Aorta aorta


Download 32.15 Kb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi32.15 Kb.
#1445126
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 mavzu


11-mavzu: Aorta, aorta ravog'i, umumiy va tashki uyku arteriyasi. Ichki uyku arteriyasi. Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishidagi o'ziga xoslik.
AORTA — AORTA
Odamning arteriya qonini tarqatadigan asosiy qon tomir hisoblanadi. Yurakning chap qorinchasidan chiqib, o'zaro tutashgan (davom etadigan) uch qismga: ko'tariluvchi — aorta ascendens ga, aorta ravog'i — arcus aortae ga, tushuvchi aorta — aorta descendens ga bo'linadi. Arterial naycha — ductus arteriosus yoki Botalov naychasi homila taraqqiyoti davrida o'pka arteriyasini tushuvchi aorta bilan qo'shib turadi va oldingi ko'ks oralig'i bo'shlig'ida joylashadi. Bola tug'ilganidan so'ng (3-5 kunlarda) arterial naycha puchayib, keyingi 3- oylarda arterial boylam — ligamentum arteriosum ga aylanadi.
KATTA QON AYLANISH DOIRASINING ARTERIYALARI
Aorta — aorta yurakning chap qorinchasidan chiquvchi, eng katta arteriya hisoblanadi. Aortada uch bo'lim tafovut etilib. uning ko'tariluvchi qismi — pars ascendens aortae; aorta yoyi — arcus aortae; pastga tushuvchi qismi pars descendens aortae tafovut etiladi. Ko'tariluvchi aorta — aortae ascendens dan yurakni arterial qon bilan ta’minlovchi tojsimon arteriyalar — a.coronariae dextra et sinistra chiqadi. Bu tojsimon arteriyalar aortaning yarimoysimon klapanlarining ostidan boshlanadi. Aortaning ko'tariluvchi qismining boshlanish sohasi kengroq bo'lganligidan, bu sohani bulbus aortae deyiladi. Bu kengaymani ichki yuzasida 3 ta havza bo'lib - sinus aortae deb ataladi.
A) Arteria coronaria dextra — o'ng tojsimon arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. R.r.atriaoventricularis — bo'lmacha va qorinchalar orasidagi shoxlar;
2. R.coni arteriosi — arterial konusga yo'naluvchi shoxlar;
3. R.nodi sinuatrialis — sino-atrial tugunchaga yo'naluvchi shoxlar;
4. R.r.atrialis — bo'lmachaga yo'naluvchi shoxlar;
5. R.marginalis dexter — o'ng chekka shoxi;
6. R.atrialis intermedius — oraliqdagi bo'lmacha shoxi;
7. R.interventricularis posterior — orqa qorinchalararo shox;
8. R.nodi antrioventricularis — bo'lmacha va qorinchalar orasidagi tugun shoxi; B) Arteria coronaria sinistra — chap tojsimon arteriya tarmoqlari:
1. R.interventricularis anterior — oldingi qorinchalararo shox;
2. R. circumflexus — aylanib o'tuvchi shox.
Bu arteriyalardan maydaroq quyidagi shoxlar ajraladi:
a) R.atrialis anastomoticus — bo'lmacha arteriyasi bilan qo'shiluvchi shox;
b) R.r.antrioventriculares — bo'lmacha va qorinchalardagi shoxlar;
d) R.marginalis sinister — chap chekkadagi shox;
e) R.atrialis intermedius — bo'lmalar oralig'idagi shox;
f) R.posterior ventriculi sinistrichap qorinchaning orqa shoxi;
g) R.r.atriales — bo'lmacha shoxlari.
Aorta yoyi — arcus aortae dan: o'ng tarafda yelka-bo'yin poyasi — truncus brachiocephalicus; chap tarafdagi umumiy uyqu arteriyasi — a.carotis communis sinistra; chap tarafdagi o'mrov osti arteriyasi — a.subclavia sinistra ajraladi. Yelka-bo'yin poyasi — truncus brachiocephalicus dan qalqonsimon bez arteriyasi a.thyroidea ima ajralganidan so'ng, bo'yin-yelka poyasi ikkiga: о'ng umumiy uyqu arteriyasi a.carotis communis dextra va o'ng o'mrov osti arteriyasi — a.subclavia dextra ga bo'linadi. Umumiy uyqu arteriyalari — a.carotis communis tashqi uyqu arteriyasi a.carotis externa va ichki uyqu arteriyasi — a.carotis interna larga bo'linadi. Umumiy uyqu arteriyasining ikkiga bo'linish sohasini bifurcatio carotidis deyiladi. Umumiy uyqu arteriyasini VI bo'yin umurtqasining tuberculum caroticum do'mbog'iga bosib, uning tarmoqlaridan oqayotgan qonni to'xtatishda foydalaniladi.

Download 32.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling