Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda badiiy matnlarning o‘rni haqidagi fikrlar bayon qilingan


Download 228.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.12.2022
Hajmi228.52 Kb.
#1030749
Bog'liq
5952-Текст статьи-14844-1-10-20220601



BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSTAQIL FIKRLASH KO‘NIKMASINI 
SHAKLLANTIRISHDA BADIIY MATNLAR TAHLILINING AHAMIYATI 
Rizayeva Nafosat 
JizDPI Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti talabasi 
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmasini 
shakllantirishda badiiy matnlarning o‘rni haqidagi fikrlar bayon qilingan. Maqolada qo‘llanilgan didaktik o‘yinlar 
to‘g‘risidagi nazariy ma‘lumotlar berilmasdan, aynan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlash ko‘nikmasini 
shakllantirishga qaratilganligi bilan dolzarbdir. 
Kalit so‘zlar: mustaqil fikrlash, badiiy matn, tahlil, ,,Ertak yaratamiz‘‘, ,,Nimaning bolasi‘‘, ,,O‘ylab top‘‘. 
Аннотация. В данной статье изложены представления о роли художественных текстов в 
формировании навыков самостоятельного мышления у младших школьников. Не вдаваясь в теоретические 
сведения о дидактических играх, использованные в статье, актуальны именно тем, что направлены на 
формирование у младших школьников навыков самостоятельного мышления. 
Ключевые слова: самостоятельное мышление, художественный текст, анализ, ,,создаем сказку‘, ,,чадо 
чего‘, ,,придумай‘. 
Annotation. This article presents ideas about the role of literary texts in the formation of independent thinking 
skills in younger schoolchildren. Without going into the theoretical information about didactic games used in the 
article, they are relevant precisely because they are aimed at forming the skills of independent thinking in younger 
schoolchildren. 
Key words: independent thinking, artistic text, analysis, ,,creating a fairy tale‘, ,,child of what‘, ,,invent‘. 
Fikrlash doim hissiy tajriba ma‘lumotlariga tayanadi. Ya‘ni bola atrofdagi narsalarni voqea, 
hodisalarni ko‘rib, kuzatib, ular haqida ma‘lumotlarni eshitib, sezgi organlari orqali his qilib, sezib 
biladi. Bola idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun ma‘lum 
ma‘no va mohiyatiga ega bo‘ladi. Bu kuzatganlari, bilganlari xulosasining natijasini nutqi orqali 
og‘zaki bayon qilishi, yozma bayon qilishi, mustaqil fikrlash hisoblanadi. 
Bog‘cha yoshidagi bolaning fikrlash darajasi maktabdagi ta‘lim va tarbiya jarayonlarida 
takomillashtirilib boriladi. O‘quvchilarning fikrlash darajasining takomillashishida o‘qituvchining 
roli yetakchidir. U o‘quvchilarni ta‘lim jarayonining faoliga aylantirmog‘i kerak. 
O‘quvchilarni o‘rganayotgan darslik, undagi mavzular ustida fikr yuritishga, o‘z fikrini erkin 
bayon etishga o‘rgatish juda muhim sanaladi. Bunday paytda ta‘lim jarayonida pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish samarali natijani beradi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil 
qilingan dars jarayonida o‘quvchi faol ishtirok etadi, o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqotga 
bemalol kirisha oladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda matn 
ustida ishlash, badiiy matnlar, ularning tahlilining ahamiyati juda kattadir. 
Badiiy matnlarning o‘ziga xosligi, ularda ta‘sirchanlik va tasviriylik kuchliligidir. Shu 
o‘rinda badiiy matn nima?, degan savol tug‘uladi. Badiiy matn- badiiy nutq uslubiga ishora 
qilivchi, o‘zining individual xususiyatlari bilan ajralib turuvchi, metafora, taqlid, taahbeh va 
boshqa ko‘plab turli xil ifoda vositalariga boyligi bilan ajralib turuvchi matn turidir. Bunday ifoda 
vositalari orqali muallif badiiy matnda muhokama qilinayotgan narsalarning obrazlari va 
tushunchalarini tuzadi. 


Badiiy matnni boshqa matn turlaridan ajratib turadigan xususiyati, uning yuqori darajada 
hissiyotga egaligidir. Bunda muallif o‘z his-tuyg‘ularini, qalbidan kechayotganlarini turli turli 
ifoda vositalari, tasvirlaah vositalari yordamida o‘quvchilarga yetkazibgina qolmasdan, ularni ,,o‘z 
dardiga‘‘ sherik qiladi. 
O‘quvchi badiiy matn qahramoniga chinakamiga aylanadi. U kulganda kuladi, yig‘laganda 
yig‘laydi. 
O‘quvchilarning nutqiy taraqqiyotini ta‘minlashda matn, uning tahlili va matn yaratish
muhim hisoblanadi. Zero, matn inson tafakkurining voqealanishi, tugal bir mazmunning kashf 
etilishi, yuzaga chiqishidir. 
Yuqorida darsliklardan joy olgan badiiy matnlarni keltirib o‘tgan edik, endi bu matnlarni 
dars jarayonida qanday didaktik o‘yinlar, vositalar yordamida o‘tishni ko‘rib chiqamiz. Tubanda 
berilgan didaktik o‘yinlarga misollar matn, matn ustida ishlash, badiiy matnlar tahlili darslarini 
yaxshi o‘zlashtirishga xizmat qiladi. 
,,Ertak yaratamiz‘‘ o‘yini. 
Xattaxtaga to‘rtta surat lar ilinadi. Suratlarning birida quyon, ikkinchisida tulki, uchinchisida 
toshbaqa, to‘rtinchisida esa o‘rmon tasvirlangan bo‘ladi. 
O‘quvchilar suratlar yordamida yangi bir ertak yaratishlari lozim bo‘ladi. Fikrini bayon 
qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchi qo‘l ko‘taradi va o‘qituvchi ruxsat bergach javob beradi. O‘quvchilar 
tuzgan ertakdagi gaplar bir-biriga mazmunan bog‘langan bo‘lishi, yaratilgan ertakda suratdagilar 
qatnashgan bo‘lishi shart. Ertak juda ham cho‘zilib ketmasligi lozim, qisqa va mazmunga boy 
bo‘lgani yaxshi. Ertakka o‘qituvchining o‘zi yakun yasab, xulosa bilan o‘yinni tugallaydi. Bu 
orqali o‘quvchilar ijodiy fikrlaydilar, o‘z mustaqil fikrlarini ayta oladilar. 
,,Nimaning bolasi‘‘ o‘yini. 
O‘yin o‘quvchilarning qay darajada atrof-muhit, undagi hodisalar-u narsalarni, hayvonot 
olamini kuzatganlik darajasini belgilab beradi. Bu o‘yin hayvonlar qahramon bo‘lgan ertaklar, 
hikoyalar, ona tabiat tasvirlangan matnlar tahlili o‘tilgan darslardan so‘ng olib boriladi. 
Maqsad: Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish, ular to‘g‘risida ega bo‘lgan 
ma‘lumotlarni yanada boyitish, so‘z boyligini oshirish. 
O‘yinning borishi: O‘quvchilar, hayvonlarning bolalariga onasini topishga yordam beramiz. 
Qo‘zichoq nimaning bolasi? (qo‘yning bolasi) 
Toychoq nimaning bolasi? (otning bolasi) 
Mushukcha nimaning bolasi? (mushukning bolasi) 
Uloqcha nimaning bolasi? ( echkining bolasi)Bo‘taloq nimaning bolasi? (tuyaning bolasi) 
O‘qituvchi tomonidan shu kabi savollar beriladi. O‘quvchilar javob beradilar. 
Faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. 
,,O‘ylab top‘‘ o‘yini. 


O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga darslikda berilmagan badiiy matn o‘qib beriladi. Matn 
nima haqida ekanligi, undagi ijobiy va salbiy qahramonlar kim ekanligi kabi qisqa savol-javob 
o‘tkazilgach, matnga qanday sarlavha qo‘yish mumkinligi so‘raladi. Har bir o‘quvchining fikri 
tinglanib, ularning ichidan matn mazmuniga eng mos bo‘lgan sarlavha tanlanadi. O‘quvchilar 
o‘qib berilgan badiiy matnga sarlavha tanlash jarayonida bildirgan fikrlari o‘qituvchi tomonidan 
qat‘iy rad etilmasligi lozim. Chunki bu ularning mustaqil fikrlashlarini to‘xtatib qo‘yishi yoki o‘z 
fikrini qo‘rqmasdan bayon qila olmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday tort, beshta 
gapdan iborat badiiy matnlar har darsda o‘qib berilsa va unga o‘quvchilar tomonidan sarlavha 
tanlansa, o‘qituvchi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish borasida bir 
qancha yutuqlarga erishadi. 
Xullas, badiiy matn tahlili orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlash 
ko‘nikmalarini shakllantirish o‘qish va ona tili va o‘qish savodxonligi mashg‘ulotlarida 
ko‘zlanadigan bosh maqsad bo‘lib, u so‘z ustida ishlash, gap ustida ishlash va matn ustida ishlash 
orqali amalga oshiriladi. Bu darslarda istalgan bir mavzuni o‘tishda o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini 
ijodiy va mustaqil fikrlashga o‘rgatib, uni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish ustida 
ishlashni tashkil eta olmog‘i lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1. Qosimova K. va boshqalar Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent: 
“Nosir” nashriyoti. 2009y.88-bet. 
2.Hakimova Shahnoza “Adabiyot darslarida o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga o‘rgatishning metodik asoslari “ bitiruv-malakaviy ishi.Guliston.- 2015 
3. Yo‘ldoshev Q va boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Dasturiy qo‘llanma.
–T.: RTM. 
4.Review.uz( internet ma’lumotlari asosida); 

Download 228.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling