Arab husnixat yozuvchi), kalligrafiya yozuv (xat) sanʼati, kitob


Download 69.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.11.2020
Hajmi69.88 Kb.
#151411
Bog'liq
Xattotlik - Vikipediya


Xattotlik

Xattotlik (arab. — husnixat yozuvchi),

kalligrafiya — yozuv (xat) sanʼati, kitob

koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar,

badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish

kasbi. Yozuvning paydo boʻlishi natijasida

yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining

keng tarqalishi tufayli X.ning rivojlanishi

jadallashdi. Sharqda, jumladan, Oʻrta

Ushbu maqolani kalligrafiya bilan birlashtirish

taklif etiladi.

Ko‘proq o‘rganish


Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga

qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash,

ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn

koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan

(qarang Kitobat sanʼati). Xattotlar

saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida

guruh boʻlib ishlagan. Jumladan, temuriy

shahzoda Boysungʻur Mirzo (1397—

1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada

musavvir, naqqosh va boshqa ustalar

bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar

qoʻlyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz

holga kelganlarini taʼmirlash bilan

mashgʻul boʻlgan. X. sanʼatiga

bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil

asosiy xat uslublari (nasx, kufiy,



muxakkak, nastaʼlik, suls, tavqe, taʼliq,

devoniy, riko, rikʼiy) mavjudligi haqida

darak beradi.

Oʻrta Osiyoda arab yozuvlari tarqalguniga

qadar turli yozuv usullari boʻlgan [mas,

sugʻdiy, urxunenisey (qad. turkiy xoqon

yozuvlar) va boshqa]. Qad. yozuvlardan

boʻlgan kufiy yozuvi koʻpgina meʼmoriy va

boshqa yodgorlik obidalarining bezagida,

saqlanib qolgan. Jumladan, Oʻzbekiston

musulmonlari diniy idorasida

saqlanayotgan Usmon Qurʼoni ham ana

shu kufiy (qad. hijoz adabiy yozuvi)da

koʻchirilgan. Qurʼon koʻchirishda nasx,

buyruq va farmonlar yozishda tavqe,


maktublar bitishda riqo ishlatilgan.

Bulardan tashqari tumor, gʻubor, shajariy,

tugʻro va boshqa yozuv usullari ham

boʻlgan. 15-asrdan kitob koʻchirish (fors,

eski oʻzbek tillari)da nastaʼliq xati rayem

boʻlgan. X. Markaziy Osiyoda Temuriylar,

Shayboniylar va soʻnggi sulolalar

(ashtarxoniylar, mangʻitlar) davrida

yuksak darajada taraqqiy etgan. Amir

Temur davrida Mavlono Shamsuddin

Munshiy, sangtarosh va xattot Oltun juda

mashxur boʻlgan. Alisher Navoiyning

shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik

sanʼatkorlar (Sultonali Mashhadiy,

Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad

Toqiy va boshqalar) X.da samarali ijod



kilgan. "Xattotlar sultoni" Sultonali

Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqa

nastaʼliq xatini sanʼat darajasiga

koʻtargan. Temuriy shahzodalar (Ibrohim

bin Shohruh, Boysungʻur Mirzo,

Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham

X.ka homiylik qilish bilan birga oʻzlari bu

sanʼat turi bilan shugʻullangan; Zahiriddin

Muhammad Bobur esa yangi xat va

alifbo "Xammu Boburiy" ixtirochisidir.

Kitobat sanʼati bilan bir qatorda

binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi

bitiklar va buyumlarda X. keng

qoʻllanilgan. Shayboniylardan

Muhammad Shayboniyxon va

Ubaydullaxon X. bilan shaxsan



shugʻullangan va nasx xatida yuksak

mahorat bilan yozgan. 16-asr

Movarounnaxr X. maktabini yuzaga

kelishida Mir Ali Hiraviynnsh hayoti va

ijodi alohida oʻrin tutadi. Bosmaxona

paydo boʻlguniga qadar kotib, xattotlar

mehnati kitob tayyorlashda muhim oʻrin

tutgan. Bu borada Boysungʻur Mirzo,

Alisher Navoiy, Muhammad Rahimxon II

(Feruz) va boshqalarning faoliyatlari

diqqatga sazovor. 20-asrda yirik

kutubxonalarda xattotlar qoʻlyozma

kitoblar nusxasini koʻpaytirish bilan

shugullandilar. Mas, Navoiy kutubxonasi

(Oʻzbekiston milliy kutubxonasi)da bir

guruh xattotlar ishlagan. 1943 yilda



Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti

tashkil topgach, malakali xattotlar

(Ibodulla Odilov, Abduqodir Murodov,

Abdulla Nosirov, Usmon Karimov va

boshqalar) shu yerga toʻplandi: ular

koʻhna qoʻlyozmalarni tiklash, koʻchirish,

tavsif varaqalari tuzish bilan shugʻullana

boshladilar. 20-asr 80-yillariga kelib

kitobat sanʼati bir guruh kishilar

tomonidan qayta tiklandi. Bunda

Habibulla Solih, Abdulla Mirsoatov,

Toʻxtamurod Zufarov, Alisher

Shomuhammedov va boshqa ning

xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla

Solih Mushafi Usmon Qurʼonining asl

nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa



koʻchirib tayyorlagan (bir nusxasi

Malayziyaning KualaLumpur shahrida;

pergamentga koʻchirib tayyorlagan yana

bir nusxasi Toshkent islom

universitetida), Katta Langar Qurʼonidan

(SanktPeterburg va Oʻzbekistondagi

nusxalari asosida) teriga koʻchirib nusxa

tayyorlamoqda. Habibulla Solih 1998

yilda Istanbulda oʻtkazilgan Xalqaro

xattotlar bellashuvida "Devoniy" xat

uslubi boʻyicha kuchli oʻnlikdan oʻrin oldi;

1999 yilda X.da yangi tarz (naqshin

bezak yozuvining alifbosini kashf kilib bu

sohada yangilik) yaratgani uchun

Lohurdagi Xalqaro xattotlar bellashuvida

"Parvin raqam" ("Sharq yulduzi") unvoniga



sazovor boʻldi. Abdulaziz Mansurov,

Islom Mamatov, Salimjon Badalboyev,

Gʻafurjon Haqberdiyev va boshqa

bugungi kundagi eng mashhur

xattotlardir. X. hozirgi kunda Toshkent

sharqshunoslik instituti, Toshkent islom

universiteti, Behzod nomidagi Milliy

rassomlik va dizayn intida oʻrgatiladi.

Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati

tarixidan, T., 1971.

Abdumajid Madraimov.

Adabiyot


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq.

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Xattotlik&oldid=2001689



dan olindi 



Download 69.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling