining boy meʼmoriy terma naqshlari, geometrik tuzilishi va osmon aks etib turgan maydoni bilan fan va madaniyatning buyuk asari sifatida saqlanmoqda.
Ulugʻbek zamonida Samarqand Oʻrta Osiyoning bilim oʻchogʻiga aylandi. Oʻsha davrlarda bu yerga dunyoning eng taniqli matematiklari, astronomlari, tarixchi olimlari yigʻilishgan. Ulugʻbek zamonasida tanlab jalb qilingan olimu-fuzalolar, uning observatoriyasida xizmat qilgan olimlar fanning ajoyib siru-asrorlaridan voqif boʻldilar. Butun jahonning savdogarlari, shoiru-ulamolari va olimlari „Jahonning qimmatli durdonasi“ atalmish Samarqandga intilganlar. Samarqandning koʻp asrlik tarixi Roʻdakiy, Bobur, Jomiy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Muqimiy, Furqat, Qozizoda Rumiy kabi fan va sanʼatning ulugʻ mutafakkirlari bilan chambarchas bogʻliqdir.
Samarqand — afsonaviy shahar, har bir joy, koʻchalar, havzalari oʻz tarixiga ega. Afrasiyobning shimoliy sharqidagi tepaliklarda Amir Temurning nabirasi Ulugʻbekning osmon jismlari va yulduzlarini oʻrganish boʻyicha qurgan rasadxonasining bir qismi saqlanib qolgan. Rasadxona binosi 1449-yilda buzib tashlangan, hozirgi kunda tashrif buyuruvchilar rasadxonaning yer osti qisminigina koʻrishlari mumkin. Samarqandda tarixiy obidalardan tashqari koʻpgina dam olish maskanlari ham mavjud. Taxtaqorachi dovoni yaqinidagi Omonqutan maskanida hozirgacha Samarqand shahri toʻgʻrisidagi qiziq-qiziq afsonalarni eshitish mumkin. Bundan tashqari ushbu viloytda neandertallar lageri qoldiqlari topilgan.
Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi[tahrir]
Samarqand shahrining umumiy maydoni — 120 km². Shahar hududi Samarqand tumani bilan oʻralgan. Samarqand ushbu tuman hududiga kirmaydi va viloyatga boʻysunuvchi shahar va Samarqand viloyati maʼmuriy markazi maqomiga ega.

Xulosa:
Hozirgi payta Samarqand shahri ichki maʼmuriy-hududiy boʻlinuvga ega emas (mahallalarni hisobga olmaganda). Shahar hududini maʼmuriy tumanlarga boʻlish, ilk bor 1939-yilda amalga oshirilgan edi. Oʻsha yilning 10-fevral kuni Samarqand shahri hududi uch maʼmuriy tumanga: Bogʻi-Shamol (ruscha: Bagi-SHamalskiy), Jeleznodorojniy (ruscha: Jeleznodorojnыy) va Siyob (ruscha: Siabskiy) tumanlariga boʻlindi. Bogʻi-Shamol tumani shaharning markaziy qismini, Jeleznodorojniy tumani shaharning gʻarbiy qismini, Siyob tumani esa shaharning sharqiy qismini, Samarqandning tarixiy markazini egallar edi. 1950-yillarda ushbu tumanlar bekor qilindi. 1976-yilda ushbu tumanlar qaytadan tashkil etildi. Qayta tashkil etilgan tumanlarning faqat bittasining nomi oʻzgartirildi: Bogʻi-Shamol tumani — Bogʻishamol tumaniga. 1990-yillarda Jeleznodorojniy tumanining nomi Temiryoʻl tumaniga oʻzgartirildi. 2003-yilning oxirida Samarqand shahrining barcha uch tumani bekor qilishi haqida qaror qabul qilindi va 2004-yilning 1-yanvarida ushbu tumanlar bekor qilindi[10]
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling