Mavzu: O’zbek yozuvlari tarixi va tamoyillari Reja


Download 5.35 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi5.35 Kb.
#1026357
Bog'liq
Mavzu O’zbek yozuvlari tarixi va tamoyillari-fayllar.org


Mavzu: O’zbek yozuvlari tarixi va tamoyillari

Mavzu: O’zbek yozuvlari tarixi va tamoyillari

Reja


  • O’zbek yozuvlari turlari

  • O’zbek yozuvlari taraqqiyot bosqichlari

  • Uning tarixi

  • O’zbek yozuvi tamoyillari

1. Arab yozuvi



    • Oʻzbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920chi yillarda ayrim Turkiy davlatlar arab yazuvidan voz kechib lotin yozuviga oʻta boshladilar. Birinchi boʻlib Ozarbayjon 1922 yilda lotin yozuvida oʻtdi, 1928 yilda esa Turkiya lotin yozuvini qabul qildi. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi.

2. Yanalif



    • 1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) o‘tilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan.

3. Kiril yozuvi



    • 1940 yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.1940 yildan 1991 yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.

Lotin yozuviga koʻchish Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan. Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005-yilda tugallanishi koʻzda tutilgan.

Eng qadimgi yozuvlar.


  • Markaziy Osiyoda eng qadimgi davrlarda yashagan qabilalar to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar grek, eron, xitoy tarixchilari va yozuvchilari asarlari-da, toshlarda bitib qoldirilgan yozuvlar va boshqa materiallarda bayon qilingan.

  • Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o'zbek xalqi qadimda turli yozuvlar-dan foydalanib kelgan. O'zbek yozuvlari tarixida amalda ishlatib kelingan asosiy yozuv tizimini fonografik, ya'ni tovush yozuvi, harfiy yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O'zbek xalqi Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari singari oromiy, yunon, karoshta, sug'd, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, o'rxun (runik), uyg'ur, arab, lotin, kirill kabi bir qancha yozuvlardan foydalangan. O'rxun – runik yozuvini barcha turkiy xalqlar birgalikda ijod qilgan.

Yozuv turkiy tillardagi tovushlar xususiyatini, xususan, ularga xos fonetik hodisalarni berishda arab alifbosiga nisbatan birmuncha qulayliklarga ega edi, ammo 1940 yilda sobiq sho'rolar hududida yoppasiga kirill alifbosiga o'tishga qaror qilindi (Boltiqbo'yi davlatlari – Litva, Latviya, Estoniya va Kavkaz davlatlaridan Gruziya, Armaniston bundan mustasno qoldi) va bu yozuv 1991 yilgacha o'zbek xalqning ham «milliy» yozuvi sifatida amal qildi. 1993 yil O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi lotin alifbosini milliy yozuv sifatida qabul qilishga va bu yozuvga o'tishga qaror qildi. Lotin alifbosi o'zbek xalqi mustaqilligining bir belgisi sifatida namoyon bo'ldi.

O’zbek yozuvi tamoyillari


  • VII asrdan boshlab islomiy mafkura 1993 yil O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi lotin alifbosini milliy yozuv sifatida qabul qilishga va bu yozuvga o'tishga qaror qildi. Lotin alifbosi o'zbek xalqi mustaqilligining bir belgisi sifatida namoyon bo'ldi.

  • O'zbek milliy ongi shakllana boshlagan XX asrning boshlaridagi arab yozuvini isloh qilish, qolaversa, uni almashtirishga intilishlar ham mazkur maqsadga bo'ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. Ma'rifatchilar buni milliy ongni uyg'otishning asosiy, milliy dunyoqarashdagi yangilanishlar uchun poydevor sifatida tushundilar.

Shu ma'noda jadid Samad Og'amali o'g'lining «Yangi o'zbek alifbosi o'zbek tarixiga yangi yo'l ochg'usidir», degan fikri g'oyat purma'nodir. Shuning uchun o'z rahnamosi I.Karimov yetakchiligida milliy o'zligini jahonga ko'z-ko'z qilayotgan o'zbek xalqi ham uni topishga erishgan mafkura yozuvi – kirillitsadan voz kechishga va lotin yozuviga o'tishga muvaffaq bo'ldi. To'g'ri, yangi, istiqlol alifbosi ham o'zbek xalqning milliy yozuvi emas. Biroq, muhimi shundaki, u biz uchun birorta hukmron mafkura quroli ham emas. Bugungi kunda o'quvchilar istiqlol yozuvi va imlosi asosida tahsil olmoqdalar. O'z yozuviga ega bo'lish, xukmron va yot mafkura kishanidan xaloslanish bola ongida milliy mafkura qaror topishiga, uning o'zligini anglashiga, shu bilan birga, uni o'zgalardan farqlay olishiga xizmat qiluvchi muhim omil ekanligi tobora oydinlashmoqda.



http://fayllar.org
Download 5.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling