«anor bank» aj «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazish qoidalari «anor bank»


Download 324.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana09.02.2023
Hajmi324.7 Kb.
#1181030
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Stimul light uz06.09.2022



«ANOR BANK» AJ «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazish qoidalari 
«ANOR BANK» AJdan «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazishning ushbu Qoidalari (keyinchalik - 
"Qoidalar") «ANOR BANK» AJning "Stimul Layt" aksiyasiga jismoniy shaxslarni qo‘shilishi va ishtirok 
etishining umumiy tartibini belgilab beradi. 
1. Atamalar va tushunchalar 
Aksiya - «ANOR BANK» AJ kredit mahsulotlari bo‘yicha "Stimul layt" rag‘batlantiruvchi aksiyasi, u 
yangi mijozlarni jalb qilishga va aksiyaning amal qilish davrida Bankning mikroqarz olgan mavjud 
mijozlarining sodiqligini oshirishga hamda bank xizmatlari iste’molchilarining moliyaviy savodini 
oshirishga qaratilgan.
Aksiya shartlari - aksiyada ishtirok etish davrida asosiy shartlardan farq qiladigan shartlarda Mijozga 
xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladigan shartlar. 
Bank – «ANOR BANK» AJ aksiyadorlik jamiyati (litsenziya O‘zR MB №87 22 avgust 2020 y., 
joylashgan joyi: Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4 uy). 
Sayt – Bankning internet-sayti www.anorbank.uz 
Xizmatlar paketi - bu Aksiya amal qilishi davrida taklif qilinadigan rag‘batlantiruvchi shartlar, limitlar 
va tariflar jamlanmasi. 
Abonent to‘lovi - ulanadigan To‘plam qiymatini belgilovchi, oldindan berilgan rozilik bo‘yicha 
Mijozning Hisobidan yechib olinadigan summa. 
Aksiya ishtirokchisi - mazkur Qoida tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lgan Xizmatlar 
paketiga ulangan jismoniy shaxs, Bank mijozi.
Mikroqarz - bu tuzilgan shartnomaga muvofiq, qonunchilikka zid bo‘lmagan shartlarda, Aksiya 
doirasida to‘plamlar bo‘yicha xizmatlarga kiritilgan, bank tomonidan Qarzdorga - jismoniy shaxsga 
beriladigan pul mablag‘lari.
Hisob-kitob davri - bu xizmatlar (mikroqarz) bo‘yicha to‘lovning boshlanishidan keyingi sanasigacha 
teng bo‘lgan davr.

Download 324.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling