Annotatsiya: Usbu maqolada qasam nutqiy janri, ularning turlari, xususan, diniy qasamlar haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, qasam so’zining ma’nosi, diniy qasamlar va ularning turlari
Download 23.42 Kb.
|
DINIY QASAM oxirgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевыеслова
- Qasam ichaman…
- Besh farzandim, onam haqqi, qasam ichaman
DINIY QASAMLAR Madinabonu Akramova Avazbek qizi Andijon davlat universiteti Lingvistika yo’nalishi 1-bosqich Magistranti Annotatsiya: Usbu maqolada qasam nutqiy janri, ularning turlari, xususan, diniy qasamlar haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, qasam so’zining ma’nosi, diniy qasamlar va ularning turlari, ularning o’zbek lingvomadaniyatiga ta’siri yoritib berilgan. Kalit so’zlar: nutqiy janr, qasam janri, diniy qasam, qasam yuklamalari, qasam birliklari. Аннотация: В данной статье рассматривается речевой жанр клятв, их виды, в частности религиозные клятвы. Также разъясняется значение слов клятв, религиозных клятв и их видов, их влияние на узбекскую языковую культуру. Ключевыеслова: речевой жанр, клятвенный жанр, религиозная клятва, клятвенные загрузки, клятвенные единицы. Annotation: This article talks about the speech genre of oaths, their types, in particular, religiousoaths. Also, the meaning of the word oath, religious oaths andtheir types, their influence on the Uzbek linguistic culture are explained. Keywords: speech genre, oath genre, religious oath,oath particles, oath units. Nutq tilning jonliligi, hayotiyligi, mazmuniyligini ta’minlovchi asosiy vositadir. Uning bu jihati til sistemasini nutqiy kommunikatsiya bilan bog’laydi va tilning kommunikativ funksiyasini to’g’ri anglashga yordam beradi. Nutqiy faoliyatning asosini so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi kammunikatsiyani ta’minlovchi nutqiy muloqot tashkil qiladi. So’zlovchi bayon qilmoqchi bo’lgan fikrini tinglovchiga muayyan nutqiy janr qolipida yetkazadi. Shunga ko’ra, nutqiy janr kommunikatsiya jarayonida so’zlovchining tinglovchiga uzatayotgan xabari maqsadini aniqlashtirish vazifasini bajaradi. Masalan, ta’ziya bildirish maqsadida so’zlovchi maxsus qolipdagi nutqiy butunlikka murojaat qiladi. O’zbek tilida ta’ziya bildirish asosan, Ta’ziyamni qabul qiling, Alloh sabr bersin,bandalik ekan kabi nutqiy butunliklar orqali, ya’ni ta’ziya nutqiy janri orqali ifodalanadi. Kommunikatsiya jarayonida shakllanuvchi bunday butunlikni M. M. Baxtin nutqiy janr deb ataydi. Uning fikricha, “ Ona tili va uning lug’at boyligi, grammatik qurilishini biz lug’atlardan yoki grammatikadan bilib olmaymiz, balki ularni bizni o’rab turganlar bilan amaliy nutqiy muloqot jarayonida tinglaydigan va o’zimiz o’ylab gapiradigan konkret jumlalar orqali bayon qilamiz”.1 Yuqoridagilardan anglashiladiki, kommunikatsiya jarayonida tugal, yaxlit jumlalarning muayyan vaziyat va maqsadga moslab tanlanishi nutqiy janrlarni yuzaga keltiradi. Demak, nutqiy janrlar inson faoliyati bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. Mana shunday nutqiy janrlardan biri qasamlardir. Qasam janri o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan qadimiy janrlardan biri hisoblanadi. O’zbek tilidagi qasamlar ijtimoiy xususiyatlariga ko’ra 3 turga ajratiladi. 1. Diniy qasamlar 2. Soha qasamlari 3. Xalqona qasamlar. Biz ushbu qasam turlaridan diniy qasamlar haqida fikr yuritamiz. Kundalik hayotda vaqti-vaqti bilan qasamga oid gap-so’zlar quloqqa chalinadi. Kimdir tug’ishgan akasi bilan gaplashmaslikka, kimdir falonchining uyiga qadam bosmaslikka, kimdir o’zining haq ekanligini isbotlash uchun, yana kimdir xaridorga molini o’tkazish uchun qasam ichadi. Ammo ont ichayotganlarning aksariyati qasam haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Biz “qasam” deb tarjima qilgan ibora arab tilida “yamin” lafzi bilan kelgan. Umuman olganda, bizning tilimizdagi “qasam” va “ont” so’zlari o’rniga arab tilida “qasam”, “halif” va “yamin” so’zlari ishlatiladi. “Yamin” so’zi “o’ng tomon”, “o’ng qo’l” ma’nolarini anglatadi. Arablarda qasamga “yamin” so’zining ishlatilishining sababi shuki, ularning odatlari bo’yicha, kishilar o’zaro qasam ichganlarida bir-birlarining o’ng qo’lidan tutib turib, qasam ichishar ekan. Shariatda esa biror narsani Allohning ismi yoki sifati bilan ta’kidlash yamin, ya’ni qasamdir. “Yamin” sha’riy istilohda quyidagicha ta’riflanadi: “Yamin – Alloh taoloning ismi yoki U zotning sifatlaridan birini zikr qilish ila muhtamal – ehtimoli bor bir ishni ta’kid qilishdir”.2 Boshqa bir ta’rifda: “Xabarni Allohning zikri yoki ta’liq ila kushaytirish – yamindir”, deyiladi. Qasamning sababi – qasam ichuvchi o’zining rostgo’yligini tinglovchiga ta’kidlashni yoki o’zini bir narsani qilish yoki tark etishga majburlashni qasd qilishidir.3 Arab tilida qasam turli uslublar bilan ifoda etiladi. Masalan, ochiq qasam ichish ma’nosidagi so’zlar bilan yoki qasam harflari bilan. – Zaynab… men hammasini bilaman, – dedi Jamshid boshini egib. – Men ayol bo’lsam ham undan o’ch olaman. – Sen singlimsan… Sen uchun men o’ch olaman… Qasam ichaman… Agar seni himoya qiladigan erkak zoti qirilib bitsa o’zing o’ch olasan…4 Ushbu parchada Jamshid o’ch olishga qasd qilganini ta’kidlash uchun qasam ichdi va qasamini to’g’ridan to’g’ri qasam ichaman birligi bilan ifodaladi. Arab tilida ba’zi yuklamalar qasamlarni ifoda qilish uchun xizmat qiladi.Bularو “va”,ب “bi” hamda ت“ta” yuklamalaridir. Ot oldiga quyidagi yuklamalarni keltirish bilan qasam ifodalanadi. Bularning ichida eng ko’p ishlatiladigani و“va” dir. Qur’oni karimning bir qancha suralari qasam bilan boshlangan, jumladan, “Shams” surasi ham. Bu holatda qasam lafzlari ishlatilmaydi, balki qasam harflarining o’zi kifoya qiladi. Masalan, “ Vashshamsi va duhaha” lafzining ma’nosi “Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam”, deganidir. Odatda, biror bir gapga e’tiborni qaratish, o’sha gapni ta’kidlab aytish yoki eng muhim masalalarni bayon qilishdan avval qasam ichiladi. Qasam ikki qismga bo’linadi: 1.Alloh taoloning ismi yoki sifatlari bilan qasam ichish. 2.Alloh taoloning ismi yoki sifatlaridan boshqa narsalar bilan qasam ichish. Birinchi turdagi qasam kundalik hayotimizda juda ko’p uchraydi. Alloh guvoh, Xudo haqqi, Xudo ursin kabi birliklar orqali qasam ichiladi. Arablarda esa kundalik hayotda ولله “Vallohi” deb qasam bilan gapirish odatiy tusga kirib qolgan. Ikkinchi turdagi qasam, ya’ni Alloh taoloning ism yoki sifatlaridan boshqa narsalar bilan qasam ichish. Agar qasam Alloh taolo tomonidan bo’ladigan bo’lsa, U zot O’zi xohlagan narsasi bilan qasam ichaveradi. Alloh taolo Qur’oni karimda turli narsalar bilan qasam ichgan. Bu o’sha narsalarning Alloh taolo huzurida e’tiborli ekanligini ko’rsatish, biz bandalarning diqqatimizni o’sha narsalarga tortishga o’xshash maqsadlarda qilingandir. Alloh O’zi yaratgan narsalardan ba’zilarini qasam bilan tilga olishi o’sha narsalarning ahamiyatini yana ham oshiradi. Masalan, yuqorida aytib o’tgan “Shams” surasining keyigi oyatlari ham bunga misol bo’la oladi: “Val qomari iza talaha. Van nahari iza jallaha. Vallayli iza yag’shaha” oyatlarining ma’nosi “Uning ortidan kelgan oy bilan qasam. Va u (quyosh) ni ravshan ko’rsatgan nahor bilan qasam.Va u (quyosh) ni qoplagan tun bilan qasam” . O’zbek lingvomadaniyatida ham Allohning ism va sifatlaridan boshqa narsalar bilan qasam ichilganda Qur’oni karimda Alloh taolo tomonidan ichilgan qasamlar singari qadr-qimmati baland, qasam ichayotgan inson uchun muhim ahamiytga ega narsalar o’rtaga qo’yiladi. – Yo’q,yo’q! – Mirza Hamid silkinib o’rnidan turib ketdi. Qo’llari bilan allaqanday harakatlar qilib orqasiga tisarila boshladi, – Xudo shohid, qizni men o’g’irlagan emasman! Besh farzandim, onam haqqi, qasam ichaman, bek, tuhmat azobini o’zingiz bir marta tortgan edingiz, tuhmat bilan o’ldirmang meni.5 Yuqoridagi parchada biz uchun eng aziz bo’lgan insonlar, ya’ni ona va farzandlar bilan qasam ichilgan. Bu esa qasamning ishonarli bo’lishi uchun xizmat qiladi. Bulardan tashqari Qur’on ursin yoki Qur’onni o’rtaga qo’yib qasam ichaman, non ursin, aziz avliyolar haqqi, oilam haqqi singari qasamlar ham keng tarqalgan. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, o’zbek lingvomadaniyatida qasamlar orasida diniy qasamlar alohida ahamiyat kasb etadi va boshqa qasam turlaridan o’ziga xos xususiyatlari va mzmun qirralari bilan farqlanib turadi. Download 23.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling